Stek, navbat haqida tushuncha
C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o
Download 126 Kb.
|
Ishdan maqsad Navbat, stek va dekni o‘rganish hamda ularni tadq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi
C++ tilida navbatni statik, ya’ni bir o‘lchamli massiv ko‘rinishda amalga oshirishga misol:
Navbat uchun 10 ta joy ajratilgan bo‘lsin, navbatni butun sonlardan iborat massiv shaklida ifodalaymiz. Bunda navbat dastlab bo‘shligi sababli, navbat oxiri ko‘rsatkichi R=0 bo‘ladi. Navbatga yangi element qo‘shish va navbatdan elementni chiqarib olish algoritmi, navbat bo‘shligini va to‘laligini tekshirish algoritmlari quyidagi dasturda keltirilgan. Masala. Butun sonlardan iborat navbatning juft elementlarini o‘chirish dasturini keltiramiz. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini quyidagicha tavsiflash mumkin: o‘zgaruvchan uzunlikka ega va uni o‘zgartiruvchi oddiy funksiyalariga ega; tuzilmaning uzunligini o‘zgartirish ma’lum bir chegarada, ya’ni qandaydir bir maksimal qiymatdan oshmagan holda amalga oshirilishi mumkin; Agar yarimstatik tuzilmani mantiqiy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, u holda chiziqli ro‘yhat munosabati bilan bog‘langan ma’lumotlar ketma-ketligi tushuniladi. Xotirada yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini fizik jihatdan tasvirlaydigan bo‘lsak, bu xotirada slotlarning oddiy ketma-ketligidir, ya’ni har bir element xotirada navbatdagi slotlarda joylashadi. Yarimstatik MTni fizik tasvirlashning yana bir ko‘rinishi bir tomonlama bog‘langan ro‘yhat (zanjir) ko‘rinishida ifodalash mumkin, ya’ni bunda har bir navbatdagi elementning adresi joriy elementda ko‘rsatiladi. Bunday tasvirlashda tuzilmaning uzunligiga cheklanish unchalik qattiq qo‘yilmaydi. Bunday tuzilmalarga – navbat, stek, dek va satrlar kiradi. Algoritm Agar navbat to‘lmagan bo‘lsa unga element kiritamiz, kiritib bo‘lgach keyingi 2-qadamga o‘tish, aks holda navbat to‘lganligini xabar berib, keyingi 2-qadamga o‘tish. Agar navbat bo‘sh bo‘lmasa 3-qadamga o‘tamiz, aks holda 4-qadamga o‘tamiz. Navbatning chiqishiga kelib turgan elementni olib, juftlikka tekshiramiz. Agar element toq bo‘lsa, uni navbatga kiritamiz. 2-qadamga o‘tish. Navbat bo‘sh bo‘lsa, bu haqda xabar berib keyingi 5-qadamga o‘tamiz. Navbat tarkibini ekranga chiqaramiz. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling