Step conference
Download 233.37 Kb. Pdf ko'rish
|
STEP UMUMTАLIM MАKTАBLАRI INGLIZ TILI DАRSLАRIDА TIL KOʼNIKMАLАRINI
STEP CONFERENCE
2 olishga yordam beradi. Gapirish bilan yozish esa aktiv (ijod qiluvchi) koʼnikmalar hisoblanadi chunki, bunda oʼquvchilar oʼz fikrlarini ogʼzaki yoki yozma gaplar shaklida til materiali yorda-mida ifodalaydilar. Shunday qilib, aktiv va passiv koʼnikmalar bir paytning oʼzida namoyon boʼlmaydi. Gaprishdan oldin tinglash, yozishdan oldin oʼqish talab qilinadi (yoki aksincha). Аgar til oʼrganuvchi har birini toʼliq oʼzlashtirmasa va ularning imkoniyatlaridan toʼgʼri foydalanmasa, koʼzlangan maqsadga erisha olmay qolishi mumkin. Shu bilan birga, oʼquvchilar ularni bir xil muhim deb bilishi kerak, chunki ularning xar biri til oʼrganish bilan bogʼliq boʼlgani alohida, mustaqil hodisadir. Bundan tashqari, muallimlar oʼz darslarida zamonaviy va ilgʼor pedagogik texnologiyalar, metodlar va yondashuvlardan foydanishi kerak Tinglab tushunish toʼrtta koʼnikma orasida birinchi boʼlib shakllantirish kerak boʼlgan koʼnikmadir. Barcha koʼnikmalar ham muhim, lekin tinglab tushunish hammasidan ham muhimroq. Bunga sabab u muvaffaqiyatli muloqotning garovidir. Tinglab tushunish gapirishga qaraganda tezroq rivojlanadigan koʼnikma va u, koʼpincha, oʼqish va yozish qobiliyatlariga ham taʼsir qiladi. Toʼgʼri shakllangan va samarali tinglab tushunish qobiliyatisiz til oʼrganuvchilar yetkazilayotgan xabarni toʼlaqonli tushunmay qolishi va muloqot muvaffaqiyatli boʼlmay qolishi mumkin. Vandergriftning bildirishicha, tinglash murakkab va faol jarayon, bunda tinglovchi oʼzi eshitgan xabarni oldindan bor boʼlgan bilimiga qiyoslashga harakat qiladi. Xadfieldning taʼkidlashiga koʼra esa tinglab tushunish xorijiy til oʼzlashtirishda eng qiyin koʼnikmadir. Sir emaski, tinglab tushunish koʼnimalarini rivojlantirishga koʼpchilik oʼqituvchilar kerakli eʼtibor bilan qarashmaydi. Аytish joizki, anʼanaviy darslar berilganda mazkur masalaga umuman ahamiyat berilmay kelardi. Keyinchalik, noanʼanaviy pedtexnologiyalar rivojlana boshlaganda bu borada biroz siljish koʼzga tashlandi. Bu borada Flover dyu va Millerlar shunday deyishadi, “Topshiriqlar oʼrganilayotgan til vositasida berilar ekan, til oʼrganuvchilar oʼsha tilga koʼmilib ketishdi”. Tinglab tushunish, ayniqsa, toʼgʼridan toʼgʼri metodning eng asosiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling