Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari


Download 0.5 Mb.
bet3/6
Sana08.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1341739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uzbekov Baxtiyor 012-18 mustaqil ish

Kumulyativ taqsimot
Teng oraliqli variatsion qatorlarni yuqorida bayon etilgan usulda tuzish natijasida oddiy taqsimot qatorlari hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, kumulyativ (lotincha «cumulatio» - yig‘ish, jamg‘arish, to‘planish) taqsimot qatorlari ham qo‘llanadi. Ular oddiy qatorlarning ketma-ket oraliqlarini birlashtirib (yig‘ib), ularga tegishli variantlar sonini jamg‘arish yo‘li bilan tuziladi.
Kumulyativ variatsion qatorlarni ikki usulda tuzish mumkin. Birinchi usulda jamg‘arish jarayoni kichik qiymatli birinchi oraliqdan kattalari tomon yo‘nalishda amalga oshiriladi.
1 - jadval ma’lumotlariga binoan, bu usulda ishchilarning oylik ish haqi bo‘yicha jamg‘arma taqsimotini tuzsak, quyidagi kumulyativ variatsion qator hosil bo‘ladi.
3-jadval
Oylik ish haqi bo‘yicha kichik korxonalar ishchilarining kumulyativ taqsimoti

Oylik ish haqi bo‘yicha jamg‘arma guruhlar (ming


so‘m)




Ishchilar soni

Yuqoridan pastga tomon jami kishi

foizda %%


Pastdan yuqori tomon jami kishi

foizda %%

20,2 dan 30,2 gacha

2

4

50

100

20,2 - 40,2 gacha

7

14

48

96

20,2 - 50,2 gacha

17

34

43

86

20,2 - 60,2 gacha

33

66

33

66

20,2 - 70,2 gacha

42

84

17

34

20,2 - 80,2 gacha

48

96

8

16

20,2 - 90,2 gacha

50

100

2

4

Birinchi usulda tuzilgan kumulyativ variatsion qatorlarning grafiklarda tasviri kumulyata deb ataladi.


4 - rasm. Ish haqi taqsimotining kumulyata va ogivasi.

Birinchi usulda tuzilgan kumulyativ variatsion qatorlarning grafiklarda tasviri kumulyata deb ataladi.


Ikkinchi usulda kumulyativ taqsimot qatorlari tuzilganda, jamg‘arish jarayoni katta qiymatli oraliqdan kichik qiymatli oraliq tomon yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Ikkinchi usulda tuzilgan kumulyativ taqsimotning grafikda tasviri ogiva (og‘ma) deb ataladi.
4-grafikda yuqoridagi ma’lumotlar asosida ish haqi ogivasi (og‘ma) tasvirlangan.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling