Stansiyalar va podstansiyalarning elektr jihozlari
Elektroqurilmalar haqida umumiy malumotlar
Download 319.32 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neytrallarning elektrqurilmalardagi ish rejimlari
Elektroqurilmalar haqida umumiy malumotlar
Elektr energiyasi hosil qilishga mo‘ljallangan korxona yoki qurilma elektr stansiyasi deb ataladi. Energiyani bir turdan boshqa turga o„zgartirishdagi asosiy texnologik jarayonning xususiyatlari va foydalaniladigan energetik resursning turiga qarab elektr stansiyalari issiqlik (IES), atom (AES), gidroelektrostansiya (GES), gidroakkumulyasiyalovchi (GAES), gaz turbinali va boshqa stansiyalarga bo„linadi. Elektr energiyasini o‘zgartirish hamda taqsimlashga mo‘ljallangan korxona yoki qurilma elektr podstansiyalari (podstansiya) deyiladi. O„zbekiston va boshqa ko„pgina mamlakatlarda elektr energiyasi hosil qilish va uni taqsimlash uchun 50 Gs chastotali uch fazali o„zgaruvchan tok qabul qilingan (AQSH, Finlyandiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda 60 Gs chastota qabul qilingan). Uch fazali tokdan foydalanish sababi shundaki, bir fazali o„zgaruvchan tok qurilmalariga qaraganida uch fazali tok tarmoqlari va qurilmalari juda tejamli bo„ladi, shuningdeq eng ishonchli, oddiy va arzon asinxron elektr dvigatellaridan elektr yuritma sifatida keng foydalanish imkoniyati bo„ladi. Sanoatning ba‟zi tarmoqlarida uch fazali tok bilan bir qatorda o„zgaruvchan tokni to„g„rilash yordamida olinadigan o„zgarmas tokdan ham foydalaniladi (ximiya sanoati va rangdor metallurgiyadagi elektroliz jarayoni, elektrlashtirilgan transport va boshqalar). Hozirgi vaqtda o„zgarmas tokdan elektr energiyasini uzoq masofalarga 800 kV gacha kuchlanish bilan uzatishda ham foydalanilmoqda. Neytrallarning elektrqurilmalardagi ish rejimlari Elektroqurilmalarning neytrallari deb generator yoki transformatorlarning yulduz shaklida ulangan chulg‘amlarining umumiy nuqtasi aytiladi. Mashina va transformatorlar neytrallarining yer bilan tutashish turi ko„p jihatdan elektroqurilmalarning izolyasiyalanish sifati va kommutatsiya apparatlarini tanlashga, o„ta kuchlanishlar kattaligi va ularni cheklash usullariga, yer bilan bir faza orqali qisqa tutashuvdagi toklarning kattaligi, releli himoyaning ish sharoitiga va elektr tarmoqlaridagi xavfsizlikka, aloqa liniyalariga ko„rsatiladigan elektromagnit ta‟sirga va hokazolarga ko„p jihatdan bog„lik. Neytrallarning ish rejimiga qarab elektr tarmoqlari to„rt guruxga bo„linada: neytrallari yerga ulanmagan tarmoqlar; neytrallara yerga rezonansli ulangan tarmoqlar; neytrallari yerga samarali ulangan tarmoqlar; neytrallari yerga qo„zgalmaydigan ulangan tarmoqlar. Xalqaro elektrotexnika komiteti (MEK) tavsiyasiga asosan yerga samarali ulangan neytralli tarmoqlarga neytrallari yerga bevosita yoki katta bo„lmagan aktiv qarshilik orqali ulangan yuqori va o„ta yuqori kuchlanishli tarmoqlar kirada. Bu guruxga, odatda, yerga qo„zg„almaydigan ulangan neytralda ishlaydigan, kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo„lgan tarmoqlar kiradi. To„rtinchi guruxga kuchlanishi 220 va 380 V bo„lgan tarmoqlar kiradi. Neytralning ish rejimi yerga tutashadigan tok miqdorini belgilaydi. Yerga bir fazasi tutashgandagi toki 500 A dan kichik bo„lgan tarmoqlar yerga kichik toklar bilan tutashgan tarmoqlar (bu asosan neytrallari yerga ulanmagan va yerga rezonansli ulangan tarmoqlar) deb ataladi. Toki 500 A dan yuqori tarmoqlar yerga katta toklar bilan tutashgan tarmoqlar (bu neytrallari yerga qo„zg„almaydigan kilib va samarali ulangan tarmoqlar) ga to„g„ri keladi. Download 319.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling