«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 201 siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bi keksa avlodni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlashdir. Jumladan, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi tashkil etilishi, mahallalarda “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashlari tashkil etilishi kabi institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. Keksa avlodni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali vositalaridan biri ijtimoiy tadbirkorlikdir. Nisbatan yangi va innovatsion hodisa sifatida bu aholi turmush darajasi va sifatini hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu esa aynan hozirda pandemiya tufayli jahon va milliy iqtisodiyotlarda kuzatilayotgan inqirozli holatlar va iqtisodiy-ijtimoiy barqaror rivojlanish dinamikasining pasayishi sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. “Ijtimoiy tadbirkorlik” atamasi ilmiy jamoatchilikka faqat 20-asrda kirdi, ammo bu hodisaning kelib chiqishi, ehtimol, ancha qadimgi. “Ijtimoiy tadbirkorlik” (ing. sotsial entrepreneurship) va “ijtimoiy tadbirkor” (ing. social entrepreneur) atamalari birinchi marta 1960–1970-yillarda ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan ingliz tilidagi adabiyotlarda tilga olingan. Piter Drukerning so‘zlariga ko‘ra, “ijtimoiy tadbirkor butun jamiyatning mahsuldorligini o‘zgartiradi” 79 . Gregori Dizga ko‘ra, ijtimoiy tadbirkorlar ijtimoiy sektordagi o‘zgarishlarning agentlari bo‘lib, ular quyidagi xususiyatlarga ega: • ijtimoiy ahamiyatga ega biznes yaratish va saqlashga qaratilgan maqsadni qabul qilish; • ushbu maqsad bilan bog‘liq yangi imkoniyatlarni aniqlash va tinimsiz amalga oshirish; • uzluksiz innovatsiya, moslashish va o‘rganish jarayonida ishtirok etish; • mavjud resurslar bilan cheklanmagan shiddatli harakat; • ular ishlayotgan ijtimoiy guruhlar taqdiri va ularning faoliyati natijalari uchun mas’uliyat hissini oshirish 80 . Ijtimoiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati bu ijtimoiy komponentdir, ya’ni ushbu hodisaning maqsadi ham, subyektlar faoliyatining asosi ham yangi yaratilgan qiymat 79 Дэвид Борнштейн Как изменить мир. Социальное предпринимательство и сила новых идей=How to change the World: Social Entrepreneurs and the Power of New Ideas. – М: Альпина Паблишер, 2015. – 496с. 80 Джилл Кикал, Томас Лайонс. Социальное предпринимательство: миссия — сделать мир лучше = Understanding Social Entrepreneurship: The Relentless Pursuit of Mission in an Ever Changing World. — М.: Альпина Паблишер, 2014. — 304 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling