"statistika" fanidan mustaqil ish


Download 45.68 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2024
Hajmi45.68 Kb.
#1816994
  1   2
Bog'liq
STATISTIKA MUSTAQIL ISH 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
M ILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

“PSIXOLOGIYA” fakulteti
“IQTISODIYOT ” yo`nalishi
“STATISTIKA” FANIDAN

MUSTAQIL ISH

Mavzu: “Statistika” fanini predmeti va uslubi
BAJARDI: 554-22 guruh talabasi Achilov A.
QABUL QILDI: Xudoyarov R

Jizzax_2023

Mavzu: “Statistika” fanini predmeti va uslubi

Reja:


Kirish. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Asosiy qism:
1. Statistika fanining predmeti va metodlari
2. O’zbekiston Respublikasi statistika faoliyatining tashkil etilishi, uning huquqiy asoslari va vazifalari
3. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tizimining tuzilmasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi.
Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Hitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan.
Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas,balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Evropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Rossiyada statistikaning rivojlanishiga quyidagi olimlar o’z xissalarini qo’shishgan:
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.

Statistika fanining predmeti va metodlari


Statistika deganda nimani tushunamiz.? Statistika nimani o’rgatadi.? Statistika bu fanmi yoki metodmi.? Bunday savollarni biz juda ko’p uchratamiz. Javoblar esa bundan ham ko’p. Moskva davlat universitetida chop qilingan adabiyotlarda statistikaga berilgan ta’riflar 1700 ga yaqin.


Hozirgi kungacha statistikaga berilgan ta’riflarni har tomonlama tahlil qilib, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi;
2) statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi. Masalan, Futbol bo’yicha jahon chempionati tugadi. Qaysi komanda nechta gol urdi yoki o’tkazdi, kimlar gol urdi, nechtadan urdi va h.k. bu statistika emish. Yoki kasalxonani olaylik. Necha kishi operatsiya qilindi, shundan nechtasi tirik qoldi yoki o’ldi. Bu ham statistika emish;
3) statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif);
4) statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;
5) statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.;
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o’tilishiga, xalqaro statistik va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik va boshqa ro’y bergan ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, keyingi yillarda chop etilgan o’quv qo’llanma, darsliklar mualliflari (statistika umumiy nazariyasi darsliklariga qaralsin) statistikaga 1954 yilda berilgan ta’rif (Moskva, 1954y.) atrofida aylanishadi. Bu holni hatto 2000-2001 yilda nashr etilgan darsliklarda ham uchratish mumkin.
Shunday qilib, kim haq kim nohaqligini tahlil qilib o’tirmasdan statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.
Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari ko’rsatilgan:
Birinchi xususiyat. Ommaviy hodisalarni o’rganadi. Masalan, professor oilasida 3 nafar qiz bola tug’ildi, fermer oilasida 3 nafar o’g’il bola tug’ildi. Bu erdan, demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug’ilar ekan, fermerlar oilasida o’g’il bola tug’ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat, mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug’ilishini o’rganish kerak. Shunday o’rganishlardan bizga ma’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola tug’iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan ko’p.
Ikkinchi xususiyat. Miqdoriy tomonlarini o’rganadi. Bizga ma’lumki, har bir hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini aniq fanlar o’rganishi hammaga ma’lum, lekin bu degani statistika hodisalarning miqdorini o’rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, sifat va miqdor ko’rsatkichlari uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Masalan, Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarni olaylik. Ularning 5 yillik iqtisodiy – moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar asosida qo’shma korxonalarni uch guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o’rtacha ishlagan, yomon ishlagan. Ko’rinib turibdiki, biz miqdor ko’rsatkichlarni tahlil qilib, qo’shma korxonalarni sifat ko’rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik.
Uchinchi xususiyat. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt bo’yicha o’zgaradi. Masalan, Farg’ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va tarkibi bir xil emas, ular vaqt bo’yicha ham o’zgarib turadi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar o’zining vaqt bo’yicha chegaralanganligi, joy bo’yicha va to’plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi.
To’rtinchi xususiyat. Hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari. Ko’pchilikning fikricha, qonuniyat deganda o’rganilayotgan hodisalar-dagi takrorlanish, aniq tartib va to’g’rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar bir-biridan farq qiluvchi belgilarning umumiy to’plamda o’zaro yoyishib ketishi natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ham, ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan aniqlangan qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deb yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular to’plamdagi ayrim xodisalarga, elementlarga, birliklarga tegishli bo’lmasdan, balki umumiy to’plamga tegishlidir.
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan tashkil topgan bo’lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.
Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:

  1. Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k.

  2. Belgi - bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga bo’linadi.

  3. Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi.

  4. Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Yana bir masala. Statistika bitta fanmi yoki bir nechta fanmi.?, degan savol tug’iladi. Aslida statistika bitta fan, lekin bir qancha tarmoqlari (sotsial, makroiqtisodiy va h.k) mavjud.

Statistikaning umumiy nazariyasi ommaviy hodisalarni statistik o’rganishning umumiy tamoyillarini va metodlarini yaratish bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan shug’ullanadi. Makroiqtisodiy statistika mamlakatda ro’y berayotgan makroiqtisodiy o’zgarishlarning miqdoriy tomonlarini o’rgansa, mikroiqtisodiy statistika – firma va korxonalar darajasidagi hodisalarning miqdoriy tomonlarini o’rganadi.
Statistika hamma fanlar singari dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi.

O’zbekiston Respublikasi statistika faoliyatining tashkil etilishi, uning huquqiy asoslari va vazifalari


Sobiq Sovet Ittifoqi davrida statistika faoliyati markazdan boshqarilib, barcha metodologik va uslubiy masalalar u erda mujassamlashgan edi. Ittifoqdosh respublikalardagi statistika idoralari (avvalgi Markaziy statistika boshqarmalari, keyinchalik esa Davlat statistika qo’mitalari) faqat statistik ma’lumotlarni respublika miqyosida to’plash, qayta ishlash va olingan ma’lumotlarni markazga etkazib berish bilan shug’ullanar edilar. Masala shu qadar markazlashtirilgan ediki, hatto ittifoqdosh respublikalarda yaratilgan milliy daromad hajmi joylarda emas, balki markazda aniqlanar edi.


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab statistika faoliyatini tashkil etish masalasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Dastavval, statistika va bashorat qilish ishlarini uyg’unlashtirish hamda metodologik-uslubiy masalalarni bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 avgustdagi UP-949 sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 7 avgustdagi 367-sonli qaroriga ko’ra Davlat statistika qo’mitasi Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo’mitasi bilan birlashtirilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika («O’zistiqbolstat») Davlat qo’mitasi tashkil qilindi.
Respublikamizda statistika ishlarini qonuniy va xalqaro standartlar asosida olib borish ishlarini tashkil qilish uchun 1993 yilning 2 sentyabrida Oliy Majlis tomonidan «Davlat statistikasi to’g’risida» qonun va 1994 yilning 24 avgustida Vazirlar Mahkamasining 433-sonli qaroriga binoan «O’zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o’tish bo’yicha Davlat dasturi» qabul qilindi.
Respublikaning ehtiyojlaridan kelib chiqib xalqaro registrlarni shakllantirish tamoyillariga muvofiq korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrini (KTYaDR) ishlab chiqish va yuritish maqsadida 1994 yilning 17 noyabrida Vazirlar Mahkamasining 555-sonli «Mulkchilik va xo’jalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri to’g’risida» qarori qabul qilindi. Bu qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad:
- O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarni yagona davlat hisobiga olishni ta’minlash;
- aniq mo’ljalli iqtisodiy ko’rsatkichlar negizida yoppasiga statistik kuzatishni yuritish, shuningdek bir yo’la hamda tanlab o’tkaziladigan tadqiqotlar va ro’yxatga olishlarni tashkil etish;
- respublika va hududiy boshqaruv idoralarining axborot almashishda ijtimoiyiqtisodiy ko’rsatkichlarning bir-biriga to’g’ri kelishini va taqqoslamaligini ta’minlash;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning respublika axborot makoni doirasida o’zaro hamkorlik qilishlarida ularni identifikatsiyalashtirishning yagona tamoyillarini ta’minlash;
- ishonchli axborot to’plash va ular bilan boshqaruv idoralari va foydalanuvchilarni ta’minlash.
- Korxona va tashkilotlar Yagona davlat registrining amaliyotga kiritilishi natijasida quyidagilarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni bir yoki bir necha axborot belgilari bo’yicha istalgan jamlikda tanlash va guruhlarga ajratish;
- boshqa idoralarning registrlari bilan o’zaro hamkorlik qilish;
- KTYaDR ma’lumotlarini qog’ozda, disketda, aloqa vositalari orqali tanlash va berish;
- KTYaDR ma’lumotlarini yangilash va dolzarblashtirish;
- KTYaDR ma’lumotlarini himoya qilish.
Yuqorida keltirilgan qonuniy asoslar respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonining birinchi bosqichida statistika ishlarini tashkil qilish va takomillashtirishda tashkil qilishda katta ahamiyat kasb etdi.
Shu davrda respublikamizda xalqaro moliya va statistika institutlarining ekspertlari yordamida xalqaro standartlarga asoslangan inflyatsiya jarayonlarini ifodalovchi iste’mol narxlari indekslari hamda milliy hisoblar tizimiga asoslangan yalpi ichki mahsulot boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashga asos solindi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tizimining tuzilmasi











Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki statistika paydo bo’lish paytlarida statistika davlat extiyojlari qondirgan bo’lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik va besh yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimotini rivojlangan va qiyinlashib ketgan, eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, har bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoni bir chekkasida qanday o’zgarishlar bo’layotganligi yoki hodisa va voqealarni o’zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu erda statistika ro’y berayotgan yoki beradigan hodisalarni hajmi, o’zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni etkazib beradi. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir. Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan tashkil topgan bo’lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi




Download 45.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling