4.8. Tasvirli (suratli) diagrammalar
Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammalar o‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo‘li bilan tuziladi. O‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo‘lda yuk aylanmasining o‘sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. Buning uchun 1 ta vagon qanchadir yuk aylanmasi hajmini bildiradi deb belgilab, tasvirlanuvchi ma’lumotlarni shu masshtabga bo‘lib, chizilishi kerak bo‘lgan vagonlar soni aniqlanadi. O‘zbekistonda temir yo‘l yuk aylanmasining ortishi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
4.6-jadval
O‘zbekiston temir yo‘lida yuk aylanmasining dinamikasi
-
Ko‘rsatkichlar |
1990
|
1995
|
2000
|
2005 prognoz
| Mlrd.t/km |
56,5
|
16,9
|
15,0
|
20,5
|
Shartli vagon soni
|
3,3
|
1
|
0,9
|
1,20
|
Bitta vagon 16,9 mlrd. t/km yuk aylanmasini bildiradi deb belgilasak, u holda yuqoridagi ma’lumotlarni tasvirlash uchun 1990 yil - 3,3 vagon, 1995 - 1,0 vagon, 2000 yil – 0,9 vagon, 2005 yil - 1,2 vagon (4.11-grafik).
Masshtab: 1 vagon - 16,9 mlrd.t t/km
1990
1995
2000
2005
4.11-grafik. O‘zbekiston temir yo‘lida yuk aylanmasining dinamikasi (mlrd.t/km)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |