Stansiya, saralash tepaligi va park navbatchilari ishida harakat xavfsizligi Stansiya navbatchisi


Download 407.59 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi407.59 Kb.
#1459144
1   2   3
Bog'liq
12-amaliy mashg\'ulot

Saralash tepaligi navbatchisi (4.2-rasm) – tarkiblarni saralash tepaligidan saralash varog‘i bo‘yicha tarqatishga javobgar shaxs hisoblanadi.

4.2-rasm. Saralash tepaligi navbatchisining ish jarayoni
DSPGning lavozim majburiyatlariga quyidagi turdagi ishlar kiradi:

  • tarkibni tarqatish rejasi (ajratmalar ketma-ketligi, har bir ajratmadagi vagonlar soni, alohida e’tibor talab etuvchi vagonlar mavjudligi va h.k.) bilan tanishish;

  • saralash tepaligida vagonlarni qayta ishlash bo‘yicha ishlarni boshqarish;

  • texnikaviy foydalanish qoidalari talablari, poyezdlar tuzish rejasi, stansiya ishi texnologik jarayoni va TBDga muvofiq tarkiblarni tuzish va tarqatish bo‘yicha smenalik topshiriqlarni bajarishni tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • saralash tepaligidan tarkiblarni tushirishda manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlash, tepalik qurilmalari va lokomotivlardan samarali foydalanish, shuningdek harakat tarkibi va tashilayotgan yukning butligini saqlash;

  • DSP va DSTS bilan manyovr ishlarini bajarish tartibini kelishgan holda tarkiblarni saralash tepaligidan tushirish intervalini belgilash;

  • alohida e’tibor talab qiladigan ayrim toifadagi yukli vagonlar mavjudligida ishlarini bajarish rejasi to‘g‘risida xodimlarni xabardor qilish;

  • saralash tepaligi qurilmalari ishini nazorat qilish va ularda nosozlik yuzaga kelgandan uni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;

  • tepalik tomonidagi yo‘llarning bo‘shlik darajasini tekshirish;

  • saralash tepaligidan tarkiblarni tarqatish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar (saralash tepaligi operatori, VHTM, DSD, DSPP) ishlarini boshqarish.

Saralash tepaligi navbatchisi operatori (signalchi) (4.3-rasm) – bu vagonlarni tarqatish uchun mas’ul mutaxassis.

4.3-rasm. Saralash tepaligi operatorining ish jarayoni
Saralash tepaligi navbatchisi operatorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan saralash tepaligi boshqaruv pultidan tarkiblarning tarqalishini boshqarish;

  • saralash parkining bo‘g‘zida manyovr harakatlarini va tarkiblarni tarqatish jarayonida uzilmalar yo‘nalishi marshrutlarini tayyorlash uchun markazlashtirilgan strelkalarni o‘tkazish va signallarni boshqarish.

  • uzilmalar orasidagi intervallarni saqlash va vagonlarning ruxsat etilgan bir biriga ulanish tezliklarini nazorat qilish;

  • nazorat va o‘lchash asboblari ko‘rsatgichlari bo‘yicha saralash qurilmalarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;

  • uzilmalar yo‘nalishlarining saralash varoqi ma’lumotlari bo‘yicha mosligini kuzatish.


Download 407.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling