Startyor elektrodvtgatelining elektromexanik tavsifnomasi ish o`tkazishdan maqsad
Startyorni to`la tormozlangan holda tekshirish
Download 84.24 Kb.
|
2. Startyorni to`la tormozlangan holda tekshirish
Startyorlarning elektr zanjirlardagi nosozlikliklarni aniqlash uchun ularni to`la tormozlangan holda tekshiriladi. Sinov davomida startyor iste’-mol qilayotgan tok, burovchi moment va startyor qisqichlaridagi kuchlanish o`lcha-nadi. Sinov natijalarida olingan ma’lumotlar tekshirilayotgan startyorning texnik tavsifnomasidagi ko`rsatkichlar bilan solishtiriladi va startyorning elektr zanjirlarining holati haqida xulosa chiqariladi. Xususan: - agar startyor iste’mol qilayotgan tok texnik tavsifnomada ko`rsatil-gandan katta, burovchi moment esa kichik bo`lsa, bu yakor yoki uyg’otish chulg’amlarida nosozlik borligining belgisidir ; - agar burovchi moment va startyor iste’mol qilayotgan tok texnik tavsif-nomada ko`rsatilgandan past bo`lsa (akkumulator batareyasi to`la zaryadlangan holda) - bu startyorning ichki elektr zanjirlarida va cho`tka bilan kollektor orasida kontaktlar yaxshi emasligidan dalolat beradi ; - agar startyor qisqichlaridagi kuchlanish texnik tavsifnomada ko`rsatilgan qiymatdan past bo`lsa - bu akkumulator sig’imining kamayganligini yoki startyorning tashqi elektr zanjirlarida kontakt yaxshi emasligini bildiradi. 532-M belgili qurilma yordamida startyorni to`la tormozlangan holda tek-shirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - startyor prizma yordamida qurilma stoliga o`rnatilib, qisuvchi moslama 1 bilan mahkamlab qo`yiladi (3.1, a-rasm). - qurilma stolidagi maxsus uyachaga dinamometr 1 (3.2-rasm) o`rnatiladi, uning pishangi 2 startyor shesternyasi 3 ning 4-5 tishiga kiygiziladi ; - qurilma almashlab ulagichlari quyidagi holga keltiriladi (1.1-rasm): kuchlanish almashlab ulagichi - "12V" yuklama almashlab ulagichi - "B" tekshirish voltmetr almashlab ulagichi - "RN-20V" ampermetr almashlab ulagichi - "2000 A" "rele" qisqichidagi o`tkazgichni olib "ST/torm/" qisqichiga ulanadi. - startyorni ishga tushirish tugmasini 3-5 sekundga bosib, tezlik bilan ampermetr, dinamometr va voltmetr ko`rsatkichlari yozib olinadi; - sinov natijasida olingan ma’lumotlar hisobotdagi jadvalga yozib qo`yi-ladi; - tajriba ma’lumotlari bilan tekshirilayotgan startyorning texnik tav-sifnomasidagi ko`rsatkichlar solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi, hisobotga yozib qo`yiladi. Download 84.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling