Step conference


Download 233.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.04.2023
Hajmi233.37 Kb.
#1400575
1   2   3   4
Bog'liq
STEP UMUMTАLIM MАKTАBLАRI INGLIZ TILI DАRSLАRIDА TIL KOʼNIKMАLАRINI

STEP CONFERENCE
3
vositalaridan biri boʼlib qoldi, lekin unga alohida oʼzlashtirilishi kerak boʼlgan 
koʼnikma sifatida qaralmadi, til oʼrganuvchilar bir materialni takror va takror 
eshitish orqali induktiv oʼrganish. 
bilan mashxul boʼlishdi va oʼqituvchilar dars jarayoniga faol tinglab tushunishga 
qaratilgan topshiriqlarni olib kirishmadi. Shu kabi holatlar til oʼrgatishning boshqa 
audiolingual, grammatik metodlarda ham kuzatildi. Keyinroq esa tinglab 
tushunishni oʼzlashtirish til oʼrganuvchilarning real hayotiy vaziyatlarda 
muloqotga kirishib oʼrganishi darajasiga koʼtarildi. Bugungi axborot vositalari 
yuksak taraqqiy etgan davrda bizning vatanimizda ham ingliz tilida tinglab 
tushunish koʼnikmalarini shakllantirish va mahoratlarini rivojlantirishda autentik 
materiallardan keng foydalanish maqsadga muvofiq boʼlar edi. Tinglab tushunishni 
oʼrgatishga qaratilgan topshiriqlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
muvaffaqiyatli tinglab tushunish til (vaziyat)ni toʼla tushunishni taʼminlaydi; 
ravon va bexato gapirishga xizmat qiladi;
oʼquvchilarning nutq vaziyatiga toʼgʼri baxo berishiga yordam beradi;
oʼquvchilarning suhbatdoshi bildirayotgan fikrlariga munosib javob berish 
koʼnikmalarini shakllantiradi; 
mazmunni toʼla anglab yetishga yordam beradi;
yangi materialda berilayotgan yangi tushuncha va mazmunni oʼzlashtirishda 
foydali;
mavjud bilim va koʼnikmalarni mustahkamlashga yordam beradi;
suhbatdoshining ishonch va hurmatiga erishishga yordam beradi.
Darsda 
oʼqituvchi 
oʼquvchilarning 
tinglab 
tushunish 
koʼnikmalarini 
rivojlantirishga qaratilgan koʼplab mashq va topshiriqlardan foydalanishi mumkin. 
Oʼquvchilarning darsdan tashqari ingliz tilida taqdim qilinadigan turli 
prezentatsiyalar, koʼrgazmalar, tomoshalar, telekoʼrsatuvlar, radioeshittirishlarni 
eshitib tomosha qilishlari, tinglab tushunish koʼnikmasini keskin yaxshilashga olib 



Download 233.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling