Step conference


Download 233.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.04.2023
Hajmi233.37 Kb.
#1400575
1   2   3   4
Bog'liq
STEP UMUMTАLIM MАKTАBLАRI INGLIZ TILI DАRSLАRIDА TIL KOʼNIKMАLАRINI

STEP CONFERENCE
2
olishga yordam beradi. Gapirish bilan yozish esa aktiv (ijod qiluvchi) koʼnikmalar 
hisoblanadi chunki, bunda oʼquvchilar oʼz fikrlarini ogʼzaki yoki yozma gaplar 
shaklida til materiali yorda-mida ifodalaydilar. Shunday qilib, aktiv va passiv 
koʼnikmalar bir paytning oʼzida namoyon boʼlmaydi. Gaprishdan oldin tinglash, 
yozishdan oldin oʼqish talab qilinadi (yoki aksincha). Аgar til oʼrganuvchi har 
birini toʼliq oʼzlashtirmasa va ularning imkoniyatlaridan toʼgʼri foydalanmasa, 
koʼzlangan maqsadga erisha olmay qolishi mumkin. Shu bilan birga, oʼquvchilar 
ularni bir xil muhim deb bilishi kerak, chunki ularning xar biri til oʼrganish bilan 
bogʼliq boʼlgani alohida, mustaqil hodisadir. Bundan tashqari, muallimlar oʼz 
darslarida zamonaviy va ilgʼor pedagogik texnologiyalar, metodlar va 
yondashuvlardan foydanishi kerak Tinglab tushunish toʼrtta koʼnikma orasida 
birinchi boʼlib shakllantirish kerak boʼlgan koʼnikmadir. Barcha koʼnikmalar ham 
muhim, lekin tinglab tushunish hammasidan ham muhimroq. Bunga sabab u 
muvaffaqiyatli muloqotning garovidir. Tinglab tushunish gapirishga qaraganda 
tezroq rivojlanadigan koʼnikma va u, koʼpincha, oʼqish va yozish qobiliyatlariga 
ham taʼsir qiladi. Toʼgʼri shakllangan va samarali tinglab tushunish qobiliyatisiz til 
oʼrganuvchilar yetkazilayotgan xabarni toʼlaqonli tushunmay qolishi va muloqot 
muvaffaqiyatli boʼlmay qolishi mumkin. Vandergriftning bildirishicha, tinglash 
murakkab va faol jarayon, bunda tinglovchi oʼzi eshitgan xabarni oldindan bor 
boʼlgan bilimiga qiyoslashga harakat qiladi. Xadfieldning taʼkidlashiga koʼra esa 
tinglab tushunish xorijiy til oʼzlashtirishda eng qiyin koʼnikmadir. Sir emaski, 
tinglab tushunish koʼnimalarini rivojlantirishga koʼpchilik oʼqituvchilar kerakli 
eʼtibor bilan qarashmaydi. Аytish joizki, anʼanaviy darslar berilganda mazkur 
masalaga umuman ahamiyat berilmay kelardi. Keyinchalik, noanʼanaviy 
pedtexnologiyalar rivojlana boshlaganda bu borada biroz siljish koʼzga tashlandi. 
Bu borada Flover dyu va Millerlar shunday deyishadi, “Topshiriqlar 
oʼrganilayotgan til vositasida berilar ekan, til oʼrganuvchilar oʼsha tilga koʼmilib 
ketishdi”. Tinglab tushunish, ayniqsa, toʼgʼridan toʼgʼri metodning eng asosiy 



Download 233.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling