Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga EGA


Download 47.03 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi47.03 Kb.
#1034352
Bog'liq
Umumiy о


Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi.
Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS о‘zining tuzilishi va mazmuniga kо‘ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi о‘quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida kо‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar о‘rnatilishi) hisoblanadi.
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:

1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;


2) О‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bо‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) о‘quv fani bо‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan о‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qо‘yiluvchi talablarni belgilaydi. О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, о‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, о‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. О‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bо‘lgan yoki qiziqarli bо‘lmagan fanni о‘rganishda о‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, о‘quvchi о‘ziga mos keladigan ta’lim yо‘lini anglagan holda va mustaqil tanlab, о‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bо‘ladi. Shakli va mazmuni bо‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan о‘quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda о‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini о‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qо‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо‘ra quyidagilardan iboratdir:
Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning о‘rganish obyektlari va asosiy mazmunli yо‘nalishlari kо‘zda tutiladigan о‘quv fanining umumiy ta’rifi.
О‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni о‘quvchilarning Bilim, kо‘nikma va malakalarga qо‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “о‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab о‘quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bо‘ladi.
DTSni, uning talablarini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi; о‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;
umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi; ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
ning tarkibiy qismi sifatida umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch о‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch о‘quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bо‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch о‘quv rejasi о‘quv predmetlari bо‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini о‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan о‘quv soatlarining manimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum о‘quv predmeti bо‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bо‘ladi.

Har bir sinf yakunida о‘quvchilar tomonidan egallanishi lozim bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar ta’lim (о‘quv) predmetlari bо‘yicha ishlab chiqilgan о‘kuv rejasi va dasturlarida о‘z ifodasini topadi.


DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi DTSni, uning talablarini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi
о‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;
umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviylig
umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi
umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish
pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi
ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish
2. O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar.
Oliy ta’limning о‘quv-meyoriy xujjatlariga о‘quv rejasi, о‘quv dasturi va darsliklar kiradi.
О‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi о‘quv rejasi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bо‘lib, u namunaviy va amaliy о‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy о‘quv reja tayanch о‘quv rejasi asosida tuziladi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mо‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi о‘quv rejalari ishlab chiqiladi.

О‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:


о‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;
ushbu ta’lim muassasasida о‘rganiladigan о‘quv fanlari tartibi;
о‘qish yillari bо‘yicha fanlarni taqsimlash;
har bir fan bо‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni о‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi; har bir fanni о‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.О‘quv dasturi-muayyan о‘quv fani bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni о‘rganilishi bо‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning о‘rganilish daraja-sini yorituvchi meyoriy hujjat.
О‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bо‘lishi mumkin. Namunaviy о‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim
standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. О‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:
ushbu fanni о‘rganish maqsadlari, о‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, о‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
о‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;

kursning alohida savollarini о‘rganishga о‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;


dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari rо‘yxati;
fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bо‘yicha kо‘rsatmalar; о‘quv uskunalari va kо‘rgazmali qо‘llanmalar rо‘yxati;
tavsiya etiladigan adabiyotlar. Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi. Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari kiradi. Namunaviy о‘quv dasturlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayoni-ni metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi. О‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasalarida sо‘zsiz amal qilinishi lozim bо‘lgan davlat hujjatidir Ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan о‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). О‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida о‘quv jadvali tuziladi. О‘quv jadvalida hafta davomida о‘qitiladigan о‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori kо‘rsatilib, о‘quv yurti direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning о‘quv rejasi shu fanni о‘qitish uchun ajratilgan soatlar va о‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir. О‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
О‘quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini kо‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qо‘llay olishga о‘rgatish.
О‘quv dasturi ham xuddi о‘quv rejasi muhim davlat hujjati bо‘lib, unda muayyan о‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va о‘quv yili davomida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatiladi.
О‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy о‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari tо‘la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bо‘lim va mavzular bо‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘ladi.
Tushuntirish xatida о‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan о‘rni, ular о‘rtasidagi aloqadorlik, materialni о‘rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bо‘lim va mavzularni о‘rganish xususiyatlari kо‘rsatiladi. О‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qо‘llashga doir tavsiyalar beriladi.

Soatlar hisobini asosli о‘rinlarda о‘zgartirilishiga yо‘l quyiladi.


Dastur materiali bо‘limlar va mavzular bо‘yicha taqsimlangan bо‘lib, har bir mavzuni о‘rganish uchun о‘zlashtirishi majburiy bо‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, kо‘nikma va malakalarning aniq kо‘rsatkichi beriladi, nihoyat, о‘quvchilarga qо‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi. Bо‘lim.О‘quv fani bо‘yicha reja-topshiriq va о‘quv-metodik materiallar tо‘plami. Berilgan о‘quv mashg‘uloti tо‘g‘risida ma’lumotni, jumladan kо‘zlanayotgan о‘quv natijalar, mustaqil ish uchun topshiriqlar; ularni bajarishni ta’minlovchi о‘quv material va metodik tavsiyalar; о‘quv yutuqlarini о‘zi tekshirishi uchun test, topshiriq va savollardan iborat. Talabani о‘quv mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanishida va о‘quv jarayoni vaqtida uning mustaqil faoliyatini tashkiliy-didaktik ta’minlash vazifasini bajaradi. О‘quv yutuqlarini doimiy о‘zi nazorat qilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2021-yil 28-iyuldagi 466-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: Mazkur davlat ta’lim standarti talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha akademik litseylar, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari uchun majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
2. Mazkur davlat ta’lim standarti o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishlari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
3. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar:
O‘z Dst 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘z Dst 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z Dst 1.8:2009. “O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Tavsiyanomalar. Asosiy qoidalar” Davlat ta’lim standartining maqsadi o‘rta maxsus ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, belgilangan talablarga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.
6. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘rta maxsus ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga hamda ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
7. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
o‘quvchilarning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarining ustuvorligi;
umumiy o‘rta ta’limning 10-11-sinflari, o‘rta maxsus ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari hamda oliy ta’lim bilan uzluksizligi hamda ta’lim mazmunining uzviyligi;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan, texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi hamda jamiyat talablarining zamonaviy holati hisobga olinganligi;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashganligi;
o‘rta maxsus ta’limning xalqaro ta’lim standartlariga hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi. . O‘rta maxsus ta’limning tayanch o‘quv rejasi (bundan buyon matnda — tayanch o‘quv reja deb yuritiladi) fanlar bo‘limlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning kurslar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
10. Tayanch o‘quv reja ta’lim mazmunidan kelib chiqib, ta’lim muassasalari tayyorlov yo‘nalishlarining o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
11. Tayanch o‘quv rejaning birinchi va ikkinchi bosqichida har bir o‘quv yili 36 haftadan iborat bo‘lib, bir semestr 18 haftani o‘z ichiga oladi.
12. “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylarida birinchi o‘quv yili 36 hafta tugaganidan keyin qo‘shimcha ikki hafta kasbiy fanlar o‘qitiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida birinchi o‘quv yili 36 hafta tugaganidan keyin qo‘shimcha ikki hafta o‘quv amaliyoti o‘tkaziladi.
14. O‘quv rejalarida umumiy soatning 144 soati ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga asosan unifikatsiya qilinadigan fanlarni o‘qitishga ajratiladi. Ishchi o‘quv rejada unifikatsiya qilinadigan fanlar soatlari oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida qo‘shimcha chuqurlashtirilgan fanlar kadrlar tayyorlashga qo‘yilgan talablar hamda ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlaridan kelib chiqib belgilanadi.
15. O‘quvchilarning umumiy haftalik yuklamasi 54 soatni, shundan 38 — 40 soati auditoriya yuklamasini va 16 — 14 soati mustaqil ishni tashkil etadi.
16. Barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi.
17. Ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga ishchi o‘quv rejalarini tuzishda namunaviy o‘quv rejalari asosida umumiy soatlar hajmi doirasida ayrim bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar miqdoriga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
18. Akademik litseylar tayanch o‘quv rejasiga ajratilgan umumiy soatlar miqdori doirasida namunaviy o‘quv rejalarini ishlab chiqishda tayyorlov yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ikkinchi bo‘limga ajratilgan soatlar miqdoriga 10 foizgacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ta’lim qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan guruhlarda kichik guruhlarda o‘rganiladigan til ko‘pchilik o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan belgilanadi.
20. O‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejalarining tuzilishi quyidagi jadvallarda keltirilga Jahonda fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallashuvi, to‘rtinchi iqtisodiy
inqilob, global chaqiriqlar, jumladan, raqamli iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan
jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarni keltirib
chiqarmoqda. Bu o‘z navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha
sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, natijada ta’lim sohasiga nisbatan yangi
talablarni qo‘ymoqda.
Birinchidan, ayni paytda, barcha mamlakatlar, birinchi navbatda jamiyat,
munosabatlar tabiatini o‘zgartiruvchi innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda, ya’ni:
biznes va tadbirkorlikning jadal rivojlanayotgan raqamli muhiti hamda insonlar
turmush tarzidagi zamonaviy o‘zgarishlar, jumladan, pandemiya holati;
mehnat bozorining real talablari asosida yuqori kompetentli mutaxassislar
tayyorlab beruvchilar o‘rtasidagi global raqobatning kuchayishi bilan bog‘liq
o‘zgarishlar;
ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari yo‘nalishlarining ommalashishi,
ishtirokchilar safi va tadqiqot yo‘nalishlarining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar;
xalqaro baholash natijalariga ko‘ra davlatlar va sohalarning barqaror taraqqiyotini
ta’minlovchi strategik dasturlarning qabul qilinishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuz
bermoqda.
Ikkinchidan, ta’lim tizimida yuzaga kelgan muammolarning yechimini ta’lim
sifatidagi yo‘qotishlarsiz, ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda, yangi yondashuvlar
asosida topish talab etilmoqda.
Uchinchidan, raqamli iqtisodiyot muhitida XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘lgan
kadrlarga ehtiyoj oshib ketmoqda, globallashuv davrida mamlakatimizning barqaror
taraqqiyotini ta’minlay olishga qodir vatanparvar shaxslarni tarbiyalay oladigan ta’lim
zarurdir.
Prezidentimiz tomonidan umumiy o‘rta ta’limni yangi rivojlanish bosqichiga
ko‘tarish, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari barqaror taraqqiyotga olib bora
oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab berish maqsadida ilg‘or milliy va xorijiy
tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari,

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"


xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
o‘qitish metodikasi va ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari
belgilab berildi.
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid
davlat dasturining 159-bandida 2020-yil 1-iyunga qadar “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy
o‘quv dasturini ishlab chiqish”, bunda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida o‘quvchilarning o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga
yo‘naltirilgan PISA (The Programme for International Student Assessment) umumta’lim
maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish” belgilab qo‘yilgan.
Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’limning
Milliy o‘quv dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibi
shakllantirildi hamda Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Umumiy o‘rta ta’limning tarixida ilk bor joriy etilishi kutilayotgan Umumiy o‘rta
ta’limning Milliy o‘quv dasturi amaldagi davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlarini
tanqidiy tahlil qilish, keng jamoatchilikning darsliklarning mazmuniga nisbatan bildirgan
fikr-mulohazalari, ta’limning keyingi bosqichi hamda zamonaviy mehnat bozorining real
talablari asosida, xorijiy davlatlarning ta’lim sohasida erishgan natijalarini inobatga olgan
holda ishlab chiqilmoqda.
Mazkur dastur 6 ta komponentdan iborat bo‘ladi: 1) umumiy o‘rta ta’limning
malaka talablari; 2) umumta’lim fanlarining konsepsiyalari; 3) umumiy o‘rta ta’limning
o‘quv rejasi; 4) umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari; 5) umumta’lim fanlarini o‘qitish
metodologiyasi; 6) baholash tizimi.
Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va tajriba-sinovdan
o‘tkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini ta’minlash
maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, USAID
va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli
ishlash tashkil etildi.
Amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini
rivojlangan xorijiy davlatlarning o‘quv-me’yoriy resurslari bilan qiyoslash orqali
o‘rganib chiqilmoqda, ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda Milliy o‘quv dasturini
ishlab chiqishda Singapur, Koreya Respublikasi, AQSH, Gongkong va Yaponiya kabi
davlatlar tajribalaridan tashqari umume’tirof etilgan xalqaro baholash dasturlari talablari
va metodologiyasi inobatga olinmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika ta’lim markazi va xalqaro ekspertlar tomonidan Milliy o‘quv dasturining
loyihasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda va 2020-2021 o‘quv yilida hududiy xalq
ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari
hamda tegishli oliy ta’lim muassasalarida ekspertizadan o‘tkazilishi belgilab olindi.
Download 47.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling