“statistika” fanidan “milliy boylik” mavzusi
Download 1.53 Mb.
|
3. slayd (3)
“STATISTIKA” fanidan “MILLIY BOYLIK” mavzusi“IQTISODIY TAHLIL VA STATISTIKA” kafedrasiMavzu: MILLIY BOYLIK STATISTIKASI Reja: 1. Milliy boylik mohiyati va turlari. 2. Milliy hisoblar tizimida aktivlar va passivlar. 3. Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi. 4. Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlari statistikasi. Milliy boylik kishilar mehnati tufayli to‘plangan moddiy, moliyaviy va ma’naviy boyliklar va tabiatdan yaratilgan tabiiy boyliklar yig‘indisidir. Milliy boylik hajmi ma’lum sanalarga aniqlanib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qudratini belgilaydi. Milliy boyliklar yaratilish manbai jihatdan 2 katta guruhga bo‘linadi: Tabiiy boyliklar. Inson mehnati tufayli shu davrgacha yaratilgan barcha moddiy, moliyaviy va ma’naviy boyliklar. Milliy boylik - iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) - mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodalaydi, jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori esa -mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi. Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi haj-mini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug'ullanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor, Angliyada (1664-yilda) U. Petti hisoblagan. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 1789-yilda, AQSh da 1805-yilda va Rossiyada esa, 1864-yilda hisoblangan. BMT statistika komissiyasi hamda Jahon banki huzurida Dj. Dikson (AQSh) va K. Hamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997-yilda 92 mamlakat bo'yicha (1994-yil ma’lumotlari asosida) va 2000-yilda 10 mamlakat bo‘yicha (1997-yil ma'lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to'g'ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblashdi.
Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling