Statistika” fanidan yozgan Yakuniy nazorat ishi Yakuniy nazorat 11-variant savollar: Savol
Download 1.24 Mb.
|
HBA-60 No’monova Yulduz. Statistika. Yakuniy nazorat. 11-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor qiymati
- 2-Topshiriq. Yechish
Statistikada asosiy fondlarning hajmini o‘rganishda natural va qiymat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Asosiy fondlarni qiymat ko‘rinishda baholashda quyidagi qiymat turlari qo'llaniladi: —to'la boshlang‘ich qiymati; —to'la tiklash qiymati; — eskirishni hisobga olgan holdagi boshlang'ich (tiklash) qiymati; —balansdagi qiymati; —bozor qiymati; —yo‘qotishdagi qiymati. Asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati deganda ularni sotib olish, tashib keltirish va o‘rnatish uchun ketgan xarajatlarning yig‘indisi tushuniladi. Demak, to‘la boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni foydalanishga topshirish momentidagi qiymati bo‘lib, u eng asosiy baholash turi hisoblanadi. Undan foydalanib asosiy fondlarning hajmi, tarkibi, takror ishlab chiqarish va mehnatni texnika bilan qurollanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shuningdek to‘la boshlang‘ich qiymat amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi. Biroq, har bir aniq momentda asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisoblanganligi uchun ularning umumiy hajmiga fizik hajm va baho o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu to‘la boshlang‘ich qiymat bo'yicha hisoblangan asosiy fondlarning juz’iy kamchiligidir. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholab turish taqozo qilinadi va buning natijasida to’la tiklash qiymati aniqlanadi. Asosiy fondlarning to‘la tiklash qiymati — ularning hozirgi davr sharoitlarida takror ishlab chiqarish qiymatidir. Tiklash qiymati odatda asosiy fondlarni qayta baholash jarayonida aniqlanadi. Qayta baholash bilan bir qatorda asosiy fondlarning eskirish summalari ham aniqlanadi. Asosiy fondlar o‘z qiymatlarini doimiy ravishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga o ‘tkazib turganligi sababli boshlang‘ich va tiklash qiymatlarining eskirishi hisobiga olingan holdagi qiymatlari ham aniqlanadi. Buning uchun to’liq qiymatdan eskirish summasi ayriladi. Balansdagi qiymat — obyektlarni qayta baholash natijasida olinadi va asosiy fondlar shu bahoda korxonalar balansiga o’tkaziladi. Balansdagi qiymat - aralash baholash: ba’zi obyektlar uchun — tiklashdagi qiymat, bosh birlamchi qiymat bo’lishi ham mumkin. Bozor qiymati — obyektlarni joriy davrda bozorda sotilishi mumkin bo’lgan qiymatini ifodalaydi. Asosiy fondlar uzoq vaqt xizmat qilishi natijasida payti kelib butunlay yaroqsiz holga kelishi yoki ulardan kegusida foydalanish iqtisodiy samara bermasligi (ma’naviy eskirishi) mumkin. Bunday paytlarda asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi. Ularni temir-tersak sifatida metallomga topshirish, agar binolar bo’lsa, ularning buzilishi natijasida turli xil qurilish materiallari (yog‘och, g’isht va boshqa) hosil bo’lishi mumkin. Korxonalarda, albatta, temir- tersak va qurilish materiallari turli ehtiyojlar uchun foydalanishi yoki chetga sotib yuborilishi mumkin va bu mablag’lar korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushadi. Bu esa, o‘z navbatida, yo‘qotish qiymatida aks ettiriladi. 2-Topshiriq. Yechish:
Xulosa: Shuni xulosa qilishimiz mumkunki, joriy davr o’tgan davrga nisbatan ijobiy tomonga o’zgargan. Faqatgina faol asosiy kapital qiymatida 1,03% ga pasayish kuzatilgan. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling