Steam dan foydalanish


O’zbekistonda KB subyektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash shakllari


Download 494.94 Kb.
bet8/24
Sana19.11.2023
Hajmi494.94 Kb.
#1786439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Fozilov Abdulloh

O’zbekistonda KB subyektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash shakllari
Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohatlar natijasida kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikning ulushi ortib bormoqda, xususiy sektor davlatimiz iqtisodiyotida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlamoqda.
Iqtisodiyot faoliyat turlari bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdan iborat. Sanoatda 45,3, xizmatlarda 61,4 qurilishda -66,9 va umumiy mehnat resurslarining -78,3 foizi banddir.

1.2-rasm
Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi.
Bugungi kundagi asosiy vazifa mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirishni Rag’batlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish bo’lsa, boshqa tomondan unga moddiy va moliyaviy resurslar kiritish ko’zda tutiladi. Davlat tomonidan qo’llabquvvatlash oqilona dotasiyalar, soliq solish, kreditlash, sug’urtalash va investisiyalashdagi imtiyozli tartiblar va hokazolar shaklida namoyon bo’lishi kerak. Bu holda u boqimandalikni rag’batlantirish bo’lmaydi va kichik korxonalar tomonidan doimiy holat yoki raqobatbordoshlik va rentabellikni oshirishning asosiy manbai sifatida qaralmaydi. Zamonaviy sharoitlarda davlat ko’magining asosiy tamoyili biznesni-ma’muriy-direktiv boshqarishni asta-sekin qisqartirish va bozor xo’jaligini normal yuritish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish bo’lmog’i lozim. Davlat ko’magi tarmoqli, geografik, milliy, tarixiy xususiyatlar va an’analar, shuningdek, xorijiy tajribani hisobga olgan holda tadbirkorlikning raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar, omillar yaratish sifatida namoyon bo’lmog’i kerak.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning eng muhim vazifasi-kichik korxonalarga teng huquqlarni ta’minlash, kichik va yirikroq korxonalar o’rtasidagi xo’jalik imkoniyatlari bo’yicha farqni imkon qadar kamaytirish, O’zbekiston xo’jaliklarining bozor tizimini shakllantirishning bazaviy jarayonlarida kichik va yirik tadbirkorlikning eng maqbul nisbatini ta’minlashdan iborat. Bu birinchi galda, raqobotli bozor musobaqasida teng huquqlilikni, faoliyat turini erkin tanlash sharoitida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda teng imkoniyatlar yaratish, ularning huquqlari va javobgarligini, imkoniyatlari va tavakkalchiligini aniq belgilashdir. Bunda ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik, siyosiy va boshqa qulay sharoitlar mavjud bo’lsagina biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin.
Raqobatlantirish iqtisodiy dastaklarning biri hisoblanadai. Shuning uchun kichik biznesda ijodiy aktivligini rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish muhimdir. Bular ichida moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning mehnatga, qilingan ishning natijalariga qarab rag’batlantirish usuli asosiy o’rin egallaydi.
Ish haqqi doimo mehnatga undovchi muhim omil hisoblanib kelingan.
Shunday ekan mehnatga haq to’lashning to’g’ri tizimini tanlash muhim. Bu ularni hayotiyligi va raqobatbardoshligini oshiradi. Mehnatga haq to’lash darajasi insonlarning hayot ehtiyoji va korxonani moliyaviy holatidan kelib chiqib tartibga solinishi kerak.
Mehnatga haq to’lash tizimi bir necha omillarga asoslanadi: kasb, malaka darajasi, ish staji, bajarayotgan ish hajmi, ishning murakkabligi, xodimlar javobgarligi, ish jarayoni davomiyligi va hokazo.
Xodimlarning foydadagi ishtiroki ularning sotib olingan aksiya qiymatiga uzviy bog’liq bo’ladi. Foyda o’z korxonasi doirasida aniqlanadi, ammo xodimlar orasida faqat mehnat unimdorligi ortishi va mahsulot sifati yaxshilanishi evaziga olingan qo’shimcha foyda taqsimlanadi.
Hozirda zamonaviy tadbirkorlikda foydada qatnashishning bir necha tizimlari keng tarqalgan:

  • Skenlona tizimi bu tizim mohiyati shundan iboratki har bir kishi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotning ko’payishi evaziga olingan ish haqi fondi iqtisodi, ishchi vыa korxona orasida taqsimlanadi. Bu iqtisod korxona va ishchi orasida 1:3 nisbatda. Xodimlarga ajratilgan rag’batlantiruvchi summaning 20% zaxira fondiga, qolgan qismi esa xodimlarga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ortishiga qo’shgan hissasiga qarab taqsimlanadi.

  • Raker tizimi -1 dollar ish haqiga nisbatan sof normativ mahsulot hajmini bajarishda iqtisod qilgan ish vaqtiga rag’batlantirish tushuniladi.

  • Iproshsar tizimida- belgilangan mahsulot hajmini bajarishda iqtisod qilgan ish vaqtiga qarab rag’batlantirish tushuniladi.

Har qanday rag’batlantirish tizimi o’zining yutuq va kamchiliklariga ega. Ammo har qanday holatlarda ham mukofot miqdori ma’lum bir iqtisodiy ko’rsatkichlarga asoslanadi. Chunki, xodimlarni rag’batlantirish tizimi ularni mehnat unumdorligi ortishini, kadrlar qo’nimsizligi pasayishini, korxonada kelgusida yuqori iqtisodiy natijalarga erishishi ta’minlashi zarur.
Demak, ish haqi tayinlashda xodimning malaka, tajriba, faoliyat natijalari hisobga olinar ekan, moddiy rag’batlantirishda bu ko’rsatkichlarni hisobga olish taqoza etiladi. Tabiiyki, yuqori malaka va tayyorgarlik darajasi, yuqori mehnat haqini talab qiladi. Yuqori malakali injener malakali ishchidan ham haq olmasligi zarur. Masalan, Yaponiya kompaniyalari prezidentlari yangi ishga kelgan xodimdan 8 barobar ortiq ish haqqi oladi. AQShda esa bu farq 1:20 tashkil etadi.
Mehnatdagi qo’shimcha natijalar uchun ustama, mutaxassislik va mansabni birgalikda bajarish, bajarilgan ish hajmini oshirish, kasb malakasi, mehnatdagi erishgan yuqori natijalari va korxonadagi mehnat stajiga qarab to’lanadi. Bu yerda ustama darajasi har bir ishchi uchun alohida ishning oxirgi natijalariga yoki qo’shgan hissasiga qarab belgilanadi.
Moddiy rag’batlantirishning yana bir ko’rinishi mukofat hisoblanadi.
Mukofotlash tizimi unumli mehnatni haqiqatda rag’batlantirish va mehnat kollektivida normal munosabatni saqlashga qaratilishi zarur. Bu tizim mukofotlash mezoni ko’rsatkichlari, shartlari, doirasi va mukofot miqdorini o’z ichiga olishi shart.
Rahbar, mutaxassis va xizmatchilarning rag’batlantirishini optimal ko’rsatkichlar soni ikki - uchta, ishchilarni esa bir - ikkita bo’lishi maqsadga muvofiq.

Download 494.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling