Statistik kuzatish uslubiyati


 Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar


Download 464.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi464.04 Kb.
#1517310
1   2   3   4
Bog'liq
STATISTIK KUZATISH XATOLARI VA ULARNI TUZATISH YO‘LLARI

2.2. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar 


Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o„rganish, ya‟ni bir 
turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog„lanishlarni 
miqdoriy ifodalab ularning to„plarida namoyon bo„ladigan statistik 
qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o„rganilayotgan 
obyektlar to„g„risida boshlang„ich ma‟lumotlar yoki boshqa so„z 
bilan aytganda xom statistik materiallarni to„plash kerak. Mana shu 
jarayon statistik kuzatish deb ataladi. 
Kuzatish so„zi quyidagi lug„aviy ma‟noga ega: 
1)
biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida 
sinchiklab ko„zdan kechirish; 
2)
biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta‟qib qilish; 
3)
voqealarni o„rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. 
Statistik 
kuzatish 

bu 
o„rganilayotgan 
ommaviy hodisalar 
haqida 
boshlang„ich 
ma‟lumotlarni 
to„plash 
jarayonidir 


Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular 
haqida boshlang„ich materiallarni to„plashdir. U o„rganilayotgan obyektlarni va ularning 
unsurlarini hisobga olish bilan bog„liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki 
o„lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus 
hujjatda u haqidagi ma‟lumotlarni qayd qilish. 
Statistik kuzatish ho„jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli 
shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho„jalik voqealari buxgalteriya va 
operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko„pincha ana shu hisob 
turlari ma‟lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish 
masalalarini o„rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.


Statistik kuzatish va uning natijasida to„planadigan 
ma‟lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya‟ni: 1) aniqlik 
va to„g„rilik; 2) to„lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, 
solishtirmalik.
Aniqlik – bu ma‟lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to„la 
mos kelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va 
amalga oshirish yo„li ma‟lumotlarning aniqligini ta‟minlashga qaratilgan bo„lishi kerak.
Ma‟lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga-uning 
malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog„liq. Ikkinchidan 
kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik 
formulyarlar, savolnomalar, ularni to„ldirish uchun yo„riqnoma (instruktsiyalar)larning 
mavjudligi, ular to„liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so„zlarning yagona 
mazmunga ega bo„lishiga bog„liq. 
Statistik 
kuzatishga 
talablar: 
aniqlik, 
to„lalik, 
taqqoslamalik 


Uchinchidan, ma‟lumotlarni aniq va haqqoniy bo„lishiga kuzatilayotgan obyektning 
tayyorgarlik darajasi ham ta‟sir etadi. Masalan, turmush voqealarini kuzatishda aholiga 
ommaviy axborot vositalari orqali o„tkaziladigan tekshirishning maqsadi, vazifalarini 
tushuntirish muhim ahamiyatga ega. 
To„rtinchidan, ma‟lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy 
masalalarning to„g„ri yechilishiga bog„liq. 
Beshinchidan, ma‟lumotlarni aniqlik darajasiga ko„rsatkichning sotsial funksiyasi 
ta‟sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o„limi darajasi haqidagi ma‟lumotlar noaniqligi bu 
voqealarni ataylab noto„g„ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq tug„ilganidan 
so„ng bir oz o„tganda o„lib qolishini ko„pincha o„lik tug„ildi deb qayd qilinadi. O„lik 
tug„ilgan bola hodisalarini esa chala tug„ilgan bola deb hisobga oladilar. Jinoyatlar soni 
haqidagi ma‟lumotlar ham ishonchsizlik tug„diradi, chunki ular tartibni saqlash va huquqiy 
tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi. 


Ma‟lumotlarni to„liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, birliklarni 
qamrab olish, har biri haqida barcha ko„zlangan ma‟lumotlarni to„plashdir. 
O„rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, yoki 
ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma‟lumotlar ham to„liq bo„lmaydi va ishonchsizlik 
tug„diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan tushuncha bor. U 
ma‟lum maqsadni ko„zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan yashirish, faoliyatning 
o„zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu holda statistik kuzatish 
barcha ho„jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy faoliyat turlari va birliklarini, 
ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda ma‟lumotlar to„liq bo„lmaydi. 
Shuning uchun makroiqtisodiy ko„rsatkichlarni to„liqligini ta‟minlash maqsadida 
statistika tashkilotlari kuzatish ma‟lumotlarining kamini to„ldirishga oid baholash ishlarini 
amalga oshiradi, ularni hisob to„ldirmalarini baholash deb atash mumkin. 


Ayrim hodisalar haqidagi ma‟lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya‟ni vaqt, joy, 
hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o„xshashligiga ega bo„lishi, bir vaqtda 
va ma‟lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to„planishi kerak. Bundan 
tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi ta‟minlanishi lozim, 
aks holda hodisa dinamizmi haqida to„g„ri xulosa chiqarib bo„lmaydi. 
Iqtisodiy ma‟lumotlarning taqqoslamaligini ta‟minlash uchun milliy va xalqaro 
standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to„la amal qilish muhim rol o„ynaydi. 
Milliy standartlar mamlakat miqyosida obyektlarni tasniflash, ko„rsatkichlarni tuzish va 
hisoblash, ma‟lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo„lgan talablar, 
tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. 
Xalqaro andozalar deganda o„rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik 
ko„rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma‟lumotlarni qayd qilish va hisobga olish 
jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma‟lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida 


qo„llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi 
tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda 
tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar 
nazorat olib boradi. 

Download 464.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling