Statistika hisoboti


- bobning 901-906 - satrlarida


Download 0.85 Mb.
bet24/37
Sana15.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1199416
TuriОтчет
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
6).1 invest (asosiy)

9 - bobning 901-906 - satrlarida yotoqxonalar, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar uylarining yotoq korpuslari, kirish joylari, ayvonlar, kvartira oldi ochiq ayvonlardan tashqari turar joylarni foydalanishga topshirish bo‘yicha ma’lumotlar aks ettiriladi. 902-906 - satrlar ma’lumotlarining yig‘indisi 901-satrning tegishli ma’lumotlariga teng bo‘lishi lozim.
10- bobda devor materialiga bog‘liq holda qo‘shimcha qurilishsiz va turar joylarsiz noturar joydan qayta qurilgan turar joylarning va yotoqxonalarning kvadrat metrdagi umumiy maydoni soni va amaldagi qiymati joriy narxlarda ko‘rsatiladi. 1002-1007 - satrlar ma’lumotlarining yig‘indisi 1001 - satrning tegishli ma‘lumotlariga teng bo‘lishi lozim.
1008-1020 satrlarda yangi qurilish bo‘yicha hamma turar joylar va yotoqxonalarning qavatliligi bo‘yicha bo‘lingan umumiy maydon keltiriladi. 2,5,7 –ustunlarda 1008-1020 - satrlar yig‘indisi tegishli 1001 - satr ma’lumotlariga teng bo‘lishi kerak.
11- bobda 8- bobda aks ettirilmagan hisobot yilida ishga tushirilgan obyektlar va qurilishlar bo‘yicha ma‘lumotlar keltiriladi: Ulardan: davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi davlat ehtiyoji uchun korxonalar va obyektlar; butlovchi import asbob-uskunalar negizida amalga oshiriladigan barcha obyektlar; oziq ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha korxona va obyektlar, shuningdek yarim tayyor mahsulotlar, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun kerakli qismlar, detallar va butlovchi buyumlar: elektr maishiy asboblar, tikuv va trikotaj buyumlari, gazlamalar, televizorlar, magnitofonlar, sovutgichlar va boshqalar; umumtovar omborlari, kartoshka, meva va sabzavotlar uchun omborlarni qo‘shgan holda, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, hamda mayda chakana savdo tarmoqlarini qo‘shgan holda boshqa savdo obyektlari.
A ustunida qurilishlar, obyektlar, ishga tushirish majmualari, quvvatlar nomi loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq aniq yoziladi. G ustunida qabul komissiyasi aktiga muvofiq ishga tushirilayotgan obyektning (quvvatning) o‘lchov birligi ko‘rsatiladi. Agar faoliyat ko‘rsatayotgan korxonani kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda uni texnik qayta jihozlash yoki bir yo‘la kengaytirish bilan ayrim sexlarini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilsa, u holda kengaytirish, rekonstruksiya qilish, qayta jihozlash bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ma ravishda emas, balki alohida ko‘rsatiladi.
12- bobning 1-ustunida ishga tushirilgan binolar soni to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Fuqarolik ahamiyatiga ega bo‘lgan turar joy obyektlarini, sektsiyalar bo‘yicha foydalanishga topshirish hollarida esa, binolar soni ob’ekt qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilgandan so‘ng qo‘yiladi. Mavjud obyektlarga tashqi qurilmalar alohida bino sifatida faqat shunday hollarda hisobga olinadiki, agar ular umumiy obyekt (bino)dan farqli funksiyaga mo‘ljallangan bo‘lsa. Issiqlik qozonxonalarining alohida turgan binolari, shuningdek hovlidagi imoratlar (omborxonalar, garajlar) mustaqil obyektlar hisoblanadilar. Qo‘shib qurilgan binolar va do‘kon, oshxona, sartaroshxona, atelye va hokazolarga mo‘ljallangan binolar, boshqa maqsadda qurilgan bo‘lsalarda, asosiy bino tarkibiga kiradilar. Agar binolar bir-biriga yopishgan va umumiy devorga ega bo‘lsa, ammo ularning har biri mustaqil konstruksiyaga ega bo‘lsa, ular alohida binolar deb hisoblanadi va mos ravishda hisobga olinadi.
1202 - satrda foydalanish maqsadiga qarab noturar joy binolarini ishga tushirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 1203 – 1208 satr ma’lumotlari yig‘indisi 1202- satr ma’lumotlariga teng bo‘lishi kerak.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling