Steam dan foydalanish
-jadval Samarqand viloyati aholi soni va mehnat resurslar soni o’sish denamikasi
Download 494.94 Kb.
|
Fozilov Abdulloh
1.3-jadval Samarqand viloyati aholi soni va mehnat resurslar soni o’sish denamikasi.
Manba: Samarqand viloyatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, 2012-2016 yillar davomida Samarqand viloyatining aholisi soni 107,0 %ga ko’paygan. Bu davrlar mobaynida mehnat resurslari 105,6 %ga oshgan. 2012-2016 yillar mobaynida yaratilayotgan yangi va qo’shimcha ish o’rinlarining ortib borishi natijasida ish bilan band bo’lganlar hissasining bu davrlarda 113,0 %ga o’sishiga erishilgan. Samarqand viloyatida mehnat resurslari soni 2062,6 ming kishini tashkil etgan. Viloyatdagi mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi miqdori 2052,8 ming kishini tashkil etib, mehnat resurslardan iqtisodiy faol aholi 1562,4 ming kishini, iqtisodiyotda band aholi 1485,1 ming kishini tashkil etdi Korxonalardagi personalning strukturasi va soni boshqa shunga teng sharoitlarda ishlab chiqish vositalariga mulkchilikning shakllari hamda xodimlarning xo’jalik faoliyatida qatnashish darajasiga ko’proq bog’liq. Amaliyot ko’rsatadiki, kooperativ, hissadorlik yoki shaxsiy mulkchilikka o’tishi personal sonini qisqartirish va personal tizimini soddalashtirishga olib keladi. Bunga xodimlarning yanada intensiv mehnati va ularning korxona foydasidan o’zining xissasini olishda manfaatdorligiga imkon beradi. Bozor sharoitlarida personalini shakllantirishda ikki muhim sifat — barqarorlik va safarbarlikni birgaligiga asoslangan yangi yondashuvni qo’llash mumkin bo’ladi. Masalan, korxona doimiy shtatni yetakchi mutaxassislar bilan chegaralab, qolgan xodimlarni kerak bo’lishiga qarab tashqi bozordan jalb qilganda shunday qaror qabul qilinishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan davriy holda personalii almashtirib turuvchi xorijiy mamlakat korxonalari tajribasi bo’lib, undan O’zbekistan sharoitida ham foydalanish mumkin. Shu bilan prinsipial yangi, egiluvchan kasblar va lavozimlarni shakllantirish tizimiga xodimlarni tanlash, joyjoyiga qo’yish va ishlatish asosida korxonaning aniq vazifalari va undagi mavjud inson resursini anglagan holda o’tish uchun sharoitlar yaratiladi. Download 494.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling