“Статистика” фанидан якуний назорат вариант саволлари


Download 334.5 Kb.
bet4/4
Sana07.02.2023
Hajmi334.5 Kb.
#1175136
1   2   3   4
Bog'liq
Стат якун 3сем лотин

Variant №41.


1. Statistik guruhlash yordamida yechiladigan iqtisodiy masalalar. (tipik guruhlash, tuzilmaviy guruhlash, analitik guruhlash, birlamchi guruhlash, ikkilamchi guruhlash).
2. Mehnat bozori statistikasi (mehnat bozori , mehnat bozori statistikasining vazifalari, bandlik statistikasi, xodimlar statistikasi )
3. Masala. Korxonada joriy yilda 102500 ming so’mlik xizmat ko’rsatish rejalashtirilgan va 104800 qilib bajarilgan. O’tgan yili bu ko’rsatgich haqikatda 101200 va reja ko’rsatkichi 103600 ming so’mni tashkil qilgan bo’lsa, reja topshirig’i nisbiy miqdorini va reja bajarilishi nisbiy miqdorini aniqlang.
Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N
Tuzuvchi: O.Toshpo’latov


Variant № 42.

  1. Davlat statistika xisoboti turlari. (joriy hisobot, yillik hisobot, telegraf hisoboti, elektron pochta hisoboti. Birlamchi hisobot, to’plama hisobot)

  2. Milliy boylik va milliy mulk haqida tushuncha va bu sohadagi statistikaning vazifalari.

  3. Masala: Hisobot yiliga iqtisodiyot bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd. so’m): Yalpi foyda va yalpi aralash daromad — 921,1 ; Yollanma ishchilarning mehnat hatsi — 1240,2 ; Ishlab chiqarish va importga soliqlar — 421,7; Ishlab chiqarishga va importga subsidiyalar — 113,0. Aniqlang: Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash usulida.

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N
Tuzuvchi: O.Toshpo’latov
Variant № 43.

  1. Korrelyatsion bog’lanish turlari. (juft korrelyatsiya, ko’p o’lchovli korrelyatsiya, to’g’ri bog’lanish, teskari bog’lanish, to’g’ri chiziqli bog’lanish, egri chiziqli bog’lanish)

  2. Mehnat bozorining asosiy ko’rsatkichlari (bandlik, ishsizlik, yoshlar bandligi, ayollar bandligi)

  3. Masala: Yil boshida eskirishini hisobga olgan holda asosiy vositalarining o’rtacha yillik qiymati 1125000 mln. so’m; eskirish koeffitsenti — 22 %; To’liq boshlang’ich qiymati 123600 mln. so’m.

Aniqlang: 1) Eskirishini hisobga olib, asosiy vositalarning to’la boshlang’ich qiymatini; 2) Yaroqlilik koeffitsentini.

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N


Tuzuvchi: O.Toshpo’latov
Variant № 44.

  1. Oddiy va kombinatsion jadvallar tuzish. (jadval nomi, jadval tartib raqami, jadval egasi va kesimi, o’lchov birliklari, davrlar, sanalar)

  2. YaIM statistikasi (yalpi ichki mahsulot, uni hisoblash usullari, YaIM deflyatori)

  3. Bir viloyat aholisi soni 1 yanvarga 3,8 mln.kishi bo’lgan, bulardan mehnat yoshidagilar 2,5 mln.kishi, mehnat yoshida mehnatga layoqatsizlar 600 ming kishi. Besh yil mobaynida o’rtacha yillik qo’shimcha o’sish 34 % bo’lgan. Aniqlang: Keyingi ikki yilning har bir yili uchun mehnat resurslari sonini.

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N


Tuzuvchi: O.Toshpo’latov


Variant № 45.

  1. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati. (grafiklarning turlari, grafiklarning tuzilishi, asosiy elementlari, ularni yasash va tahlil qilish)

  2. Variatsiya ko’rsatkichlari (variatsiya tushunchasi, mutlaq va ko’rsatkichlari)

  3. Tuman aholisi soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi): 2014 yil 1 — yanvarga tuman aholisi 193660 kishini tashkil etgan. Xisobot yilida tumanda 3500 ta bola tug’ilgan, 890 kishi vafot etgan. Doimiy yashash maqsadida 1123 kishi ko’chib kelgan va 1104 kishi ko’chib ketgan. Tuman hududi - 2450 km2. Aniqlang: Aholini tabiiy va mexanik harakatini ifodalovchi koeffitsentlarni; Axolini umumiy o’sish koeffitsentini

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N


Tuzuvchi: O.Toshpo’latov


Variant № 46.

  1. Dinamika qatorlari turlari. (mutlaq, nisbiy, o’rtacha miqdordan tuzilgan qatorlar, momentli qatorlar, davriy qatorlar)

  2. Milliy hisoblar tizimining asosiy ko’rsatkichlari (yalpi ishlab chiqarish, yalpi milliy daromad, ixtiyordagi daromad)

  3. Masala: 2022 yilda ishlab chiqarish rentabelligi 2021 yilga nisbatan 0,5% kamaygan, 2021 yilda esa 2020 yilga nisbatan 3% oshgan, 2022 yilda rentabellik 2020 yilga nisbatan qanday o’zgargan?

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N


Tuzuvchi: O.Toshpo’latov


Variant № 47

  1. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari. (diagrammalar, (taqqoslash, tuzilma, dinamika, bog’lanish) statistik xaritalar, (kortagrammalar, kartodiashrammalar).

  2. Korxonalarning moliyaviy faoliyatini tavsiflovchi ko’rsatkichlari (xarajatlar, moliyaviy natijalar, moliyaviy hisobotlari, o’zaro hisob kitob ko’rsatkichlari)

  3. Masala: Ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi va ish kuchi haqidagi quyidagi ma’lumotlar Qishloq xo’jalik korxonasida maxsulot ishlab chiqarish va unga sarflangan mexnat haqida qo’yidagi ma’lumotlar berilgan:



Maxsulot turlari

Maxsulot
miqdori, tsentner

Mehnat sarfi
ming kishi soat

1tsentner maxsulot
Bahosi

O’tgan yil

Xisobot

O’tgan yil

Xisobot







Q0

Q1

T0

T1

P0


Don

5000

6050

43,1

56,4

640


SHoli

3800

5220

70,4

81,2

1680


Paxta

2000

4340

1337,4

1496,6

1250


Kartoshka

11394

11463

41,4

61,6

1120

Berilganlar asosida xisoblang.
1.O’tgan va xisobot davrlaridagi mexnat unumdorligi natural ko’rsatkichlarini.
2.Mexnat unumdorligini aloxida indekslari.

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N


Tuzuvchi: O.Toshpo’latov


Variant № 48

  1. Dinamika qatorlarida o’rtachalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari. (o’rtacha arifmetik miqdor, o’rtacha xronologik miqdor, o’rtacha geometrik miqdor)

  2. Variatsion qatorlar va ularni statistik baholash (variatsiya mohiyati, variatsiya ko’rsatkichlari, variatsiya koefftsienti mohiyati) )

  3. Masala: Yil boshida, eskirishini hisobga olgan holda asosiy vositalarining o’rtacha yillik qiymati 22000 mln. so’m; eskirish koeffitsenti — 4 %; To’liq boshlang’ich qiymati 21600 mln. so’m. Aniqlang: 1) Eskirishini hisobga olib, asosiy vositalarning to’la boshlang’ich qiymatini; 2) Yaroqlilik koeffitsentini.

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N


Tuzuvchi: O.Toshpo’latov


Variant № 49

  1. O’rtacha arifmetik xossalari. (to’plam bir jinsligi, o’xshash birlik o’rtachasini aniqlash, katta sonlar qonuniyati)

  2. YaIM statistikasi (YaIM, hisoblash usullari, oraliq iste’mol)

  3. Mamlakatda aholi soni 2022 yil 1- yanvarь holatiga 225 ming kishi, 2021 yil 1- yanvarda 221010 ming kishi. Joriy yilda mamlakatda 1430 bola tug’ilgan,535 kishi vafot etgan. 2009 kishi nikoh qurgan va 468 kishi ajrashgan.

Aniqlang: Aholini tug’ilish, vafot etish, tabiiy o’sish, hayotiylik, nikoh qurish, va ajralish koeffitsentlarini
Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N
Tuzuvchi: O.Toshpo’latov
Variant № 50

  1. Korrelyatsion bog’lanish turlari. (juft korrelyatsiya, ko’p o’lchovli korrelyatsiya, to’g’ri bog’lanish, teskari bog’lanish, to’g’ri chiziqli bog’lanish, egri chiziqli bog’lanish)

  2. Aholi turmush darajasi statistikasi (turmush darajasi, yashash minimumi, ehtiyojlar, sof milliy daromad, aholi turmush darajasi indeksi)

  3. Masala: Hisobot oyida korxonar 950520 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqargan. O’rtacha oylik ro’yxatdagi xodimlar soni 24 kishi bo’lib, ular oy mobaynida 4032 kishi/kun ishlagan

Aniqlang: O’rtacha kunlik, o’rtacha oylik mehnat unumdorligini darajalarini.

Kafedra mudiri: prof.Ismanov.I.N


Tuzuvchi: O.Toshpo’latov
Download 334.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling