Stansiya, saralash tepaligi va park navbatchilari ishida harakat xavfsizligi Stansiya navbatchisi
Download 407.59 Kb.
|
12-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saralash tepaligi navbatchisi operatori (signalchi)
Saralash tepaligi navbatchisi (4.2-rasm) – tarkiblarni saralash tepaligidan saralash varog‘i bo‘yicha tarqatishga javobgar shaxs hisoblanadi.
4.2-rasm. Saralash tepaligi navbatchisining ish jarayoni DSPGning lavozim majburiyatlariga quyidagi turdagi ishlar kiradi: tarkibni tarqatish rejasi (ajratmalar ketma-ketligi, har bir ajratmadagi vagonlar soni, alohida e’tibor talab etuvchi vagonlar mavjudligi va h.k.) bilan tanishish; saralash tepaligida vagonlarni qayta ishlash bo‘yicha ishlarni boshqarish; texnikaviy foydalanish qoidalari talablari, poyezdlar tuzish rejasi, stansiya ishi texnologik jarayoni va TBDga muvofiq tarkiblarni tuzish va tarqatish bo‘yicha smenalik topshiriqlarni bajarishni tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish; saralash tepaligidan tarkiblarni tushirishda manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlash, tepalik qurilmalari va lokomotivlardan samarali foydalanish, shuningdek harakat tarkibi va tashilayotgan yukning butligini saqlash; DSP va DSTS bilan manyovr ishlarini bajarish tartibini kelishgan holda tarkiblarni saralash tepaligidan tushirish intervalini belgilash; alohida e’tibor talab qiladigan ayrim toifadagi yukli vagonlar mavjudligida ishlarini bajarish rejasi to‘g‘risida xodimlarni xabardor qilish; saralash tepaligi qurilmalari ishini nazorat qilish va ularda nosozlik yuzaga kelgandan uni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish; tepalik tomonidagi yo‘llarning bo‘shlik darajasini tekshirish; saralash tepaligidan tarkiblarni tarqatish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar (saralash tepaligi operatori, VHTM, DSD, DSPP) ishlarini boshqarish. Saralash tepaligi navbatchisi operatori (signalchi) (4.3-rasm) – bu vagonlarni tarqatish uchun mas’ul mutaxassis. 4.3-rasm. Saralash tepaligi operatorining ish jarayoni Saralash tepaligi navbatchisi operatorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan saralash tepaligi boshqaruv pultidan tarkiblarning tarqalishini boshqarish; saralash parkining bo‘g‘zida manyovr harakatlarini va tarkiblarni tarqatish jarayonida uzilmalar yo‘nalishi marshrutlarini tayyorlash uchun markazlashtirilgan strelkalarni o‘tkazish va signallarni boshqarish. uzilmalar orasidagi intervallarni saqlash va vagonlarning ruxsat etilgan bir biriga ulanish tezliklarini nazorat qilish; nazorat va o‘lchash asboblari ko‘rsatgichlari bo‘yicha saralash qurilmalarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish; uzilmalar yo‘nalishlarining saralash varoqi ma’lumotlari bo‘yicha mosligini kuzatish. Download 407.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling