Statistik hisobot Sanoatda mahsulot ishlab chiqarish Tovar va xizmatlar bozori
Download 23.89 Kb.
|
Statistik hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona va tashkilotlar
- Sanoatda mahsulot ishlab chiqarish
- Tovar va xizmatlar bozori 1.Tovarlar bozori
- 2. Xizmat ko‘rsatish
- Tarmoqlar bo‘yicha kichik biznes subyektlari
Mavzu: Statistik hisobot – statistic kuzatishning asosiy shakli sifatida Reja: Statistik hisobot Sanoatda mahsulot ishlab chiqarish Tovar va xizmatlar bozori STATISTIK HISOBOT Toshkent shahrining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni Bugun Toshkent nafaqat strategik xalqaro mavqega ega bo‘lgan siyosiy markaz, balki Markaziy Osiyoning yirik sanoat-transport chorrahasidagi muhim iqtisodiy megapolisdir. Toshkent mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida yetakchi o‘rinni ega. Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 17,7 foizi, sanoat ishlab chiqarishning 16,8 foizi, investitsiyalarning 15,2 foizi, savdo aylanmasining 21,7 foizi, xizmatlarning 28,5 foizi, tashqi savdo aylanmasining 36,3 foizi, eksportning 22,1 foizi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. Korxona va tashkilotlar Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning 1-aprel holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 49280 taga yetdi. Ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 94,1 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 61,5 foizi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, 6,8 foizi chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar, 0,5 foizi aksiyadorlik jamiyatlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo va umumiy ovqatlanish (25,3 foiz), sanoat (22,8 foiz), qurilish (7,1 foiz) va boshqa sohalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Sanoatda mahsulot ishlab chiqarish Poytaxt iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanmish sanoatning o‘rni har doimgidek salmoqli bo‘lib qolmoqda. Shaharda jami 96 ta yirik sanoat korxonalari mavjud bo‘lib, ular nafaqat shunchaki katta quvvatga ega, balki deyarli barcha industrial sohalar – og‘ir sanoat, mashinasozlikdan tortib, to yengil, oziq-ovqat sanoati, yuqori texnologik ilmiy kashfiyotlar yo‘lidagi ishlab chiqarishdek noyob sanoat tarmoqlariga tegishlidir. Ayniqsa, keyingi uch yil ichida sanoatda yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanib, ushbu davr ichida mahsulot ishlab chiqarish deyarli 1,5 barobar ortgan. Tovar va xizmatlar bozori 1.Tovarlar bozori Barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanayotgani, aholi daromadlarining izchil oshib borishi savdo faoliyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, chakana savdo aylanmasining yildan-yilga tez sur’atlar bilan o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2. Xizmat ko‘rsatish Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar natijasida 2014-yil 1-choarkda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘rsatilgan jami xizmatlar 10,8 foizga, jumladan aholiga pullik xizmatlar 6,5 foizga ortgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Kichik biznes subyektlari sonining o‘sishi. Keyingi davrlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning o‘zgarishlarga tez moslashuvchan sohasi sifatida ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, xizmat ko‘rsatishning yangi va zamonaviy turlarini kengaytirish, eksport salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qarorlarning amaliyotga keng tadbiq etilishi, tekshirish ishlarining qisqarganligi, biznes yuritish uchun moliya va vaqt harajatlarining kamayganligi, ro‘yxatga olishning xabardor qilish tizimining joriy etilishi natijasida ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni jadal oshib, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarida ham ijobiy tendensiyalar yuz bermoqda. Bugungi kunda shaharda 39293 ta kichik biznes subyektlari (yuridik shaxslar) va 16 mingta xususiy tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Har yili o‘rta hisobda 5-6 mingta kichik biznes subyektlari tashkil etilmoqda. Shahar korxonalarining deyarli 80 foizi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bugugni kunda ular tomonidan qurilish mollari, mebel, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun texnologik uskunalar, elektrotexnik va elektron buyumlar, avtomobillar uchun butlovchi qismlar, murakkab maishiy texnika, dori-darmon vositalari, to‘qimachilik va tikuv mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Tarmoqlar bo‘yicha kichik biznes subyektlari Kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida mavjud. Ularning asosiy qismi xizmat ko‘rsatish (64,0 foiz), sanoat (26,6 foiz) va qurilish (8,1 foiz) sohalarida faoliyat yuritmoqda. Kichik biznes subyektlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi muntazam ortib bormoqda. Xususan, mazkur soha vakillarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 1991-yilda 32,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014-yil 1-chorakda bu ko‘rsatkich 58,8 foizga yetdi. Kichik biznes subyektlari hissasiga sanoat mahsulotining 59,6 foizi, qurilish ishlarining 61,1 foizi, chakana savdo aylanmasining 52,9 foizi, pullik xizmatlarning 41,3 foizi, eksportning 23,1 foizi to‘g‘ri keldi. Kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlar bugungi kunda 662 mingdan ziyod kishining bandligini ta’minlamoqda. Download 23.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling