“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
5
Jumladan, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlashga oid 10 dan ortiq qonunchilik
hujjati (1 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni va Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori) qabul qilindi, 16 ta
normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi keksalar va faxriylarni yosh avlodni
tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etishga, ularning ijtimoiy faolligini
qo‘llab-quvvatlashga, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlash
sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda keksa yoshdagi odamlar, imkoniyati
cheklangan shaxslar va yolg‘iz keksalarning turmush sharoitlari va sifatini oshirish
uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, manzilli ijtimoiy himoyani kuchaytirish
va ularga ko‘rsatiladigan yordam turlarini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘tkazilayotgan konferensiyaning maqsadi – keksalarning ijtimoiy faolligi,
ularning foydalanilmagan potensialidan samarali foydalanish, ularni huquqiy,
ijtimoiy, tibbiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, keksalar yoshi bilan bog‘liq jahonda
kuzatilayotgan ijtimoiy-demografik tendensiyalar borasidagi dolzarb masalalarni
muhokama qilish, bu borada faoliyat olib borayotgan amaliyotchi-mutaxassis hamda
ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, keksalar, avlodlararo munosabatlar,
demografiya va sotsiogerontologik yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar
natijalari bilan tanishtirish, aholi o‘rtasida keksalarni e’zozlash, ularning hayotiy va
kasbiy tajribalaridan samaradi foydalanishni targ‘ib qilish, mazkur masalalar bo‘yicha
tajriba almashish, ularning natijalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Umid qilamanki, “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish
tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy
konferensiya yakunida bildiriladigan taklif va tavsiyalar mamlakatimizda keksalarga
oid davlat siyosatni takomillashtirishga, uni yanada sifatiy darajaga ko‘tarishga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |