Stipendiyasiz shaklda, kurslar uchun № /23 “ ” 2023 yil Qarshi shahri
Download 23.09 Kb.
|
Perevod shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. FORS-MAJOR HOLATLAR
4. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi: 4.1.1. Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan. 4.1.2. Ta’lim muasasasining tashabbusiga ko‘ra, belgilangan tartibda Ustav va boshqa ichki hujjatlariga muvofiq Talaba talabalar safidan chiqarilganda. 4.1.3. Keying o’quv yili uchun o‘qitish qiymati belgilangan muddat ichida to‘lanmasa. 4.1.4. Talabaning tashabbusiga ko‘ra (yozma murojaatga asosan). 4.1.5. Talaba talabgor sifatida o’ziga tegishli no’to’gri ma’lumot taqdim etganlik, hususan o’qishni ko’chirish bilan bog’liq (hujjatlarni qalbakilashtirganlik) uchun Ta’lim muassasasi tashabbusiga ko’ra bekor qilinadi. Mazkur holatda shartnomani bekor qilish shartnoma tuzilgan va to’lov amalga oshirilgan, ammo talabaga nisbatan talabalar safiqa qabul qilish to’g’risidagi buyruq rasmiylashtirilmagan yoki mazkur o’quv yili uchun ta’lim jarayoni boshlanganiga 30 kundan ortiq muddat o’tmagan hollarda yo’l qo’yiladi. 4.1.6. Shartnomaning 2.1.3-bandida ko‘rsatilgan hollarda (Ta’lim muassasasi tomonidan Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi va talabalar safidan chiqarilishi haqida Talabaga yozma xabarnoma yuborish orqali). 4.1.7. Tashkilotning tashabbusiga ko’ra (bir tomonlama yo’zma xat berish orqali). 4.2. Shartnoma Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan o’zgartiriladi, 2.1.4, 2.1.5-bandlarda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno. 4.3. Mazkur shartnomani 4.1.1. hamda 4.1.4. bandlariga kora shartnomaning bekor bo’lishi faqat birinchi semestrda, o’quv yilining tegishli oyi uchun shartnoma summasining mutanosib qismi chegirib qolingan holda, shartnoma summasining qolgan qismi yozma tartibda murojaat qilingan kundan boshlab 90 kun ichida qaytariladi. Boshqa hollarda shartnoma bekor bo’lganda yoki Talaba talabalar safidan chiqarilganda to’langan komtrakt summasi qaytarilmaydi. 5. FORS-MAJOR HOLATLAR 5.1. Ushbu Shartnomaga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlar natijasida vujudga kelganda Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar. 5.2. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (pandemiya, zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni ta‘qiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi. 5.3. Shartnoma Tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sababli bajarmaslik ma‘lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida dalillar bilan taqdim etishi lozim. 5.4. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) ta‘siri 30 (o‘ttiz) kundan ortiqroq davom etsa, Tomonlar tashabbusiga binoan Shartnoma bekor qilinishi mumkin. Download 23.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling