Statistika” kafedrasi


Tijorat banki faoliyatining asosiy statistik ko'rsatkichlari


Download 443 Kb.
bet2/9
Sana14.05.2023
Hajmi443 Kb.
#1462336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dilnoza Kurs ishi tijorat banklari

2. Tijorat banki faoliyatining asosiy statistik ko'rsatkichlari
Bankning o’z mablag’lari uning faoliyatining asosini tashkil qiladi, chunki ular jalb qilayotgan depozitlar, ya’ni real kredit resurslari hajmini pirovard natijada aktiv operatsiyalar hajmini belgilab beradi. Bankning o’z mablag’lari tijorat banklarining faoliyatini boshqaruvchi va ular ustidan nazoratni amalga oshiruvchi Markaziy bank uchun muhim ma’lumot manbayi hisoblanadi. Bankning o’z mablag’lariga ustav fond (kapital), zaxira fondi va bank foydasi hisobiga tashkil topadigan bank fondlari hamda yil davomida taqsimlanmagan foyda kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o’z mablag’lariga to’g’ri keladi. Bankning o’z mablag’lari ichida asosiy o’rinni ustav kapitali egallaydi. Bankning ustav kapitali – bank ishini tashkil qilishning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Markaziy bankning me’yoriy talablariga muvofiq bank kapitali asosiy (birinchi darajali kapital) va qo’shimcha (ikkinchi darajali) kapitaldan iborat. Tartibga solish funksiyasini asosan, birinchi darajali kapital bajaradi, chunki u asosan aksiyadorlar ulushidan tashkil topadi. Bank kapitali uning faoliyat yuritish chegaralarini belgilab beradi, investorlar hamda aksiyadorlar va qolaversa, bankning o’zi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan moliyaviy barqarorlik darajasini ko’rsatib beradi. Bankning tashkil topish shakliga qarab, ustav kapitalining shakllantirilishi turlicha bo’ladi. Agar bank aksionerlik jamiyati ko’rinishida shakllanayotgan bo’lsa, ustav fondi aksiyalarining nominal qiymati ko’rinishida tashkil topadi. Bunda aksiyalar ochiq obuna qilish yo’li bilan yoki ta’sischilarning ustav fondidagi ulushlariga qarab tarqatilishi mumkin. Agar bank ma’suliyati cheklangan jamiyat ko’rinishida tuzilgan bo’lsa, ustav fondi ulushlarga bo’lingan holda bo’ladi. Ularning hajmi ta’sis hujjatlari bilan aniqlanadi. Bunda bank ishtirokchilari o’zlarining ulushlari me’yori chegarasida majburiyatlarni o’z zimmalariga oladilar. Bankning tashkiliy-huquqiy shakliga qaramay, uning ustav fondi yuridik va jismoniy shaxslarning to’lovlari orqali shakllanadi va ta’sischilarning majburiyatlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ustav fondi faqat bank ishtirokchilarining xususiy mablag’lari hisobiga tashkil topishi mumkin. Jalb qilingan kredit, garovga olingan mablag’lar, boshqa yo’llar bilan jalb qilingan mablag’lar hisobidan bankning ustav fondini shakllantirishga yo’l qo’yilmaydi. Bankning ustav fondi faqat pul mablag’lari va moddiy aktivlar hisobiga tashkil topishi mumkin. Respublika byudjeti mablag’lari, davlat nobyudjet fondlari mablag’lari va O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv va mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoridagi bo’sh pul mablag’lari va boshqa obyektlar banklarning ustav kapitali shakllanishida qatnashmaydi. Qonunda ko’rsatilgan holatlarda bank ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag’laridan foydalanish mumkin. Agar aksiyadorlar ustav kapitalini shakllantirishda qarz mablag’idan foydalansa, ustav fondiga qo’shilgan mablag’ aksiyadorga qaytarib beriladi va aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka qaytariladi. Tashkil etilayotgan bank kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Markaziy bank faoliyat shartlari, biznesrejada ko’rsatilgan operatsiyalar turi va hajmiga qarab, bank ustav kapitali miqdoriga qo’shimcha talablar qo’yish mumkin. Ustav fondining minimal miqdori bankning barqaror faoliyatini ta’minlash uchun o’rnatiladi. Tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini belgilashda quyidagi asosiy talablarga rioya qilinadi:
- Markaziy bank belgilagan ustav kapitalining eng kam miqdori yuzasidan talablarga muvofiqligi;
- ko’zda tutilayotgan o’sishni qollab-quvvatlash darajasi;
- ko’zda tutilayotgan daromadlar va asosiy foizlar darajasi;
- muassislarning zarur hollarda qo’shimcha kapitallar kirita olish qobiliyati v.b.
Faoliyat ko’rsatayotgan banklar ustav kapitaliga talablar iqtisodiy ahvol va bankning moliyaviy holatidan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Bank ustav kapitali miqdorining o’zgarishi va o’zgarishni ro’yxatga olish tartibi Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi. Banklarni ustav kapitalining minimal miqdori banklarni har xil risklardan saqlash maqsadida belgilanadi. Chunki bank ustav fondi qancha katta bo’lsa, uning resurslari ham ko’p bo’ladi. Bankning tashkiliy shakliga qarab, ustav kapitali oshishi mumkin. Aksionerlik jamiyati ko’rinishidagi tijorat banklar o’z ustav kapitalini oshirishlari uchun qo’shimcha miqdorda aksiyalar chiqarishlari va ularni yuridik va jismoniy shaxslar orasida tarqatishi mumkin. Qo’shimcha mablag’larni jalb qilishda bu banklarga o’z qarz majburiyatlari, ya’ni obligatsiyalar chiqarish huquqi berilgan. Obligatsiyalar barcha aksiyalar to’la to’lanib bo’lgach, ustav fondining 20 dan oshmaydigan qiymati hajmida chiqarilishi mumkin. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ko’rinishida tashkil topgan banklar o’zlarining ustav kapitallarini yoki qo’shimcha ishtirokchilarning ulushini oshirish orqali ko’paytirishlari mumkin. Har yili har bir bank aksioneri (ishtirokchisi) o’zining ustav kapitalidagi ulushiga mos ravishda bank foydasining bir qismini dividend ko’rinishida oladi. Dividendlar hajmi va uni hisoblash tartibi aksiya turi (oddiy yoki imtiyozli aksiyalar) va chiqarilishi shartlariga bog’liq bo’ladi Aktiv operatsiyalar natijasida tijorat banklari har xil foizlarda ularning risk darajasiga qarab ajratib boradilar. Zaxira fondi foydadan ajratmalar hisobiga shakllanadi. Zaxira fond bilan bir qatorda tijorat banklarida ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondlari ham foyda hisobidan tashkil topishimumkin. Ularni shakllantirish va ishlatish tartibi tijorat hisob-kitoblari to’g’risidagi bank yo’riqnomalarida belgilanadi. Bankning mijozlari oldidagi majburiyatlarini ta’minlash bank mablag’larining asosiy funksiyasi hisoblanadi. Ularga o’z majburiyatlari bo’yicha javobgarlikni ta’minlovchi kattalik sifatida qaralishi mumkin. Bankning o’z resurslari miqdori uning faoliyat ko’lamiga bog’liq. Bankning o’z mablag’lari uning moddiy bazasini rivojlantirish manbayi bo’lib xizmat qiladi. Bank amaliyotida o’z kapitalining netto va brutto turlari farqlanadi. Bankning o’z kapitali “brutto” bankning barcha fondlari va balans bo’yicha taqsimlanmagan foydasi yig’indisiga teng. Bankning o’z kapitali “netto” bu kapital bruttodan, o’z mablag’laridan kapital xarajatlarning oshgan qismini, yo’l qo’yilgan va potensial zararlar, sotib olingan xususiy aksiyalar va muddati 30 kundan ortiq bo’lgan debitor qarzlarni chegirib tashlangandan qolgan summaga teng. Shunday qilib, kapital “netto” naqd mavjud bo’lgan bank kapitalini o’zida aks ettiradi. Tijorat bankining o’z kapitali miqdori ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi. Bu omillar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin. Birinchidan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunga muvofiq, bankning o’z kapitali hajmi uning aktiv operatsiyalarining chegaraviy hajmini belgilab beradi. Shuning uchun mijozlarga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan bank (misol uchun, tarmoq banki) belgilangan normativlarga rioya qilgan holda, o’z doimiy mijozlarining qarz mablag’lariga bo’lgan talablarini qondirishi lozim. Ikkinchidan, bank uchun zarur bo’lgan o’z kapitali miqdorining oziga xos xususiyatlari mavjud. Mayda, lekin son jihatdan ko’pchilikni yirik kredit oluvchi korxonalarni tashkil qiluvchi bankda o’z mablag’lari nisbatan ko’p miqdorda kerak bo’ladi. Chunki yirik mijozlarga xizmat qiluvchi banklarda kreditning qaytarilmaslik riski katta bo’ladi. Uchinchidan, tijorat bankining o’z kapitali miqdori, uning aktiv operatsiyalari xarakteriga bog’liq bo’ladi. Bank olib borayotgan operatsiyalari katta risklar bilan bog’liq bo’lishi, o’z mablag’larining nisbatan ko’p bo’lishini taqozo etadi. Bu hol, xususan, innovatsion banklarga tegishlidir. Agar bankning kredit portfelida minimum riskli ssudalar ko’pchilikni tashkil qilsa, bankning mablag’lari nisbatan kam bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bankning aktiv operatsiyalari xarakteriga qarab, bank kapitali va uning turli darajadagi riskli aktivlari o’rtasidagi normativlarni belgilab beradi.
Bank o’z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib o’tish kerakki, bank nazariyasida bank o’z mablag’i va o’z kapitali tushunchalari farq qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan «O’z mablag’i» tushunchasi keng ma’noga ega bo’lib, u bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan barcha passivlarni (bankning ustav, zaxira va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi zaxiralarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) o’z ichiga oladi. Bankning o’z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga qaratilgan, maxsus tashkil qilinadigan fond va zaxiralarni tushunimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, zaxira kapitali, ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o’tgan va joriy yilda taqsimlanmagan foydasi, turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan zaxiralar kiradi va u bank faoliyatida muhim funksiyalarni bajaradi. Bankning o’z kapitali – hisob-kitob yo’li bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy ma’nosiga ko’ra bank kapitali funksiyalarini bajaradigan o’zlik mablag’larni ichiga oladi. Bankning o’z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag’laridan farqli o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o’z kapitali aylanma mablag’larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizni tashkil qiladi. Bank kapitaliga bankning o’z mablag’larining asosiy elementlari kiradi, ya’ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank faoliyatini ta’minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan zaxiralar kiradi. Ular quyidagi shartlarga javob berishi kerak.
- bank faoliyatining barqarorligi;
- kreditor huquqlari bo’yicha subordinatsiyalanganlik;
- qayd qilib yozilgan daromadlarning yo’qligi.
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori xalqaro Bazel qo’mitasining talablariga ko’ra asosiy (birinchi darajali) va qo’shimcha (ikkinchi darajali) kapitaldan iborat bo’lib, u regulyativ kapital deb ham yuritiladi. Regulyativ kapital – bank faoliyatini boshqarish va iqtisodiy me’yorlar hisob-kitobini o’tkazish maqsadida hisoblash yo’li bilan aniqlanadigan bank kapitalidir. O’zbekiston Respublikasi banklari faoliyatida ham regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitaldan tashkil topgan. Amaliyotda I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizini yoki undan ortig’ini tashkil etishi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdoridan oshib ketsa, kapitalning oshib ketgan qismi kapital hisobiga olinmaydi yoki kiritilmaydi. I darajali kapital (regulyativ kapitalni 60 % dan kam bo’lmagan qismi) tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) to’liq to’langan va muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalar;
b) nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas. Egasining xohishiga ko’ra sotib olinishi mumkin emas. Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to’lanmasligi mumkin. Ular bo’yicha o’tgan davrdagi olinmagan (nokumulyativ) dividendlar to’lanmaydi;
d) qo’shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) — oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;
e) taqsimlanmagan foyda: kapital zaxiralar; avvalgi yillar taqsimlanmagan foydasi; joriy yil zararlari;
f) devalvatsiya zahirasi;
g) ozchilik aksiya egalarining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisob varaqlaridagi ulushi v.b.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
b) xatarni hisobga olgan holda, aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zaxira;
d) hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali tavsiflarini o’z ichiga olgan vositalar).
I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:
- to’liq to’langan bo’lishi kerak;
- garov bilan ta’minlanmagan;
- bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari qondirilganidan so’ng qondirilishi;
- aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank ruxsatisiz to’lanishi mumkin emas;
- bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermasligi;
- agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bolsa, emitent xohishiga ko’ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar (foizlar) to’lash to’g’risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to’lash muddati kechiktirilishi mumkinligi;
e) subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash muddati etib kelgunga qadar, oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim: garov ta’minotiga ega bo’lmaslik; bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitorlar talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi; boshlang’ich to’lov muddati 5 yildan ortiq bo’lishi; bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bo’lgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya uchun zaxiralar. Kapitaldan chegirmalar kapital yetarliligi koeffitsiyentlari hisoblanguncha amalga oshirilishi kerak. I darajali kapitaldan chegirmalar nomoddiy aktivlar, shu jumladan, Gudvillni o’z ichiga oladi. “Gudvill” – xaridor tomonidan bank sotib olinayotganda, uning sof aktivlari qiymatidan yuqori to’lanadigan summa sifatida ta’riflanadi (barcha aktivlarning bozor narxi va barcha majburiyatlarning bozor narxi o’rtasidagi farq gudvillni tashkil qiladi.). Regulyativ kapitaldan chegirmalar quyidagilardan iborat: birlashmagan nobank shu’ba moliya korxonalari kapitaliga investitsiyalar, jumladan, bunday korxonalar kapitalini tashkil qiluvchi ularning har qanday aksiyalari va qarz majburiyatlari; birlashmagan nobank nomoliyaviy korxonalar kapitaliga investitsiyalar, jumladan, bunday korxonalar kapitalini tashkil etuvchi har qanday qimmatli qog’ozlar va qarz majburiyatlari; birlashmagan banklar kapitalining har qanday vositalariga investitsiyalar. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo’ladi va u ko’zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog’ozlar kursining tushishi natijasidagi yo’qotishlarni qoplash uchun mo’ljallangan. Shuningdek, “Kapital zaxiralar” tushunchasi – soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng sof foyda hisobiga shakllangan zaxiralarni anglatadi. Zaxiralardan bank faoliyatida vujudga keladigan turli zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi. Kapital yetarliligini hisoblashda, shuningdek, “Umumiy zaxiralar” tushunchasi ham ishlatiladi va u bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi (kreditlash, investitsiyalash) natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash (masalan, yaxshi kreditlarbo’yicha zarar korib qolinsa) uchun, lekin ayrim muayyan operatsiyalar bo’yicha zararlarni qoplashga moljallanmagan zaxiralar hisoblanadi. “Maxsus zaxiralar”, «Substandart», «qoniqarsiz», «Shubhali» va «Umidsiz» deb tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun zaxira tashkil qilinadi. Taqsimlanmagan foyda. Taqsimlanmagan foyda – rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar to’langanidan so’ng qoladigan foydaning bir qismidir. Bu hisob varagi bankning butun faoliyati davomida olgan foydasining taqsimlanmagan qismi hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. O’z ichiga yillik, sof foyda; boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholanganda qo’shimcha qiymat. Hisob raqamlarni oladi. Agar bank moliyaviy hisobot yakunlariga ko’ra foyda bilan chiqsa, ushbu hisob raqam kredit qoldiq bilan yopiladi. Boshlang’ich qiymatga nisbatan qayta baholangandan qo’shimcha qiymat hisob varag’i inflyatsiya natijasida bank asosiy vositalari qiymati qayta baholanganda, ularning boshlang’ich va bozor qiymatlar o’rtasidagi ijobiy farq, ya’ni boshlang’ich bahosiga nisbatan qoshimcha qiymatining summasi aks ettiriladi.

jadval


Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling