Standartlashtirishning turli darajadagi ob`ektlari va standartlarni ishlab chiqish bosqichlari
Download 1.93 Mb.
|
Dehqonchilik.Niyozov.J
Standartlashtirishning turli darajadagi ob`ektlari va standartlarni ishlab chiqish bosqichlariBajardi: Niyozov.JReja:1.Yer kodeksi2.Suv va suvdan foydalanish3.Melorativ holatini yaxshilashYer kodeksi — yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-asrga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat koʻrsatmalari asosida olib borilgan. Oʻzbekistonda birinchi marta Ye.k. 1927 yilda qabul qilingan, 1929 yilda esa Ye.k. oʻrniga Yer-suv kodeksi qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998 y. 30 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k.ni tasdiqladi (1998 y. 1 iyuldan amalga kiritildi). Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k. 91 moddani oʻz ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Ye.k. va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umum milliy boylik boʻlgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi.Shu jumladan yangi yer kodeksi 1998 yilda qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari qatori, suv resurslariga ehtiyojlari benihoya katta. Kelajak avlo-dimizning taqdiri, baquvvatligi, sog'ligi obi-hayotimiz bilan bog’liq ekan, demak, ayni shu kunlarda qabul qilinayotgan suv tog’risidagi qonun, qaror va farmonlar, suv boyliklaridan oqilona foydalanish, uni bulg’anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash ishiga ko'maklashishi lozim. Asosan suv resurslarini huquqiy ekologik muhofaza qilish maqsadida huquqiy ilmiy yo’nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi talablar hamda suv resurslaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda suv resurslari bilan bog’liq barcha muammolar, O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to’g’risida"gi 1993-yil 6-mayda qabul qilingan qonunida1 o’z aksini topdi. O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish to"g"risida"gi qonunning 3-moddasiga asosan, "Suv O'zbekiston Respublikasining davlat mulki - umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo’ lib, u davlat tomonidan qo’riqlanadi." Mazkur qonunning 101-moddasida, yer osti suvlarini muhofaza qilish tartibi ifodalangan. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Istiqlol yillarida mazkur soha tubdan isloh qilinib, uning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning muhim omili sifatida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilayapti Bu haqda so‘z yuritilganda, Prezidentimizning 1993 yil avgust oyidagi “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asarida ayni shu masala yuzasidan kuyunchaklik bilan bildirgan fikrlari yodga tushadi: “Yerlarning meliorativ holatiga e’tiborni hech qachon susaytirmaslik kerak. Agar biz shunday qilmasak, istiqboldan mahrum bo‘lamiz”. Yurtboshimizning 2007 yil 29 oktyabrda qabul qilingan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohadagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 21 dekabrdagi qaroriga asosan, “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etildi. Mazkur kompaniya faoliyatini davlatimiz rahbarining 2008 yil 19 apreldagi “2008-2012 yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifasi — sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash maqsadida lizing oluvchilarga zamonaviy meliorativ texnikalarni yetkazib berayotgani muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘ldi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling