Stator zanjiriga qo’shimcha qarshilik R1Q larni ulab asinxron motor koordinatalarini rostlash
Download 203.98 Kb.
|
4-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rotor zanjiriga qo’shimcha qarshilik R 2Q larni ulab, asinxron motor koordinatalarini rostlash
Statik moment 0,5Msn=const va stator toki chastotasining f1=20, 40 Gs qiymatlari uchun asinxron motorning katalogda berilgan nominal ko‘rsatkichlari asosida boshqa ko‘rsatkichlarini hisoblash. 114 Stator zanjiriga qo’shimcha qarshilik R1Q larni ulab asinxron motor koordinatalarini rostlash. Bu usul asosan rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarning o’tkinchi jarayonlarida tok va moment qiymatlarini rostlashda (cheklashda) qo’llaniladi. (4.3) formuladan kelib chiqqan holda, stator zanjiriga qo’shimcha R1Q qarshilikning ulanishi berilgan tezlikda (sirpanishda) stator va rotor tokining kamayishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, sun’iy elektromexanik tavsiflar koordinatalar tizimining 1 – choragida tabiiy tavsifdan chapda joylashadi. R1Q qarshilikning ulanishi ideal salt yurish tezligi 0 ni o’zgartirmaydi va hosil bo’ladigan sun’iy elektromexanik tavsiflar to’plamini qurishga imkon beradi (4.6a – rasm). 1 tavsif asinxron motorning tabiiy elektro-mexanik tavsifi (R1Q =0), qolgan tavsiflar qo’shimcha qarshiliklarning R1Q1 Stator zanjiriga ulanadigan qo’shimcha qarshiliklarning amaliy ahamiyati shundaki, bu qarshiliklarning qiymatiga proportsional ravishda asixron motorni ishga tushirishdagi qisqa tutashuv toki Ik.t. qiymatini cheklash imkonini beradi. 4.6b – rasmdagi mexanik tavsiflar tahlili shuni ko’rsatadiki, R1Q=ar bo’lganida 0 = const bo’lib, tabiiy va sun’iy tavsiflar uchun ideal salt yurish tezligi o’zgarmaydi va barcha tavsiflar 0 nuqtadan boshlanadi. 1 – tavsif asinxron motorning tabiiy tavsifi bo’lib (R1Q =0), qolgan sun’iy tavsiflar qarshiliklarning R1Q1 Bu usul odatda asinxron motorning turli o’tkinchi jarayonlarida, ya’ni ishga tushirish, revers va tormozlash vaqtlarida tok va momentni cheklash maqsadlarida qo’llaniladi. 4.6 – rasm. Stator cho’lg’amiga ulangan qo’shimcha qarshiliklar yordamida koordinatalari rostlanadigan asinxron motorning elektromexanik (a) va mexanik tavsiflari (b) Rotor zanjiriga qo’shimcha qarshilik R2Q larni ulab, asinxron motor koordinatalarini rostlash. Bu usul asinxron motor toki va momentini rostlash bilan bir qatorda tezligini rostlashda ham qo’llaniladi. Sun’iy elektromexanik tavsiflari 4.6a – rasmdagidek ko’rinishga ega bo’ladi va ulardan ishga tushurish toki IQT=IIT ni rostlash (cheklash) uchun foydalanish mumkin. 116 (4.9) tahlilidan ma’lumki, bu usul bilan asinxron motorning sun’iy mexanik tavsiflarini qurganimizda R2Q ning har qanday qiymatlarida ideal salt yurish tezligi 0 va momentining maksi-mal (kritik) qiymati MK o’zgarmay qolaveradi. Ammo (4.10) bo’yicha sirpanishning kritik qiymati SK o’zgaradi. 4.7 – rasmda asinxron motorning rotor zanjiriga ulangan qo’shimcha qarshiliklarni o’zgar-tirib tezligini boshqarish jarayonining mexanik tavsiflari keltirilgan bo’lib, bu yerda, 1 – tabiiy tavsif (R2Q =0) va 2 – 3 (R2Q3 > R2Q2) sun’iy tavsif-lardir. Tezlikni rostlash diapazoni MQ O’TM niki kabi D=(2 3): 1 bo’lib, tezlikni chuqurroq rostlaganimizda mexanik tavsifning bikrligi kamayib boradi; tezlik asosiy tezlikdan pastga qarab rostlanadi; rostlanish silliqligi R2Q qiymatining silliq o’zgarishiga bog’liq; rostlash jarayonida elektr energiya isrofi katta. (4.5) bo’yicha quvvat isrofini tahlil qiladigan bûlsak, sirpanish S ning oshishi rotor zanjirida quvvat isrofini oshishiga olib keladi va bu esa FIK kamayishiga sabab bo’ladi. Bunday usul bilan tezlikni rostlash qisqa muddatli ish rejimida ishlayotgan elektr yuritmalar uchun maqsadga muvofiqdir. Masalan, yuk ko’tarish mashina va mexanizmlarining elektr yuritmalarida keng qo’llaniladi. 4.7 – rasm. Rotori cho’lg’amiga ulanadigan qo’shimcha qarshiliklarning turli qiymatlariga mos keluvchi faza rotorli asinxron motorning mexanik tavsiflari Download 203.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling