Statistik funksiyalar Statistik ma’lumotlarni sodda tahlili. Shartli formatlash imkoniyati, Ma’lumotlar to‘plamidan ekstremal qiymatlarni aniqlash


Download 215.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.12.2023
Hajmi215.97 Kb.
#1780831
Bog'liq
8 -mavzu MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri



8-Mavzu: Statistik funksiyalar Statistik ma’lumotlarni sodda tahlili. Shartli 
formatlash imkoniyati, Ma’lumotlar to‘plamidan ekstremal qiymatlarni aniqlash. 
 
Reja; 
1) MS Excel 2010 ning statistik funksiyasidan foydalanishning usullari. 
2) Statistik funksiyalarning vazifalari.
3) Mavzu yuzasidan mashqlar bajarish. 
MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik 
funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi. 
Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi: 
1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali; 
2-usul. Menyuning formulalar satri bandini tanlash orqali, bu holatda 
quyidagi oyna o‘chiladi: 
MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz qyida ayrim funksialar va 
ularning vazifalarini keltiramiz: 
Fuksiya 
Vazifasi 
1. МАКС 
Berilgan sonlarning eng kattasini hisoblaydi 
2. МИН 
Berilgan sonlarning eng kichigini hisoblaydi 
3. СРЗНАЧ Berilgan sonlarning o’rta arfimetigini hisoblaydi 
4. СЧЁТЕСЛ 
И 
Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo’sh 
bo’lmagan kataklar sonini sanaydi 
1-mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining o‘rta 
arfimetigini D8 katakka hosil qiling. 
Bajarish:
 
■ 
A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz; 
■ 
D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning eng 
kattasini topish formulasi): =MAKC(A1:C5); 
■ 
D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng kichigini 
topish formulasi): =МИН(А1:С5); 
■ 
D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta 
arfimetigini hisoblash formulasini): =CP3HA4(D6:D7); 
Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi: 


YODDA SAQLANG! 
Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi: 
1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali; 
2-usul. Menyuning formulalar satri & bandini tanlash orqali. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. 
Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash ketma-
ketligini tushuntirib bering? 
2. 
Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki 
usulda bajaring. 
UYGA VAZIFA 
1. 
4,6,8,9,10 sonlarning o‘rta geometrigini hisoblang. 
2. 
Mustaqil ravishda СЧЁТЕСЛИ funksiyasi yordamida bironta mashq 
o‘ylang va uni bajaring. 

Download 215.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling