Stanoklar haqida ma’lumot


Download 51.23 Kb.
bet2/2
Sana17.02.2023
Hajmi51.23 Kb.
#1207717
1   2
Bog'liq
Sidirish stanoklari turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga yirik seriyali va keng ko

Tokarlik stanogi - 1) mashi nasozlikda — asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhini tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qoʻshimcha gʻarakatni kesuvchi asbob — keskich bajaradi. Zagotovka povolokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali stanok shpindelidan aylanadi; shpindel esa tezliklar qutisidan harakatlanadi. Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Surish vali va surish vinti Tokarlik stanogining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik stanogining markazlovchi, rezba ochish, tokarlikrevolver (aylanma kallakli), bir shpindelli va koʻp shpindelli karusel (shpindeli tik joilashgan), koʻp keskichli va boshqa turlari bor.
Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur boʻyicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga xam boʻlinadi. Oddiy va universal Tokarlik stanogilar detallarni donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish.da, avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilar koʻplab (koʻp seriyalab) ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Tokarlik stanogining asosiy qismlari: qirindi va sovituvchi suyuqlik toʻplanadigan togʻorasimon tub; stanina, support va ketingi babka (qoʻzgʻaluvchan) hamda ularni yoʻnaltirgich; shpindel va tezliklar kutisi joilashgan qoʻzalmas old babka; uzatmalar qutisi; fartuk; support; karetka; koʻndalang salazkalar; keskich oʻrnatiladigan burilma qism; elekr dvigatel. Karetka va koʻndalang salazkalar qoʻlda yoki avtomatik tarzda suriladi. Tokarlik stanogining elektr dvigateli bir yoki koʻp tezlikli asinxron dvigateldan iborat. Baʼzan, boshqa yuritmalar (mas., gidravlik yuritmalar) ham qoʻllanishi mumkin. Hozir yirik korxonalarda, asosan, dusturli avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilari ishlatiladi (qarang Karusel stanokRevolver stanok); 2) yogʻochga ishlov berish stanogi qam xuddi metallga ishlov berish stanogiga oʻxshaydi. Unda aylanma sirtli yogoch buyumlarga yoʻnib ishlov beriladi. Uning buyum markazga mahkamlanadigan va yon tomoniga mahkamlanadigan turlari bor.
Sidirish stanoklari turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga yirik seriyali va keng
ko‘lamli, ba’zi hollarda esa, mayda seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish
sharoitida ishlov berish uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar yuqori ish
unumdorligiga ega bo'lib, katta aniqlik (5....8 kvalitetlar) va sirt tozaligi (R= 2,5
...0,32)ni ta’minlaydi. Sidirish stanoklarida faqat bitta harakat bor: bu
protyajkaning il- garilama harakatidir. Kesilayotgan qatlam ko'ndalang kesimi
protyajkaning konstruksiyasi tufayli ta’minlanadi — protyajkaning har bir keyingi
tishi oldingisiga qaraganda o'lchamlari (balandligi) bo‘yicha kattaroq bo'ladi.
Sidirish stanoklari quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Qo'llanilishi bo'yicha: ichki va
tashqi sidirish stanoklari; 2. Universallik darajasi bo'yicha: umumiy
foydalaniladigan va universal stanoklar; 3. Ish harakatining yo'nalishi va xarakteri
bo'yicha: gorizontal, vertikal, uzluksiz harakatdagi (to‘g‘ri chiziqli, doiraviy yoki
ularning kombinatsiyasidan iborat harakatlarga ega bo'lgan) stanoklar; 4.
Karetka yoki pozitsiyalar soni bo'yicha: bir, ikki yoki bir necha karetkali; bir
(oddiy) va ko‘p (aylanuvchi stolli) pozitsiyali stanoklar. Bulardan eng ko‘p
tarqalganlari: ichki sidirish uchun gorizontal, tashqi va ichki sidirish uchun
vertikal va uzluksiz sidirish uchun gorizontal sidirish stanoklaridir. Zamonaviy
sidirish stanoklari gidroyuritmali bo‘lib, harakat tez- ligini 1,5....15 m/min
oralig‘ida pog'onasiz boshqarishni ta’minlaydi. Faqat maxsus (qattiq qotishmali
protyajkalar bilan tezkor usulda sidiruvchi) stanoklarda bu tezlik 60 m/min ga
yetadi va ba’zan undan ham ortiq bo'ladi. Sidirish stanoklarining asosiy
parametrlari—protyajkani tortish kuchi (P) va protyajkaning yurish uzunligi (I)
dir. Bu ko‘rsatkichlar P=25... 1000 kN va IZamonaviy sidirish stanoklari yarim
avtomatik va avtomatik re- jimda ishlay olishi sababli, ularni avtomatik liniyalar
tarkibiga kiritish mumkin. 7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomati turli
shaklga ega bo'lgan ichki teshiklarga keng ko'lamli, yirik va o‘rta seriyali hamda
yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xiz118 mat
qiladi. Yarim avtomat normal aniqlikka ega, tortish kuchi 100 kN, maksimal
yurish uzunligi 1250 mm. Ish yurishi tezligi 1,5.................11,5 m/min, salt yurish
tezligi 20 m/min. Planshaybaga zagotovkani o‘rnatishda teshikning maksimal
diametri 125 mm. Protyajkaning uzunligi Zmax=1365 mm; Zmin=400 mm.
Protyajka aravacha (karetka) ga o'matiladi. 7523 modelli gorizontal-sidirish
yarim avtomatining (13.6-rasm) tuzilishi va ish prinsipi quyidagicha: Asosiy
staninaga (7) gidrosilinr (2) o‘rnatilgan. Stanok sozlash, yarim avtomatik va
avtomatik rejimlarda ishlaydi. Stanokning ish sikli boshqarish pulti (3) yordamida
sozlanadi. Ishlov o‘tadigan zagotovka tayanch planshaybasiga (4) to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki planshaybaga o'matiladigan oraliq moslama vositasida
mahkamlanadi. Protyajka (5) o‘zining orqa dastasi bilan karetka (7) patroniga
o‘matib mahkamlanadi. Protyajkaning chap qulflanadigan qismi kuch silindri (2)
ning shtokiga o'matiladigan maxsus patronga biriktiriladi. Protyajkaning
zagotovkaga yaqinlashuvi va uzoqlashuvi qo‘shimcha stanina (8) da joylashgan
gidrosilinr yordamida bajariladi. Protyajka tushib ketmasligi uchun u roliklar (6)
ustida yotadi.
Bu stanoklar ishlanadigan yuzaning shakliga qarab tashqi va ich-ki, yassi va maxsusjilvirlash stanoklariga bo'linadi.

Tashqi doiraviy jilvirlash stanoklari tashqi doiraviy silindrik, ko­nussimon va yon (torets) yuzalarni jilvirlash uchun mo'ljallangan bo'lib, ular oddiy, universal, botib kirish va maxsus turlarga bo'linadi.



Oddiy tashqi doiraviyjilvirlash stanoklarida silindrik yuzalar (16.1-rasm, a), qiyalik burchagi 8°dan ortiq bo'lmagan konussimon yuzalarni stol (pUta)ning yuqori qismini burish orqali jilvirlash mumkin (16.1-rasm, b).

Universal tashqi doiraviy jilvirlash stanoklari oddiy stanoklardan shunisi bilan farq qiladiki, ularda detal yoki doira babkasini burish

imkoniyati bo'lib, silindrik yuzalardan tashqari katta burchakli ko­nussimon yuzalar ham jilvirlanaveradi (16.2-rasm).


Botirib kirish usuli bo'yicha detalningjilvirlanadigan qismi uzun­ligi jilvirlash doirasining kengligidan kichik (B bo'lgan hollarda zagotovkaning bo'ylama surishisiz amalga oshiriladi (16.3-rasm).







Download 51.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling