Stansiyalar va podstansiyalarning elektr jihozlari


Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi


Download 319.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi319.32 Kb.
#1239637
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi. 
Ma‟lumki, texnikada seriyali ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo„lmoqlik 
uchun uskunalarni standartlash, ya‟niy ularni katta-kichiklik, massa, tok, 
kuchlanish yoki boshqa parametrlari bo„yicha bir necha turga bo„lib, ishlab 
chiqarish kerak.
Elektr tizimda past (220-660 V), o„rta (3-35kV), yuqori (110-220kV) va 
o„ta yuqori (330-1150 kV) kuchlanishli tarmoqlar tavsiya etilmaydi. 
Nominal 
kuchlanish
Elektr 
tizimining 
uskunalari 
(generatorlar, 
transformatorlar, liniyalar va boshqalar) mo‘ljallangan nominal kuchlanish bilan 
xarakterlanadi. 
Elektr energiya iste‟molchilari va generatorlarning nominal kuchlanshi deb, 
ularni normal sharoitda ishlashi uchun mo„ljallangan kuchlanshi aytiladi. 
Iste‟molchilarning yuklamalari har doim o„zgarib turganligi tufayli 
tarmogqning kuchlanshi xar bir nuqtada nominal qiymatdan og„ib turadi. 
Ammo, 50 Gs li uch fazali tok tizimida kuchlanish nominal qiymatidan 
og„ishi standart bo„yicha ± 5% dan katta bo„lmasligi kerak.
Generatorlarni nominal quchlanishi tarmoqda bo„ladigan kuchlalsh 
yo„qotilishini hisobga olib tarmoq kuchlaiishidan 5% ga oshiq qilib olinadi.
Transformatorlarni nominal kuchlanishi salt yurish holatida ularni birlamchi 
va ikkilamchi cho„lg„amlari uchun olinadi. Trassformatorni birlamchi cho„lg„ami 
elektr energiyani qabul qiladi va shuning uchun kuchaytiruvchi transformatorda 


nominal kuchlanishi generatorning nominal kuchlanishiga, pasaytkruvchida esa 
tarmoqning nominal kuchlanishiga teng. U yoki bu kuchlanishli tarmoqni 
taminlovchi ikilamchi cho„lgamni kuchlanishi yuklama vaqtida, tarmoq 
kuchlanishidan 5% ga yuqori bo„lishi kerak. 
Ammo, yuklama ostida transformatorning o„zida ham kuchlanish yo„qolishi 
bo„lganligi sababli ikkilamchi cho„lg„amning nominal kuchlanishi (yani salt yurish 
kuchlanishi) tarmoq kuchlanishidan 10% ga yuqorii holda olinadi. 
Bu quvvati 630 kVA va undan kichik transformatorlardan tashkari hamma 
transformatorlarga tegishlidir. Bunday trasformatorlar uchun esa ta‟minlovchi 
tarmokning kuchlanishi tarmoqning nominal kuchlanishidan 5% ga yuqori holda 
olinadi. 

Download 319.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling