Statistika jadvallari va grafiklari maqsad


Download 99.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana22.11.2023
Hajmi99.1 Kb.
#1793835
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 мавз STATISTIKA JADVALLARI VA GRAFIKLARI

4.2. Statistikada grafiklar 
 
 
 
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri hisoblanadi. Ingliz 
iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas (Kommercheskiy i 
politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo’lib statistik ma’lumotlarni grafiklarda 
tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir.
Grafiklar o’quvchining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda 
saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko’rish va tushunish qiyin bo’lgan ayrim 
qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o’rin egallaydi. O’quvchi uchun grafik 
tasvir orqali statistik ko’rsatkichlarni tushunish va o’rganish statistik jadvallardan ko’ra 
ancha qulaydir: miqdoriy ko’rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo’ladi; 
statistik kuzatuv natijalari tezroq va osonroq tushuniladi hamda umumlashtiriladi; hodisa 
va jaryonlarning o’zaro bog’liqligi va ularni vaqt bo’yicha o’zgarishi yaqqol ko’rinib 
turadi; statistik-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko’rish va 
tekshirish imkoniyati tug’iladi.
Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va 
boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir.
Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. 
Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini, shuningdek 
boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud 
qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni 
bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik 
maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin.
Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar 
to’plamidan iborat geometrik belgilardir.
Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan 
maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni 
kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi.

Download 99.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling