Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari


Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati


Download 197.15 Kb.
bet3/11
Sana05.05.2023
Hajmi197.15 Kb.
#1429394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Statistik-malumotlarni-taqdim-etish-usullari

4.3. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati
joziDali qiliD tasvirlaydigan
geometrik shakldir
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lo‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli olingan me’yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o‘ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to‘laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o‘taydi.
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o‘zaro bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, o‘rganilayotgan murakkab to‘plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko‘lamini tasvirlashda qo‘llanadi.
4.4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlami tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bo‘linadi. Quyida ulaming turlari tasvirlangan.
4.1-tarh. Statistik grafik turlari.
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo‘laklarga) bo‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo‘llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko‘pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me’yorga aytiladi. U o‘rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi.
Masalan, O‘zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me’yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.

Masshtab

- bu

ko‘rsatkichlarni

tekislikdagi

tasviriy

nisbatlarga aylantiruvchi

shartli me’yordir.

Shkala - bu shunday chiziqki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum
miqdorlarini anglatadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bo‘ladi va, demak, shu miqdor deb o‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir (4.2-tarh).
0 10 20 30 40 50

Download 197.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling