Statistik kuzatish uslubiyati
Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
Download 141.79 Kb.
|
STATISTIK KUZATISH XATOLARI VA ULARNI TUZATISH YO‘LLARI
2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko„zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug„iladi va o„z yechimini kutadi. Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo„riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi (2.3- tarh).2. 3-tarh . S i k tis in tat stik uza hn g dast uriy va tashkiliy mas a lalari. Statistik kuzatish uslubiyati Dasturiy – uslubiy masalalar Tashkiliy masalalar Kuzatish maqsadi va vazifalari Kuzatish obyеkti Kuzatish, hisob va hisobot birligi obyеkti Kuzatich dasturi Statistik formulalar Yo‟riqnoma Kuzatish subyеkti Kuzatish usullari va turlari Kuzatish joyi Kuzatish vaqti muddati va krеtik momеnt Kadrlar tayyorlash va boshqa masalalar Kuzatish maqsadi va vazifalarini to„g„ri belgilash tekshirishni to„g„ri va aniq tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maqsad va vazifalariga qarab barcha dasturiy- uslubiy va tashkiliy masalalar yechiladi. Maqsad va vazifalarni mujmal belgilash kuzatish jarayonida to„planishiga, zarurlarini esa tushib keraksiz ma‟lumotlar qolishiga olib keladi. Pirovard natijada ortiqcha mehnat va mablag„lar sarflanadi. Kuzatish maqsadi va vazifalarini to„g„ri – kerakli ma‟lumotlarni kam bilan xarajatlar to„plash imkoniyatini tug„diradi. Kuzatish obyekti - bu o„rganilayotgan hodisalar va jarayonlar, ya‟ni korxonalar va tashkilotlar, ho„jaliklar, kishilar, oilalar, uy ho„jaliklari, va hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan to„plami. Ularning muhim belgilari haqida ma‟lumotlar to„planadi va ular asosida to„plamni ta‟riflaydigan umumlashtiruvchi ko„rsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obyektining aniq miqyosini, ko„lamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy tuzilish va o„lchov birligi jihatidan o„lchamlarini aniqlash lozim. Bu jarayon kuzatish obyektini chegaralash deb ataladi. Buning uchun uni aniqlovchi belgilar: me‟yorlar to„plami belgilanadi. Kuzatish obyekti - bu ma‟lumotlari to„planishi lozim bo„lgan korxona va boshqa ho„jalik yurituvchi seb‟ektlar to„plamidir. Kuzatish obyektini chegaralash maqsadida senzlardan foydalaniladi. Senz so„zi ikki ma‟noga ega bo„lib, birinchi holda ro„yxatlarni anglatadi, masalan, AQShdagi agromelirativ senzlar, ikkinchi holda esa belgi me‟yorni bildiradi. Kuzatish obyektini belgilashda bu tushuncha ikkinchi ma‟noda qo„llanadi. Masalan, O„zbekiston Respublikasi prezidenti 31.08.2003 yil Farmoniga binoan, 1 yanvar 2004 yildan boshlab kichik tadbirkorlik kategoriyasi uchun quyidagi senz belgilangan: Mikrofirmalar – o„rtacha yillik xodimlar soni quyidagi chegaradan oshiq bo„lmagan yuridik shaxs:
Senz – bu kuzatish obyektini aniqlovchi me‟yor, belgilar to„plamidir. Kichik korxona – o„rtacha yillik xodimlar soni mikrofirmalarga belgilangan chegaradan ortiq ammo quyidagi songacha bo„lgan yuridik shaxs:
Dehqon xo„jaligi – yuridik shaxs maqomiga ega bo„lgan va ega bo„lmagan oilaviy kichik tovar xo„jaligi bo„lib, u qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan oila a‟zolari ishtirokida muddatsiz foydalanish uchun biriktirilgan tomorqa yerda shug„ullanadi. Fermer xo„jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo„lgan mustaqil ho„jalik yurituvchi shaxs bo„lib, fermer xo„jaligi a‟zolarining birlashgan faoliyatiga asoslanadi va tovar qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini uzoq muddatga ijaraga berilgan yerda olib boradi. Kuzatish obyekti bilan bir qatorda uning subyekti mavjud. Kuzatish subyekti deb o„rganilayotgan hodisalar haqidagi ma‟lumotlarni qayd qiladigan va to„playdigan yuridik yoki jismoniy shaxslar yuritiladi. Masalan, mikroiqtisodiy statistikada kuzatish subyekti - bu har bir korxona, tashkilot, muassasa va uy xo„jaligidir. Ular ho„jalik yurituvchi subyekt sifatida o„z faoliyatlariga tegishli ma‟lumotlarni qayd qiladi. Makroiqtisodiy statistikada esa statistika tashkilotlari kuzatish subyektidir. Maxsus statistik tekshirish va ro„yxatlarda ular boshlang„ich Kuzatish subyekti - bu o„rganilayotgan hodisalar haqidagi ma‟lumotlarni qayd qiluvchi va to„plovchi yoki shaxs. yuridik jismoniy ma‟lumotlarni qayd qiladi va to„playdi. Hisobotda esa boshlang„ich ma‟lumotlarni qayd qilish va korxona miqyosida umumlashtirib taqdim etish bilan ho„jalik yurituvchi subyektlar shug„ullansa, ularni qabul qilish va umumlashtirish statistika tashkilotlarining vazifasi hisoblanadi. Bu holda ho„jalik yurituvchi subyektlar, ya‟ni korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar hisobot birliklari deb ataladi. Kuzatish birligi deganda, kuzatilayotgan obyektning mustaqil bo„linmas tarkibiy unsuri, birligi tushuniladi. Kuzatish jarayonida uning muhim belgilari haqida ma‟lumotlar olinadi. Masalan, sanoat faoliyati tekshirilayotganda har bir korxona va firma, qishloq xo„jaligini o„rganilayotganda har bir shirkat xo„jaligi, dehqon va fermer xo„jaligi kuzatish birligi hisoblanadi. Ayrim hodisalarni tekshirishda kuzatish birligi bilan birga hisob birligi ham belgilanadi. Masalan, chorva ro„yxatida har bir mol turi haqida, asbob-uskunalar ro„yxatida esa har bir mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar haqida batafsil ma‟lumotlar to„planadi. Bu holda ho„jalik, korxona kuzatish birligi bo„lsa, uning qayd qilinadigan har bir belgisi hisob birligidir. Kuzatish birligi - bu kuzatish obyektining mustaqil bo„linmas tarkibiy (birligi) uning belgilari qismi bo„lib, muhim haqida ma‟lumotlar olinadi. Download 141.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling