Statistik ko‘rsatkichlar
Download 234 Kb.
|
Nisbiy ko‘rsatkichlar
II. Asosiy qism
2.1.Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati Statistik ko‘rsatkich - bu ommaviy hodisa va jarayonning me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tavsifnomasi) Statistik ko‘rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o‘zaro bog‘lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan birliklar (obyektlar) to‘plami yoki guruhining xossalarini umumlashtirib tavsiflaydi. Shu jihatdan u yakkama-yakka belgilardan farq qiladi. Masalan, har bir kishining yashash umri - bu belgi. Mamlakat yoki mintaqa aholisining o‘rtacha yashash umri statistik ko‘rsatkichdir. Iqtisodiy ko‘rsatkich - bu iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan u yoki bu hodisa yoki jarayonning sifat-miqdoriy aniqligidir. Sifat deganda hodisaning ichki qiyofasi (aniqligi) yoki uning rivojlanish qonuni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mohiyati tushuniladi. Sifat hodisaning turli-tuman jihatlari, xossalari, muhim belgilarining birikmasida ayon bo‘ladi. Miqdor - hodisaning tashqi qiyofasi (aniqligi) bo‘lib, uning u yoki bu xossasining o‘lchami, soni, ro‘yobga chiqish darajasi shaklida ko‘rinadi. Statistik ko‘rsatkich qator muhim belgilar, tarkibiy unsurlarga ega (3.1-tarh). 3.1-tarh. Statistik ko‘rsatkich tarkibiy unsurlari. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi - bu o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasidir
3.2-tarh. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tasniflari. Download 234 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling