#Taqqoslash nisbiy miqdor qanday aniqlanadi? Obyektlararo va hududiy taqqoslash
nisbiy miqdorlari.
Bunda bir nomdagi bir obyektning darajasini ikkinchi bir obyektga bo’lgan nisbatini tavsiflaydigan ko’rsatkichlarga aytiladi
#O‘rtacha miqdorlar deb nimaga aytiladi? Demak, o’rtacha miqdorlar deb, statistikada bir xil tip (toifa)dagi ijtimoiy xodisalarning umumlashtiruvchi miqdorlarning darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlarga aytiladi.
#Dinamika qatorlar deb nimaga aytiladi? . Ijtimoiy xodisalarning vaqt ichida o’zgarishini statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.
#Variasiya ko‘rsatgichi deb niaga aytiladi? Statistikada variasiya ko’rsatkichlari deb o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning birliklari o’rtasidagi tafovutni (farqlanishini), o’zgaruvchanligini tushunamiz.
#Paytli (momentli) qatorlar deb nimaga aytiladi? Momentli (paytli) dinamika qatorlari – bunda biron bir ijtimoiy xodisaning ma’lum bir sanadagi o’lchamini tavsiflovchi raqamiy ko’rsatkichlar qatorlaritushuniladi.
#Davriy qatorlar deb nimaga aytiladi? Davriy (interval) dinamika qatorlari – bunda biron bir ijtimoiy xodisaning ma’lum bir davr (vaqt oralig’i) – bir xafta, bir dekada, bir oyda, bir chorakda, bir yilda va hokazodagi o’lchamni tavsiflovchi raqamiy ko’rsatkichlar qatorlari tushuniladi.
#Oddiy arifmetik o’rtacha formulasi qanday ko’rinishga ega? Oddiy arifmetik o’rtacha miqdorlari o’rtalashtirilayotgan belgi miqdorlari (variantlari) bir yoki bir xil holda takrorlangan paytda qo’llaniladi. Uni aniqlash uchun dastlab o’rtalashtirilayotgan alohida (individual) miqdorlar (x) yig’indisi () aniqlanadi, so’ngra olingan natija ularning soni (n) ga bo’linadi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
(1)
#O’rtacha xronologik formulasi qanday ko’rinishga ega? O’rtacha xronologik formulasi Masalan, olti ishchining bir oylik ish haqi quyidagicha bo’lsin: 28000, 28600, 29200, 29400, 29800, 30100.
U holda:
Do'stlaringiz bilan baham: |