Step conference
Download 233.37 Kb. Pdf ko'rish
|
STEP UMUMTАLIM MАKTАBLАRI INGLIZ TILI DАRSLАRIDА TIL KOʼNIKMАLАRINI
STEP CONFERENCE
3 vositalaridan biri boʼlib qoldi, lekin unga alohida oʼzlashtirilishi kerak boʼlgan koʼnikma sifatida qaralmadi, til oʼrganuvchilar bir materialni takror va takror eshitish orqali induktiv oʼrganish. bilan mashxul boʼlishdi va oʼqituvchilar dars jarayoniga faol tinglab tushunishga qaratilgan topshiriqlarni olib kirishmadi. Shu kabi holatlar til oʼrgatishning boshqa audiolingual, grammatik metodlarda ham kuzatildi. Keyinroq esa tinglab tushunishni oʼzlashtirish til oʼrganuvchilarning real hayotiy vaziyatlarda muloqotga kirishib oʼrganishi darajasiga koʼtarildi. Bugungi axborot vositalari yuksak taraqqiy etgan davrda bizning vatanimizda ham ingliz tilida tinglab tushunish koʼnikmalarini shakllantirish va mahoratlarini rivojlantirishda autentik materiallardan keng foydalanish maqsadga muvofiq boʼlar edi. Tinglab tushunishni oʼrgatishga qaratilgan topshiriqlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: muvaffaqiyatli tinglab tushunish til (vaziyat)ni toʼla tushunishni taʼminlaydi; ravon va bexato gapirishga xizmat qiladi; oʼquvchilarning nutq vaziyatiga toʼgʼri baxo berishiga yordam beradi; oʼquvchilarning suhbatdoshi bildirayotgan fikrlariga munosib javob berish koʼnikmalarini shakllantiradi; mazmunni toʼla anglab yetishga yordam beradi; yangi materialda berilayotgan yangi tushuncha va mazmunni oʼzlashtirishda foydali; mavjud bilim va koʼnikmalarni mustahkamlashga yordam beradi; suhbatdoshining ishonch va hurmatiga erishishga yordam beradi. Darsda oʼqituvchi oʼquvchilarning tinglab tushunish koʼnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan koʼplab mashq va topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Oʼquvchilarning darsdan tashqari ingliz tilida taqdim qilinadigan turli prezentatsiyalar, koʼrgazmalar, tomoshalar, telekoʼrsatuvlar, radioeshittirishlarni eshitib tomosha qilishlari, tinglab tushunish koʼnikmasini keskin yaxshilashga olib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling