STATISTIKA JADVALLARI VA GRAFIKLARI
Maqsad:
Statistika
jadvallari, statistik grafiklar turlarini va uning
qo’llanilishini, ahamiyatini talabalarga yetkazish.
Zarur adabiyotlar va
jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi,
2002 yil 26 dekabr.
2. Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 40-58 betlar.,
Noutbuk va tarqatma materiallar
3.
http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
Ishning mazmuni:
4.1. Statistika jadvallari 4.2. Statistikada grafiklar 4.3. Statistik grafiklar turlari
Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni
tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi.
Tashqi ko’rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan
iborat bo’lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar
qatorlar, vertikal – ustunlar
deyiladi.
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni
maketi deyiladi
(4.1-sxema).
Statistik jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruhiy (gruppali);
kombinatsion
jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan; kesim kombinatsiya
ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo’yicha: informatsiya tavsifli; analitik; tipologik;
maxsus tayinlangan (balans, matritsa va h.k.) jadvallarga bo’linadi (4.2-sxema).
Oddiy jadvallar deyilganda egasi faqat hodisalar, yillar, ob’ektlar ro’yxatidan
tashkil
topgan jadvallarga aytiladi.
Oddiy jadvallar, ma’lumotlarni
berilishiga qarab sanoqli, territorial va xronologik
jadvallarga bo’linadi. Jadval egasida hodisalar sanog’i berilishi mumkin.
4.1 – jadval. Tuman oziq-ovqat do’konlarida
sotilgan mahsulotlar hajmi