Statistikaning predmeti, metodi va vazifalari


statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif); • statistika


Download 62.94 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi62.94 Kb.
#1588300
1   2   3   4
Bog'liq
Sтatistika fanining predmeti,metodi va vazifalari.

statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif);
  • statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;
  • statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.
  • Har qanday mustaqil fanning mazmuni, uning ob’ekti, ya’ni nimani o’rganishi va qaysi usulda o’rganishi bilan aniqlanadi. Statistika mustaqilijtimoiy fan bo’lib, o’zining xususiy predmetiga ega.
    • Statistika o’rganish ob’ekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. Statistika fani ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini, ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda o’rganadi. Butun borliq, ya’ni moddiy dunyodagi tabiiy va ijtimoiy hodisalarning barchasi statistikaning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
    • Statistika ayrim hodisalar bilan shug’ullanmasdan balki ommaviy hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan chambarchas bog’langanholga tahlil qiladi.
    • Statistika predmeti deganda statistika o’rganadigan ob’ekt, uning jihatlari va rivojlanish qonuniyatlari, statistik fikrlash, tushuntirish mazmunini tashkil etuvchi voqealar, ularning mohiyatidan kelib chiqadigan sabab-oqibat bog’lanishlar, statistika fanining mazmunini yoritib beradigan bilimlar doirasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo’llanish sohalari ham aloqadordir.
    • Shunday qilib statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.
    • Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni o’rganadi. Ular biror narsalar to’plamida va o’zaro bog’langan to’plamlar orasida kechadi. Bu yerda hodisa so’zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir so’z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda bo’lgan real voqeani bildiradi.

    • Download 62.94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling