«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

ISBN 978-9943-8745-7-2
© Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, 2022
© «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti, 2022
© «Mahalla va oila nashriyoti», 2022


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
KIRISH


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
4
Nodira Egamberdiyeva
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 
pedagogika fanlari doktori, professor
Assalomu alaykum, anjuman qatnashchilari!
Barchangizga ma’lumki, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning 
asosiy maqsadlaridan biri keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning 
ijtimoiy faolligini oshirish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hisoblanadi.
Keksalarni e’zozlash, ularga munosib hurmat ko‘rsatish masalasi Yangi 
O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Keyingi 
yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida keksa avlod vakillarining moddiy 
va maishiy sharoitlari yaxshilandi, ularning jamiyatdagi nufuzi oshdi. Ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlashda nuroniy otaxon va onaxonlarimizning ulkan tajribasidan 
unumli foydalanib, ma’naviy muhit barqarorligida hamda yosh avlodni tarbiyalashda 
ularning ishtiroki ortib bormoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning boshiga kelib O‘zbekistonda aholining 
60 yoshdan katta qismi, ya’ni keksalarning umumiy soni 3,103,423 nafarni tashkil 
etdi. Agar keksalarning umumiy aholi sonidagi ulushiga e’tibor qaratiladigan bo‘lsak, 
bu miqdor 8,8 foizni tashkil etadi. Keksalarning 1,688,984 nafari, ya’ni 55,6 foizi esa 
ayollar hisobiga to‘g‘ri keladi. 
Keksalarni yosh toifalari bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning 42 foizini 60-
64 yosh oralig‘idagi, 26 foizini 65-69 yoshdagi, 16 foizini 70-74 yoshli toifa, 8 foizini 
75-79 yoshli, 5 foizini 80-84 yoshgacha bo‘lgan hamda qolgan 2 foizini 85 yosh va 
undan katta bo‘lgan keksalar tashkil etadi.
Xalqimizda keksalar haqida “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qari kelsa oshga, 
yosh kelsa ishga”, “Qarilikni donolik bezar”, “Keksalar izzatda, yoshlar xizmatda”, 
“Qariyalar – xonadonlarimizning fayzi va farishtasi”, “Qari bilganini pari bilmas”, 
“Har keksada bir naql” kabi hikmatli iboralar ko‘p uchraydi. Mana shu iboralarning 
hayotimizda keng tarqalganligi azal-azaldan O‘zbekistonda jamiyat hayotida aholining 
bu yoshi ulug‘ qismi katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lganligi, ijtimoiy hayotdagi 
ularning tutgan o‘rni naqadar salmoqli ekanligidan dalolat beradi. 
So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar 
natijasida keksa va nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling