Statistika” kafedrasi


Download 443 Kb.
bet1/9
Sana14.05.2023
Hajmi443 Kb.
#1462336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dilnoza Kurs ishi tijorat banklari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

“Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti






“Statistika” kafedrasi



Ro’yhatga olindi № __________




Ro’yhatga olindi № __________

“______” ___________2022 y.




“______” ___________2022 y.

STATISTIKA” KAFEDRASI


MOLIYA STATISTIKASI ” fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Bank faoliyatini iqtisodiy-statistik o`rganilishi


Bajardi: ST 52 – guruh talabasi Sadullayeva Dilnoza
Tekshirdi:



Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.






Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2022 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2022 y.

Baho “_____” _________



___________


(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________

__________________


__________________







TOSHKENT – 2022
MUNDARIJA

Kirish_________________________________________________________ 3


1. Tijorat banklarining funksiyalari va tamoyillari______________________ 5
2. Tijorat banki faoliyatining asosiy statistik ko'rsatkichlari _____________ 10
3. Tijorat banklarining aktivlari, ularning tarkibi va sifati statistikasi______ 17
4. Tijorat banklarining, daromadlari xarajatlari va foydasi statistikasi_____ 24
5. Tijorat banklarining to'lovga layoqatliligi va likvidliligi_____________ 32
6. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq aktiv va passiv operatsiyalarini statistik o`rganish_______________________________________ 35
Xulosa_______________________________________________________ 43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR_____________________________ 45
KIRISH

Barchamizga ma'lumki, har bir davlatning jahon hamjamiyatida tutgan o'rni va nufuzi bevosita uning iqtisodiy va siyosiy kuchiga bog'liqdir. Mamlakat taraqqiyoti, uning rivojlanishi, butun dunyoda o'z so'zi va o'z qarashlariga ega bo'lishi ham aynan shu davlatning ham iqtisodiy ham ma'naviy kuchiga chambarchas bog'liqdir. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy bo'g'inini esa uning bank va moliya tizimi tashkil etadi. Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Binobarin, banklarning iqtisodiyotda tutgan roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‘lgan, muhim operatsiyalarni bajaradi. Shu boisdan ham, banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida va yetakchi ahamiyat kasb etadi. Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:


1. Jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;
2. Qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;
3. Milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
4. Pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
5. Iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
6. Bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
7. Aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
8. Vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.

Barchamizga a'yonki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarining asosiy maqsadi albatta , jamiyatdan iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.


Ana shunday jarayonda ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo‘jalik subyektlariga qayta taqsimlab beradi.
Ko'rinib turibdiki, ushbu munosabatlarni bankdan boshqa birorta moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o‘ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik subyektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi. Shu sababli ham banklar iqtisodiyotimizning yetakchi va asosiy bo'g'ini hisoblanadi.
Tijorat banklarining funksiyalari va faoliyati tamoyillari

Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo’lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:


-vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish;
- korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
- iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish;
- moliya-valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish;
- iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.
Banklar bo’sh pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo’sh pul daromadlari va jamg’armalarini yig’adi. Jamg’aruvchi (bo’sh pul mablag’egasi) o’z mablag’larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag’lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo’sh pul mablag’lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi. Bo’sh turgan mablag’larni jalb etish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasi tijorat bankining asosiy funksiyalardan hisoblanib, bu funksiya yordamida tijorat banklarining resurslari shakllantiriladi. Jalb etilgan mablag’lardan olinadigan daromad qarz mablag’lariga bo’lgan talab va taklif asosida shakllanadi. Tijorat banklarining yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash funksiyasi banklarning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, yalpi ichki mahsulot hajmining o’sib borishida muhim o’rin tutadi. Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti sharoitida subyektlar faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag’lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo’lishi mumkin, ammo buning natijasida mablag’larni yo’qotish bilan bog’liq risk darajasi oshadi va mablag’larni o’z vaqtida qaytarib berishda muammolar yuzaga keladi. Buning sababi kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag’larga bo’lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va vaqt miqyosida mos kelmasligididadir. Tijorat banklari vositachi sifatida mablag’larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o’z aktivlarini keng diversifikatsiya qilish orqali omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin. Jamgarma mablag’larni shakllantirishda tijorat banklari depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo’yishda mijoz bankning xavfsizligi bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi va bu bilan u bankning moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin. Mijozlarga kredit berish va o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag’ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olishda Markaziy bankka murojaat qilishi mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari ularning o’zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pulkredit siyosatining bosh yo’nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo’lishi lozim. Banklarning keyingi funksiyasi mustaqil subyektlararo to’lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to’lovlar faqatgina davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarning bunday tizimida to’lovlarni amalga oshirishda davlat o’zi kafil bo’lgan. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisobkitob tizimini takomillashtirdi va banklar o’z zimmalariga oladigan risk darajasini oshirdi. Bunday sharoitda tijorat banklari, mijozlar hisobkitoblar bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishilishi bo’yicha mas’uldir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklari iqtisodiyotning to’lov mexanizmida yetakchi o’rin tutadi. Undan tashqari tijorat banklari moliya-valyuta bozorida faoliyat ko’rsatishi, yani qimmatli qog’ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug’ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish va boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanishi mumkin, biz keyingi paragraflarda bular haqida keng to’xtalamiz. Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
- passiv operatsiyalar;
- aktiv operatsiyalar;
- bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
Bankning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar. Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko’rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning quyidagi asosiy tamoyillarida o’z ifodasini topadi:
1.Tijorat banklarining kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili;
2.Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatish;
3.Bank faoliyatining to’la iqtisodiy mustaqilligi;
4.Banklar faoliyatining tijorat tavsifi;
5.Mijozlar manfaatini himoya qilish;
6.Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo’yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo’yilgan mablag’lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag’lardan unumli foydalanishga asos yaratadi.
Tijorat bankining ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri haqiqatda mavjud bo’lgan mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to’lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko’rsatish va vakillik hisob varag’ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag’lar chegarasida faoliyat ko’rsatishi deganda, bankning nafaqat o’z resurs va kredit qo’yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag’lari o’rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda, avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank mablag’larni qisqa muddatga jalb etgan bo’lsa va bu mablag’larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog’liq bo’lishi, bu esa, o’z navbatida, bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bank aktivida risk darajasi yuqori bo’lgan ssudalar miqdorining ko’payishi, bankning resurslari hajmida o’z mablag’lar hissasining oshirilishini taqozo qiladi. Shunga ko’ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy normativlarni aniqlashda bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo’lishini inobatga olish lozim. Bank qonun doirasida o’z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi mumkin, lekin uning aktiv operatsiyalari hajmini ma’muriy taqiqlov usullari bilan chegaralash mumkin emas. Ma’muriy cheklovlar bir martalik va favqulodda hollarda qo’llanilishi mumkin. Bu cheklovlarni doimiy tarzda qo’llash bankning tijorat asoslarining buzilishiga olib keladi. Shunga ko’ra, banklar faoliyatini tartibga solish uchun iqtisodiy me’yorlardan keng foydalaniladi. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozitlar jalb qilishga bo’lgan qiziqishini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo’yicha raqobat muhiti yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Undan tashqari jalb etilgan va qo’yilgan mablag’larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag’lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarining likvidligini oshirishga yordam beradi.
Uchinchi tamoyil bankning to’la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o’z va jalb etilgan mablag’lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o’ zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o’rnatishi va o’zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko’zda tutiladi. Banklar faoliyati to’g’risidagi amaldagi huquqiy me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o’z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin. Tijorat bankining soliq to’lagandan keyingi qolgan foydasi aksionerlarning umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksionerlarning umumiy yig’ilishi bankning har turligi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, aksiyalarga to’g’ri keluvchi dividend summasini belgilaydi. Majburiyatlari bo’yicha tijorat banki o’z mablag’lari va mol-mulki bilan javob beradi. Tijorat banki o’tkazadigan operatsiyalarning riskini o’z zimmasiga oladi. Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari yotadi, ya’ni bank ssuda berayotgan bozor mezonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan holda beradi. Tijorat banki faoliyatini olib borishning to’rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo’lib, bunda banklarning tijorat obyekti vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari hisoblanadi. Bu pul mablag’lari bankka tegishli bo’lmagan bo’lsada, faoliyati davomida bank ularni o’z nomidan joylashtiradi. Bank tijorati kam investitsiya qilib ko’proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo’lishi kerak. Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji boricha ko’p daromad olishni mo’ljallaydi. Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog’liq faoliyat ko’rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo’lsa va xavfsizligi yuqori bo’lsa, bankning daromadi ham shuncha ko’p bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o’zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. Qisqacha qilib aytganda, bank faoliyati “hamma narsa mijoz uchun” degan tamoyilga asoslangan bo’lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to’laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda, bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o’zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta’minlashni birinchi oringa qo’yishi lozim. Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili banklar ko’rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo’lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’i nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. Oldingi paragrafda ta’kidlanganidek, banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar bo’lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyadorlarini sotib olishi va aksiyadorlar bo’lishi mumkin. Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag’lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus banklarga bo’linadi. Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo’ladi. Maxsus banklar ma’lum yo’nalishlarga xizmat ko’rsatib, o’z faoliyatini shu yo’nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko’rsatuvchi banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklarini kiritish mumkin. Joylashish belgisiga qarab tijorat banklari: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo’linishi mumkin. Tarmoqlarga xizmat ko’rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo’jalik, savdo va boshqa banklarga bo’linishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta’siri o’sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo’sh pul mablag’larini yig’ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo’jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini kuzatib borishi mumkin. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o’rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o’rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xo’jaligi sohasida qo’shimcha investitsiyaga bo’lgan talablarni moliyalashtirib, banklar iqtisodiyotda progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin.



Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling