Steam dan foydalanish


Download 494.94 Kb.
bet16/24
Sana19.11.2023
Hajmi494.94 Kb.
#1786439
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Fozilov Abdulloh

Respublikasi Samarqand
viloyati



2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016
3.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning O’zbekiston
Respublikasi va Samarqand viloyati bo’yicha YaIMdagi ulushi dinamikasi.
Manba: Statistik ma’lumotlar asosida.
Tashqi bozorda 2010 yilda 2016 yildagiga nisbatan tashqi savdo aylanmasi
2,4 marta oshdi, ayni vaqtda tovar va xizmatlar eksporti 2,6 marta ko’paydi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sezilarli darajada o’sdi. Bu esa ishonchli to’lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilmoqda.
Viloyatning qishloq joylardagi kichik va xususiy korxonalarga resurs ta’mi- notida, mahsulot sotishda va transport xizmati ko’rsatishda yordam beradigan. mahsulotni saqlash. qayta ishlash va sotishni amalga oshiradigan, aholiga communal, maishiy, tuzatish – qurilish xizmatlari ko’rsatadigan, fermer, dehqon xo’jaliklari a’zolari. shaxsiy yordamchi xo’jaliklar egalarini o’qitadigan, axborot ta’minoti va yuridik maslahat xizmatlarini ko’rsatuvchi bozor institutlari faoliyatini yanada jadallashtirish lozim.
Xududlarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab va uni ishlab chiqarish yuqori bugungi kunda biz bu sohani rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotimizning kelajagini ta’minlay olmaymiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan tuldirishda, aholini ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanib, jamiyatimizning ijtimoiy – siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan mulkdorlar sinfining, ya’ni o’rta sinfning shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu soha xozirda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2011 yil yurtimizda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilindi.
Tadbirkorlik va kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy – texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari xajmining o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
O’zbekistan Respublikasining birinchi Prezidenta Islom Karimovning 2010 yil 14 dekabrdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturini ishlab chikish va amalga oshirishning tashkiliy choralari haqida»gi F-3539-sonli Farmoyishida: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan normativhuquqiy bazani yanada takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo’jalik faoliyataga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiytexnik shart-sharoitlarini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq va boshqa to’lovlar borasida yengilliklar yaratish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish, kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investisiyalarni keng jalb etish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish, ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berish, kichik biznes subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo’nalishlar belgilab berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi PQ - 1501 sonli "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kreditlash hajmlarini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi Qaroriga binoan tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlar yaratildi:

  • tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamg'armasi resurslari hisobidan kredit berishdan oladigan daromadlari bo'shaydigan mablag'larni mazkur jamg'armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo'naltirish sharti bilan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'idan 2016 yilning 1 yanvarigacha ozod qilindi;

  • ustuvor ravishda olis va borish qiyin bo'lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo'lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish loyihalariga ajratiladi;

  • tijorat banklariga kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta'minotini rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi;

  • jamg'arma hisobidan kreditlar eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq bo'lmagan summada ajratilishi belgilandi.

So’nggi yillarda tadbirkorlik faoliyatiga davlat aralashuvining keskin kamayishi, hisobot topshirishning qisqartirilishi va soddalashtirilishi, soliqqa tortishda imtiyozlar kiritilishi. kreditlashda keng qulayliklar yaratilganligi Samarqand viloyati iqtisodiy muhitida kichik biznes subyektlari salmog’i mustahkamlangan. Xususan, viloyatda (2010 – 2015 yillar) kichik biznes rivojlanishida asosiy tarmoq (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo. pullik xizmat)lar bo’yicha nisbiy barqaror dinamika kuzatilgani xolda, shahar va tumanlar miqyosidagi dinamik beqarorlik aloxida yondashuvni taqozo etadi. Chunki, asosiy tarmoqlarda kichik biznes rivojlanishining tahlili tumanlararo tafovud keskin darajada saqlanayotganligidan dalolat bermoqda.
Biz tahlil qilish maqsadida Samarqand viloyatida kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning YAHM dagi ulushini
3.1-jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqdik.

Download 494.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling