Станокнинг техник характеристикларини аниšлаш
VERTIKAL-FREZALASH STANOGINING TEXNIK TAVSIFLARINI ANIQLASHGA MISOL
Download 1.48 Mb.
|
Nurmatov M avtomatlashtirish
VERTIKAL-FREZALASH STANOGINING TEXNIK TAVSIFLARINI ANIQLASHGA MISOLLoyihalash uchun boshlang'ich ma'lumotlar:ishlov beriladigan material – uglerodli konstruksion po'lat HB156…321; stol ishchi yuzasining o'lchamlari – 320 x 1000 mm; yon frezaning maksimal diametri – dmax yon.fr.=100 mm, uch frezaning maksimal diametri – dmax uch.fr. =10 mm; ishlov berish turlari – xomaki, toza ishlov berish; ishlab chiqarish turi – seriyali ishlab chiqarish; loyihalanadigan stanok prototipi – 6P10; aylanish chastotalari soni – Zn = 12; surishlar soni – Zs = 18; tez harakat tezligi – 6000 mm/min; shpindelning aylanishlar chastotasi va surishlarni qayta ulash usuli bir dastakli qayta ulash. Loyhalanadigan stanokning texnik tavsiflarini aniqlashIshlov berish turlari boyicha chegaraviy surish, qirqish tezligi va shpindelning aylanishlar sonini tanlash Yon freza bilan frezalashda Yon freza bilan uglerodli konstruksion po'latlarni homaki frezalashda bitta tishga surish Sz, qirqish qalinligi t, kesuvchi asbob materiali va ishlov beriladigan material qattiqligiga bog'liq bo’ladi. Loyihalanadigan stanok uchun t=3-5 mm, frezaning kesish qismi materiali qattiq qotishma T15K6. Bu ma'lumotlar hamda ishlov beriladigan material qattiqligini inobatga olgan holda ma'lumotnomadan (I.3.01-jadval) surishning Sz qiymatini tanlaymiz. Yon frezalar bilan uglerodli konstruksion po'latlarni xomaki frezalashda bitta tishga surish Sz =0,03-0,05 mm/tish. Yon frezalar bilan frezalashda kesish tezligi qirqish qalinligi t, bitta tishga surish Sz, freza diametrining frezalash eniga nisbati d/B, ishlov beriladigan material qattiqligi, kesuvchi asbob materiali va bardoshliligiga bog'liq. I.3.01-jadval Po'latni yon freza bilan frezalashda Sz surish
Yon frezalar uchun bardoshlilik T (ishlashning mashina vaqti minutda) freza diametriga bog'liq ravishda beriladi. Masalan, diametri 130 mm freza uchun T=200 min, diametr 75 mm bo'lgan (qattiq qotishma plastinkali frezalarning minimal diametri) T=90 min ga teng. Korsatilgan parametrlarning qabul qilingan va topilgan qiymatlari bo'yicha ma'lumotnomadan qirqish tezligining jadval bo'yicha (I.3. 02-jad. qarang) qiymatini tanlaymiz. 1.3.02-jadval Po'latlarni yon frezalar bilan frezalashda qirqish tezligi
(1) To'g'rilash koeffitsiyentlari K v ni aniqlaymiz v1 1. K(1) d/B nisbatga bog'liq koeffitsiyent, d/B =2,0 da K(1) =1,1. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling