Steam dan foydalanish
-jadval Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar kesimidagi soni va ulushi
Download 494.94 Kb.
|
Fozilov Abdulloh
1.1-jadval
Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning hududlar kesimidagi soni va ulushi
Manaba:Samarqand viloyat statistik axborotnomasi. Samarqand.2018 yil Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Samarqand shahri (142 ta yoki 50,7 foizi), Kattaqo‘rg‘on shahrida (8 ta 3,0 foizi), Urgut tumanida (36 ta 13,0 foizi), Jomboy (24 ta 8,6 foizi), Samarqand (14 ta 5,0 foizi), Pastdarg‘om (12 ta 4,3 foizi), Tayloq (10 ta 3,6 foizi), Oqdaryo tumani (7 ta 2,5 foizi), Bulung‘ur tumani (7 ta 2,5 foizi), hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Qo‘shrabot tumani (1 ta 0,4 foizi), Kattaqo‘rg‘on (2 ta 0,7 foizi), Payariq (2 ta 0,7 foizi), Ishtixon 3 ta (0,7 foiz), Paxtachi (3 ta 1,1 foizi), Narpay (4 ta 1,4 foizi), Nurobod tumani (5 ta 1,8 foizi) hissalariga to‘g‘ri keladi. Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada rivojlantirishni talab etadi. Kam xarajat xisobiga yangi ish o’rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida va uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekani kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport saloxiyatini oshirish masalalari bilan chambarchas boglikdir. Shu bilan bir qatorda, kichik korxonalardan foydalanish miqyoslarining kengayishi ko’p mikdordagi kapital ko’yilmalarining amalga oshirilishini talab etmaydi, ularni tashkil etish xarajatlari tez qoplanadi. Mahsulot birligi qiymatiga to’g’ri keladigan ustama xarajatlar (boshqaruv xarajatlari) yirik korxonalarga qaraganda ancha past. Bularning barchasi xalq xo’jaligi miqyosida sezilarli tejamkorlikka olib kelishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatan tejamli bo’lishi, tabiiyki, daromadning ham yuqori bo’lishiga olibkeladi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlari nuqtai nazaridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa shakllaridagi faol ishtiroki valyuta tushumlarini ko’paytirishning, turli tashqi iqtisodiy vazifalarni hal etishning muhim manbaiga aylanishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, kichik biznes mazkur mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirishda katta rol o’ynaydi. Tadbirkorlik tarkibiga kiruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar turli mamlakatlar qonunchiligi tomonidan turlicha belgilanadi. Xususan, bizning qonunchiligimizda kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagicha belgilangan: yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoklaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishi bo’lgan mikrofirmalar; quyidagi tarmoqlardagi: yengil va oziq – ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ellik kishi; fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan kichik korxonalar. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali chetga tovarlar va xizmat turini kengaytirish. Buning uchun esa korxonalarni modernizatsiya qilish va yangilash quyidagi chora-tadbirlar hisobidan amalga oshirilmoqda: mazkur tarmoqlardagi ishlab chiqarish xajmining sezilarli darajada o’sishini ta’minlash; korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish; zamonaviy, ilg’or va yuksak texnologik uskunalar bilan jixozlangan korxonalar tashkil etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini muntazam yangilab borish. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosan tarmoq vazirlik va idoralari, ulardagi yetakchi korxona va birlashmalar hamda mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarning o’tkazilishi va samaradorligini ta’minlashga mutasaddi davlat, nodavlat va boshqa tashkilotlarning birgalikdagi say-harakatlari taqozo etiladi. Shu bilan birga, fikrimizcha, ushbu jarayonlarni amalga oshirishda kichik biznes korxonalari imkoniyatlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki Respublikamizning iqdtisodiy tarraqiyoti iqtisodiy mustaqilligi, xalqning faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarin bilan bandlik darajasi kichik biznes na xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’likdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqdarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik, tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi. Tadbirkorlikda sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo’ladi, shuningdek qishiloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha natijasi 93,6 foizga yetadi. Savdo aylanmasining to’liq muvofiklashuvi natijasida bu sohada ko’rsatkich ulushi pasayishi sodir bo’ladi. Hududlarning yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga iqtisoslashgan sohalarida o’rni va ulushi yetarli darajada emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy natijalarga erishiladi. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish evaziga ta’minlash mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida nodavlat sektorining ulushi ortib bormoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tadbirkorlikni rivojlantirishga, keng yo‘l ochilgan bo‘lib, ularga ko‘pgina imtiyozlar berilgan. Download 494.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling