Statistik kuzatish uslubiyati


Download 464.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi464.04 Kb.
#1517310
  1   2   3   4
Bog'liq
STATISTIK KUZATISH XATOLARI VA ULARNI TUZATISH YO‘LLARI



STATISTIK KUZATISH XATOLARI VA ULARNI TUZATISH YO‘LLARI
REJA: 
1. Hozirgi zamon O‘zbekiston Respublikasi davlat statistikasi va
xalqaro statistika 
2. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar 
3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati 
4. Statistik kuzatish turlari 
5. Hisobot, maxsus kuzatish, biznes tekshirishlar va ro‘yxatlar 
6. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo‘llari 
 


 
Iqtisodiy voqealarni bilish jarayonida statistika muhim rol o„ynaydi. Har qanday 
davrlarda bo„lganidek, bozor iqtisodiyotida ham iqtisodiy hodisalarni o„rganish ular 
ustida statistik kuzatishni yo„lga qo„yishdan boshlanadi, bu jarayonda hayotiy voqealar 
(faktlar) qayd qilinib, ular hisobga olinishi natijasida boshlang„ich ma‟lumotlar 
to„planadi. So„ngra ularni qayta ishlash yo„li bilan umumlashgan statistik axborot va 
ko„rsatkichlar yaratiladi. Ularni statistika uslubi yordamida tahlil qilib ommaviy 
jarayonlarning statistik qonuniyatlari aniqlanadi. Va nihoyat, bozor hodisalarini bilish 
jarayoni iqtisodiy qonuniyat va qonunlarni ta‟riflash bilan yakunlanadi. 1- tarhida bu 
jarayon qanday o„zaro bog„langan bosqichlar ketma-ketligida kyechishi tasvirlangan. 
Iqtisodiy voqealarni bilish jarayonining bosqichlari. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
voqеalarni kuzatish 
Statistik 
qonuniyatlar 
Iqtisodiy qonun va 
qonuniyatlar 
Statistik 
ko‟rsatkichlar 


Demak, bilish faoliyati o„zining so„nggi bosqichida abstrakt fikrlashning eng 
yuqori darajasida amalga oshadi va u iqtisodiy nazariya, bozorshunoslik, boshqarish va 
boshqa maxsus fanlarning ilmiy qoida va tushunchalarini tatbiq etish bilan 
yakunlanadi. Bilish faoliyatining asosiy birinchi uchta bosqichi statistikaga 
aloqadordir. Shundan ham turmush voqealarini anglashda, ularni ilmiy tekshirishda 
statistika qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqida umumiy tasavvur hosil qilish 
mumkin. 
Ilmiy ma‟lumotlarni iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyoti bilan doimo uyg„unlashtirib 
iqtisodiy bilimlarni takomillashtirish zaruriyati statistika oldiga iqtisodiy kategoriya va 
qonunlarni aniq joy va zamon sharoitida miqdoriy namoyon bo„lishi ustidan muntazam 
ravishda kuzatish olib borishni dolzarb masala qilib qo„ydi. Bu funksiyani amaliy 
tasviriy statistika amalga oshiradi. 


Markazlashgan rejali ho„jalik va bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida statistika har xil respondentlar (ma‟lumotlarni 
yetkazib beruvchilar) va axborot iste‟molchilari guruhiga 
turlicha ta‟sir etadi.
Rejali ho„jalik sharoitida davlat rejasi ishlab chiqarish
regulyatori bo„lib, xalq xo„jaligining barcha ierarxik 
doiralarida iqtisodiyot ishtirokchilarining xatti-harakatlarini, 
xulq atvorlarini aniqlaydi. Shuning uchun iqtisodiy hodisalar, shu jumladan, yakka-
yakka hodisalar nisbatan kamroq tasodifiy kuchlar ta‟sirida bo„lib, mikroiqtisodiy 
ko„rsatkichlarni ham birmuncha barqaror rivojlanishi va turg„un bo„lishini ta‟minlaydi. 
Rejali boshqarish sharoitida statistikaning asosiy funksiyasi davlat rejalarini 
bajarish ustidan nazorat qilishdan iborat. shu maqsad jihatdan mikroiqtisodiy 
ko„rsatkichlar eng muhim ahamiyatga ega, chunki iqtisodiyotning quyi darajalarida 
davlat rejasini bajarish yuqori darajalarda ham uning bajarilishini ta‟minlovchi zamin 
Bozor 
iqtisodiyoti 
va 
rejali 
ho„jalik 
statistikalari 
orasida juda katta 
farq mavjud. 


hisoblanadi. Mikroma‟lumotlar ochiq bo„lib, statistika va boshqa maqsadlarda ham 
ulardan foydalanish mumkin. Hamma respondentlar korxona, tashkilotlar va 
muassasalar o„z faoliyatilari haqidagi ma‟ulumotlarni hisobot shaklida statistika 
tashkilotlariga taqdim etishga majburdir, chunki ular davlat va jamoa mulki 
shakllaridagi umumxalq mulki hisoblanadi. Barcha respondentlar uchun tegishli 
hisobot ma‟lumotlarini taqdim etish va boshqa statistik tekshirishlarga mutaxassislari 
va moliyaviy resurslari bilan jalb qilinishlari haqidagi va davlat boshqaruv tashkilotlari 
tomonidan chiqarilgan qarorlar qonun kuchiga ega. Bu esa davlat statistika 
tashkilotlarini ularga nisbatan katta huquqlar bilan ta‟minlaydi. Rejali boshqarish 
sharoitida ho„jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ayrim tasodifiy kuchlar ta‟siridan 
holi emas, bu davlat rejasini bajarish ko„rsatkichlari subyektlar bo„yicha tebranishida 
o„z ifodasini topadi. Statistika asosiy sotsial va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va 
qonuniyatlarini aniqlashi kerak. Buning uchun u mikroma‟lumotlarni agregatlashtirish 
yo„li bilan makroko„rsatkichlar tuzib chiqadi, ularda tasodifiy kuchlar ta‟siri bir-birini 


qirqib, umumiy barqarorlik, turg„unlik qaror topadi. Bunday makroiqtisodiy 
axborotlardan oliy firqa va davlat tashkilotlari boshqaruv maqsadlarida ham, targ„ibot 
va tashviqot uchun ham foydalaniladi. Ularning ko„p qismi keng ommadan sir 
saqlanib, maxfiy tamg„a bilan muxrlanib, “yopiq” materiallarni tashkil etadi. 
Makroiqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni matbuotda e‟lon qilish, ularni oshkorlikka 
maftun etish faqat oliy firqa tashkiloti ixtiyoridagi huquqiy masala hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoiti uchun esa yuqorida zikr etilgan jihatlarning butun qarama-qarshi 
holati xarakterlidir. Mikroma‟lumotlar “tijorat siri” bo„lib, makroaxborotlar esa barcha 
foydalanuvchilar uchun ochiq oshkoralikka ega. Axborotlarni iste‟mol qiluvchilar 
birgina hukmron firqa va davlat tashkilotlaridan iborat bo„lmasdan, balki ular 
oppozittsion firqa va boshqa jamoa tashkilotlarini, bozor tuuilmalari – tijorat korxona 
va tashkilotlari, uyushmalar, ilmiy-tekshirish muassasalari va o„quv yurtlari, ommaviy 
axborot vositalari, tadbirkorlar va boshqalarni, xalqaro va ajnabiy yuridik va jismoniy 
shaxslarni o„z ichiga oladi. Rasmiy va norasmiy statistika o„z vazifasini hamma uchun 


xizmatlar ko„rsatishda, ijtimoiy axborot infratuuilmasi sifatida faoliyat qilishida, deb 
biladi. Boshqacha aytganda, u bozor iqtisodiyotining axborot infratuuilmasi 
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli funksiyalari va egallaydigan 
mavqeida rejali ho„jalikka nisbatan yana boshqa farqlar ham mavjud. 
Xo„sh, statistik ma‟lumotlarni qanday olish mumkin? 
Ularni avvalambor, turli bosma matbuot vositalaridan olish mumkin. 
O„zbekistonda chiqadigan gazeta va jurnallarda ayrim korporatsiya va korxonalarning, 
tijorat banklarining moliyaviy hisoblari bosilib chiqadi. O„zbekiston iqtisodiy va 
ijtimoiy hayotiga va ayrim sohalariga oid ko„p statistik ma‟lumotlar “Iqtisodiy 
axborotnoma”, “Ekonomicheskoe obozrenie” (iqtisodiy sharhlar), “Dengi i kredit” (pul 
va kredit), “O„zbekiston qishloq xo„jaligi” jurnallarida va “O„zbekiston iqtisodiy 
yo„nalishlari” loyihasi nashrlarida bosilib chiqmoqda. 
Ammo statistik axborotlarning asosiy manbai bo„lib, O„zbekiston Davlat Statistika 
Qo„mitasi va uning mahalliy tashkilotlari tomonidan bosib chiqariladigan “O„zbekiston 


Respublikasining … yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy
ko„rsatkichlari” va boshqa statistik to„plamlar (“… yilda O„zbekiston Respublikasi 
xalq xo„jaligi” deb nomlangan) xizmat qiladi. 
Davlat statistika qo„mitasi O„zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi 
haqida” va Respublika Prezidentining “O„zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligini qayta tashkil etish haqida”gi 24 dekabr 2002 yil UP-3183 sonli 
Farmoniga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8 yanvar 2003 
yil 8 – sonli qaroriga asosan tuzilgan bo„lib, mamlakatimizda statistika sohasida 
yagona siyosat ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaxsdir. 
Davlat Statistika qo„mitasi O„zbekiston Respublikasining amaldagi va milliy 
manfaatlariga muvofiq, ilmiy asoslangan uslubiyat, xalqaro andoza va qoidalar asosida 
tuzilgan va taraqqiy etgan axborot tizimini barpo etib, yagona davlat siyosatini amalga 
oshiradi hamda davlat idora va boshqaruv organlari, ho„jalik yurituvchi boshqa 


subyektlarning respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid statistik ma‟lumotlarga 
bo„lgan talabini qondiradi.
Davlat Statistika qo„mitasi o„z faoliyatini O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, “O„zbekiston Respublikasi Davlat 
Statistikasi to„g„risida”gi Qonun va boshqa rasmiy hujjatlarga 
muvofiq amalga oshiradi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar statistika boshqarmalari, tuman (shaharlar) statistika 
bo„limlari bilan birgalikda Davlat Statistika qo„mitasining 
yagona tizimini tashkil etadi. 2.2-tarhda bu tizimning tuzilishi 
tasvirlangan. 
O„zbekiston 
Davlat 
Statistika 
Qo„mitasi tizimi – 
statistik 
ma‟lumotlarni 
ishlab chiqaruvchi 
va iste‟molchilarga 
yetkazib beruvchi 
fabrika 


O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‟MITASI 
Qoraqolpog‟iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar statistika boshqarmalari
Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar 
markazi
Tumanlar (shaharlar) statistika bo‟limlari 
Qo‟mita raisi 
Statistika kengashi 
Birinchi o‟rinbosar 
(metadalogiya masalalari, 
umumiy statistik ishlar va 
MHT) 
Statistik ishlarni tashkil etish 
va metadalogiyasi boshqarmasi 
Milliy hisoblamalar 
boshqarmasi 
Umumiy statistik ishlar 
boshqarmasi 
Moliya va narxlar statistikasi 
boshqarmasi 
O‟rinbosar (iqtisodiy real 
sektor va komunikatsiyarlar) 
Sanoat hududiy-iqtisodiy 
majmui statistikasi 
boshqarmasi 
Qishloq xo‟jaligi va ekologiya 
statistikasi boshqarmasi 
Investitsiyalar statistikasi 
boshqarmasi 
Kommunikatsiya va xizmatlar 
sohasi statistikasi boshqarmasi 
O‟rinbosar (demografiya, 
bandlik sohasi va ijtimoiy 
rivojlanish) 
Demografiya va mehnat bozori 
statistikasi boshqarmasi 
Aholi turmush darajasi, 
ijtimoiy soha va sotsiologik 
tekshirishlar statistikasi 
boshqarmasi 
Tadbirkorlik, kichik va xususiy 
biznes statistikasi boshqarmasi 
Rejim bo‟yicha o‟rinbosar 
Birinchi bo‟lim 
Kadrlar bo‟limi 
Ishchilar boshqarmasi 
EHM dasturliy-texnikaviy 
ta‟minoti, statistik 
axborotlarni tayyorlash va 
chop etish Bosh 
boshqarmasi 
Tashqi iqtisodiy faoliyat 
statistikasi boshqarmasi 
Xalqaro hamkorlik bo‟limi 
Buxgalteriya va moliyaviy-
iqtisodiy hisob va hisobot 
boshqarmasi 


Davlat statistika qo„mitasi zimmasiga quyidagi asosiy 
vazifalar yuklangan:
-xalqaro statistika andozalari va qoidalariga mos ilmiy 
asoslangan statistika uslubiyati va ko„rsatkichlar tizimini ishlab 
chiqish; 
-mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini ifodalovchi statistik axborotlarni yig„ish, 
tayyorlash, saqlash va tahlil qilish; 
-davlat hokimiyati va idoralariga statistik axborotlarni taqdim etish (qonunlarga 
muvofiq); 
-respublikadagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni 
aks 
ettiruvchi 
statistik 
ko„rsatkichlarning haqqoniyligi, xolisligi, tezkorligi, barqarorligi va o„zaro bog„liqligini 
ta‟minlash; 
Davlat statistika 
qo„mitasi 
ko„p 
qirrali vazifalarni 
bajaradi 


-xorijiy davlatlar statistika xizmatlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan statistika 
axborotlarini elektron ayri boshlashni amalga oshirish hamda axborotlar to„plab borish; 
-respublikada yagona statistik axborotlar makonini shakllantirish va qo„llab 
quvvatlash; 
-milliy hisoblamalar tizimi va yakuniy iqtisodiy ko„rsatkichlarni, ularga bo„lgan 
talabga e‟tiboran, ishlab chiqish hamda respublikada statistika tizimini bosqichma-bosqich 
isloh qilish. 
O„zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “O„zbekiston Respublikasi 
Davlat Statistika qo„mitasi haqidagi Nizom”da davlat statistika tizimining boshqa 
funksiyalari, burch va vazifalari batafsil bayon etilgan. Davlat Statistika qo„mitasi qoshida 
Statistik Kengash tuzilgan bo„lib, u davlat statistikasini rivojlantirish, faoliyat qilish va 
muvofiqlashtirish masalalari bo„yicha kollegial maslahatchi tashkilot hisoblanadi. Uning 
a‟zolari O„zbekiston Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan bo„lib, iqtisodiy vazirlik 


va idoralarning yetakchi mutaxassislari, siyosiy tashkilotlar, jamg„armalar va boshqa 
jamoatchilik vakillari, ilmiy tekshirish institutlari va oliy o„quv yurtlarining olimlarini o„z 
ichiga oladi. 
Ayrim vazirliklar, idora va korxonalarda statistika ishlari 
bilan maxsus bo„linmalar shug„ullanadi. Ayniqsa, sog„liqni 
saqlash, suv xo„jaligi, respublika yer fondidan foydalanish, 
davlat moliyaviy resurslari, soliqqa tortish, pul aylanmasi va 
hokazolar haqidagi ko„rsatkichlar tegishli ma‟muriy-idoraviy 
statistika tomonidan to„planadi va umumlashtiriladi.
Ma‟muriy 
idoraviy statistika 
O„zR 
Davlat 
statistika qo„mitasi 
vakolat 
bergan 
axborotlarni 
o„z 
tizimlmasi 
doirasida to„playdi 
va taqdim etadi. 


“O„zbekiston Respublikasini amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga 
o„tkazish Davlat Dasturi” ishlab chiqilgan bo„lib, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 
avgust 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bu dasturda ko„zlangan asosiy tadbirlar o„tgan 
davrda amalga oshirildi, jumladan, milliy hisobchilikning asosiy 
hisoblamalari yaratildi, moliya, pul, baholar statistikasi qaytadan 
ishlab chiqildi, bir qator tarmoq va soha statistikalari xalqaro 
andozalar asosida isloh qilindi. Amalga oshirilmay qolgan 
masalalar va boshqa yangi tadbirlarni o„z ichiga olgan “2005 
yilgacha O„zbekiston davlat statistikasini isloh qilish tizimini 
Kompleks Dasturi” ishlab chiqildi. Hozirgi kunda hayotda amalga 
oshirilmoqda. 
Xalqaro statistikani tashkil etish masalalari Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti (BMT) va uning ixtisoslashgan muassasalari, 
Xalqaro 
statistika 
tashkilotlari 

ma‟lumotlarning 
mamlakatlararo 
taqqoslamaliligini 
ta‟minlaydigan 
standartlar 
yaratuvchi 
va 
ularni 
amalga 
oshiruvchi 
tashkilotlardir. 


Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), sog„liqni saqlash butun dunyo tashkiloti (VOZ), Oziq-
ovqat komissiyasi (FAO), maorif, madaniyat va fan sohasida hamkorlik komissiyasi 
(YuNESKO) hamda boshqa xalqaro tashkilotlar - Ovropa iqtisodiy hamkorligi, xalqaro 
valyuta fondi,butun dunyo banki, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot xalqaro tashkiloti va 
boshqa muassasalarning statistika xizmatlari diqqat markazida turadi. Ular turli 
mamlakatlar statistik ma‟lumotlarining taqqoslamaligini ta‟minlash maqsadida xalqaro 
andoza (standart) va tavsiyalarni ishlab chiqadi, xalqaro taqqoslashlarni amalga oshiradi, 
mamlakatlar guruhi, mintaqa va butun dunyo bo„yicha statistik ma‟lumotlarni bosib 
chiqaradi. Bosma to„plamlar orasida BMT yilnomasi Statistics Yearbook, butun dunyo 
banki yilnomasi International Financial Statistics (Yearbook), xalqaro valyuta fondi 
blyuteni Bulletin of IMF, Xalqaro demografiya tashkiloti yilnomasi Demographic 
Yearbook, Xalqaro mehnat tashkiloti yilnomasi Yearbook of Labour Statistics ayniqsa 
diqqatga sazovordir. 


Xalqaro statistika instituti statistika sohasida xalqaro ilmiy markazdir, u 1887 yilda 
tashkil etilgan bo„lib, asosiy vazifasi - statistik usullar va ishlamalarni unifikatsiyalash, 
davlat statistikasi uslubini takomillashtirish, statistika nazariyasi rivojlanishiga 
ko„maklashish. Mustaqil Davlatlar Xamdo„stligi (MDX) a‟zo mamlakatlari statistika 
xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan 1992 yilda tuzilgan MDH Statistika 
Qo„mitasi shug„ullanadi. U MDH a‟zo - mamlakatlari bo„yicha statistik to„plamlarni nashr 
etadi.

Download 464.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling