Stol tennis o’yining tarixi o’yin qoidalari hamda texnika va taktikasi


Download 0.72 Mb.
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1376042
1   2   3   4
Bog'liq
Stol tennis o’yining tarixi o’yin qoidalari hamda texnika

“Ping-pong” atamasi ilk bor 1901-yildan boshlab ishlatila boshlagan, bungacha esa ohang jihatdan o’xshash “Flim-flam”, “Vnar-vaf’, shuningdek, “Gossima” atamalari ishlatib kelingan. Bundan 100 yil oldin amerikalik ishbilarmon Jon Jakves “ping-pong” atamasini muomalaga kiritgan. Bu atama ikkita tovushning yig’indisidan tashkil topgan bo’lib: “ping”-shar raketkaga urilganida, “pong”-esa shar stolga tegib, sapchib ketganda chiqadigan tovushdir. Keyinchalik bu nom akauka Parkerlarga sotilgan. Dastlab o’yin uchun yuzasi silliq yog’och bilan qoplangan, ya’ni maxsus qoplama bilan qoplanmagan raketkalardan foydalanilgan. Keyinchalik, probka yoki shunga o’xshash materiallardan ishlangan qoplamalar ishlatila boshlangan. Bunday raketkalar bilan zamonaviy stol tennisi uchun ma’lum bo’lgan anchagina zarba turlarini berish va bir maromdagi o’yinni olib borishning imkoniyati bo’lmagan. 1903-yilda CH.Gud ilk bor kauchuk qoplangan raketkadan foydalangan. O’tgan asrning 20-yillari birinchi yarmida kauchukdan foydalanish shu darajada keng tarqalganki, natijada raketkalarning boshqa turlari butunlay muomaladan chiqib ketgan. Chunonchi turli usullar bilan sharni kesish yoki aylantirib zarba berish imkoniyati paydo bo’lgan.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling