Statistika hisoboti


Download 0.85 Mb.
bet22/37
Sana15.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1199416
TuriОтчет
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
6).1 invest (asosiy)

8- bobda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmiga qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga topshirish va qurilishi davom etayotgan (shu jumladan, pudrat shartnomasi bo‘yicha “foydalanishga tayyor holda topshiriladigan” obyektlar), shuningdek qurilishi belgilangan tartibda to‘xtatilgan, konservatsiyaga berilgan yoki umuman tugatilgan obyektlar bo‘yicha qurilishning shartnomaviy qiymatiga muvofiq joriy narxlardagi harajatlar kiradi.
Turar joy (uy)larga uy-joylar va doimiy turdagi yotoqxonalar, nogironlar uchun internat uylar, yolg‘iz qolgan qariyalar va bolalar uylari kiradi. Turar joy (uy)lar hisobiga fuqorolarning yashash muddatidan qat‘iy nazar mavsumiy yoki vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan binolar kirmaydi.
Quyida keltirilgan nomenklaturaga muvofiq, 101- satrga turar joy uylari va yotoqxonalar, ularga tegishli bo‘lgan nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qolgan qariyalar, bolalar uyi, mehribonlik uyi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi.
815-satrning 1-ustunida ishga tushirilgan xonadonlar va yotoqxonalarning umumiy maydoni ko‘rsatiladi. Xonadonlar umumiy maydoni ularning xonalari, omborlari, o‘rnatilgan shkaflari, shuningdek yozgi xonalar va sovuq omborlari, peshayvonlari, bolxona va ayvonlari maydonlari yig‘indisi hisoblangan pasaytiruvchi koeffitsiyent orqali aniqlanadi. Yordamchi qo‘shimcha va jamoat xonalariga kutish xonalari, vestibyul, shaxsiy buyumlar, sport va xo‘jalik anjomlari saqlanadigan omborlar, oshxona, bufet, dam olish, madaniy-ommaviy tadbirlar, maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari kiradi.
Turar joylar qurilishi bo‘yicha ko‘rsatkichlarga (qo‘llanilgan investitsiyalar, natura shaklida ishga tushirish) tashkilotlar tomonidan qurib bitirilgan va qurilayotgan, asosiy fondlarga kiritilgan va kiritilishi mo‘ljallangan turar joy binolari ko‘rsatiladi.
Uy–joy qurilish bo‘yicha ishga tushirilayotgan asosiy fondlar, investitsiyalar va qurilish–montaj ishlari tarkibiga savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan hamda turar joy binolariga qo‘shimcha va yonbosh qurilgan noturar joy binolari qiymati kiradi (bu kabi tashkilotlar uchun maxsus ta’mir, uskunalar va ularning montaj qiymati bundan mustasno). Bu noturar joy binolarining umumiy maydoni ishga tushirilayotgan binoning umumiy maydoniga kiritilmaydi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling