Stol tennis o’yining paydo bo’lishi tarixi
Xakamlar vazifa va xuquqlari
Download 139.04 Kb.
|
Tennis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy kotib va kotibalar
- Olib boruvchi xakam
Xakamlar vazifa va xuquqlariKatta xakama) unga ajratib berilgan qisimlardagi musobqani borishini boshqaradi; b) uning qo’l ostiga bo’lib berilgan xakamlarni o’z o’rinlariga bo’lib, ularni ishlarini boshqarib turadi. Xakam sanoqchilari va setka chizig’i, to’p uzatish chizig’ida turadigan xakamlar kerak bo’lsa ularni tayinlaydi; v) o’yinchilarni raketkalarini tekshiradi; g) asosiy xakam yo’g’ligida u xakamning xato qilgan qarorlarini bekor qilish xuquqiga ega. Asosiy kotib va kotibalar1. Asosiy kotib a) bildirishnoma to’g’riligi tekshiradi va jerebpyovkani o’tkazadi; b) asosiy xakam ko’rsatmalari bo’yicha uchrashuvlar ketma-ketligi jadvalini tayyorlaydi va uni asosiy xakam tasdiqlagandan keyin jadvalini Musobaqa uchrashuvlariga yetkazadi; v) xakamlar xaoyhati majlisini bayonnomasini olib boradi; g) asosiy xakamlar xaoyhatining qaror va buyruqlarini rasmiylashtiriladi; d) arizalar, noroziliklarini qabul qiladi va ular xaqida asosiy xakamga xabar beradi; e) protokol bayonnomalarni va belgilangan formadagi Musobaqani texnik xujjatlarini o’z vaqtida to’g’ri va aniq rasmiylashtirishi uchun javob beradi; j) o’yinchilarning ko’rsatqichlarini o’z vaqtida Musobaqa jadvalida belgilanishini taominlaydi; z) shahsiy kartochka va klassifikatsion daftarlarga o’yinchilarni xar bir uchrashuvlarining ko’rsatqichlarini kiritilishini taominlaydi; i) unga buysinadigan kotiblarning ishlarini boshqaradi; 2. Kotiblar texnik xujjatlarini asosiy kotib boshchiligida rasmilashtiradilar. Olib boruvchi xakam1. Olib boruvchi xakam: a) aloxida shaxsiy uchrashuvlarni boshqaradi, o’yin davomida bo’ladigan savollar muammolarni o’zi mustaqil xal qilishga xuquqli, Musobaqa Musobaqa qonun qoylariga suyangan xolda; b) o’yin o’tkaziladigan maydonga va stolga ularni axvolini kuzatib turadi. Setkani o’yin boshlanishidan oldin tekshirib chiqadi; v) uchrashuvdan oldin shu uchrashuv qatnashchilari bilan kim qaysi tomonda o’ynaydi va kim birinchi to’p uzatadi, qanaqa to’p bilan o’ynashadi shularni aniqlab beradi; g) tartib bilan qatnashuvchilarni va xakamlarni uchrashuv maydoniga kirish va chiqishlarini taominlaydi; e) qatnashuvchilarini va tomoshabinlarni uchrashuv shartlari, o’yinchilar soni, ularni sport unvonlari, qaysi jamoa vakili ekanligi, o’yin natijalari va kim birinchi to’p uzutish xaqida axborot berib turadi; j) yakka uchrashuvlar singari, juftlik uchrashuvlarini xam tik turgan holda o’tkazadi; z) o’zi yoki xisoblovchi xakam yordamida vaqtni kuzatib borish; i) to’pni uzatishda to’g’ri uzatilishini kuzatib turish; k) majbur bo’lib qolgan tanaffuslarda vaqtni to’xtatish misol uchun, to’p shikastlansa, stolni xolati buzilsa, setka, yorug’lik, o’yinchi shikastlansa va xakazo; l) o’yinchilarni o’z vaqtida joy almashinishi, juftlik uchrashuvlarda bo’lsa ularni joylashishlari o’z vaqtida bo’lishini kuzatib boradi; m) to’pni xolatini kuzatib turadi va kerak bo’lganda o’yinni to’xtatib to’pni tekshirib turadi; n) to’pning shikastlanishi uchrashuvni natijasiga taosiri borligini aniqlaydi; o) uchrashuvni borishini o’zi mustaqil yoki xisobchi xakam yordamida boshqaradi. Partiyani boshlanishini baland ovozda eolon qiladi: «nol-nol!», o’yinchini o’yinda chiqishi bilanoq eolon qiladi. oldin to’p uzatayotgan o’yinchining kegin 2-chi o’yinchining xisoblarni eolon qiladi va xatolarni xam baland ovozda aytadi. p) barcha o’yin qisimdan xisoblarini, xisobchi xakamsiz olib boradi protokolda partiyalar va uchrashuvlar tugaganda ularni tugaganini eolon qiladi. r) Musobaqa qoydalarini to’g’ri bajarilish xuquqiga ega. Musobaqa qoidalarini buzgan qatnashchini ogoxlantirib yana 2-marta qoidani buzsa uni o’yindan chetlashtiriladi; 2. Olib boruvchi xakam yo’l qo’ymasligi bo’lgan qoydalar: a) tanaffuslarni cho’zish; b) ataylab to’pni olib kelishni cho’zish, ataylab o’yinni cho’zish; v) o’yinchiga maslaxatlar va yo’llanmalarni o’yin paytida tomoshabinlar, qatnashchilar vakillar tomonidan berilishi; g) o’yinchilarni o’zaro va xakamlar bilan tortishishlarni; d) o’yinga tomoshabinglarni, trenerlar, vakillar, va kapitanlarni aralashishini oldini olish. Download 139.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling