Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993 y. ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004 y. mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqsirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib boʻlishgan. Federatsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur grant ATTUning "Yulduzlar sari intilish" dasturi doirasida O‘zbekistonda stol tennisini rivojlantirish, professional tennis stollarini sotib olishga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi uchun ajratilgan. Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlari, jumladan, stol tennisini yanada ommalashtirish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekistonning barcha hududlarida stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratini oshirib kelayotgan sportchilarga qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Mazkur loyihaga ajratilgan grant mablag‘lar evaziga ham sportchilar uchun to‘garaklarda jahon standartlariga mos sport inventarlari yetkazib beriladi. Ushbu loyiha O‘zbekistonda professional stol tennischilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. - Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993 y. ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004 y. mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqsirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib boʻlishgan. Federatsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur grant ATTUning "Yulduzlar sari intilish" dasturi doirasida O‘zbekistonda stol tennisini rivojlantirish, professional tennis stollarini sotib olishga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasi uchun ajratilgan. Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlari, jumladan, stol tennisini yanada ommalashtirish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekistonning barcha hududlarida stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratini oshirib kelayotgan sportchilarga qulay shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Mazkur loyihaga ajratilgan grant mablag‘lar evaziga ham sportchilar uchun to‘garaklarda jahon standartlariga mos sport inventarlari yetkazib beriladi. Ushbu loyiha O‘zbekistonda professional stol tennischilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
- O‘zbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxo‘jayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa shahri, Qatar, 2004 yil mart) 1 o‘rinni olib, oltin medallar bilan taqdirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxo‘jayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda g‘olib bo‘lishgan.
- B ugungi kunda sportchi xotin-qizlarimizning jamiyat hayotida tutgan o’rni beqiyos. Jahon arenalarida yurtimiz bayrog’i baland ko’tarilishida, davlatimiz madhiyasi baralla yangrashida ularning ham munosib hissasi bor. O’zbekistonlik Olimpiya va Osiyo o’yinlari g’oliblari, jahon va qit’a chempionlari deganda ko’z oldimizda Svetlana Babanina, Elvira Saadi, Oksana Chusovitina, Lina Cheryazova, Iroda To’laganova, Saida Mahmudova, Nozima Qayumova va boshqa ko’plab opa-singillarimiz keladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Olimpiya shon-shuhrati muzeyida tashkil etilgan “O’zbek sportining jasoratli ayollari” mavzuidagi tadbirda shular haqda so’z yuritildi. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari, O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi vakillari, keng jamoatchilik qatnashgan anjumanga turli musobaqalarda qator yutuqlarni qo’lga kiritgan faxriylar va ayni paytda tizimda faoliyatini davom ettirayotgan sportchi xotin-qizlar taklif etildi. Ta’kidlanganidek, respublikamizda xotin-qizlarning sog’lig’i haqida qayg’urish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, iqtidori va layoqatini yuzaga chiqarishga oid ezgu chora-tadbirlar yil sayin keng qamrov kasb etmoqda. — Stol tennisi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqdaman, — deydi bir necha nufuzli xalqaro turnirlar g’olibi Saida Mahmudova. — Hozirda terma jamoamiz a’zolari bilan Shvetsiyada o’tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rayapmiz. Ular bilan birga astoydil mashg’ulotlarda qatnashmoqdamiz. Tez orada respublikamiz viloyatlarida seminar va mahorat darslari o’tkazishni rejalashtirganmiz. Qolaversa, 2020 yili Tokio shahrida bo’ladigan yozgi Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlikni ham qizg’in davom ettirayapmiz. Nasib qilsa, O’zbekiston kelajakda stol tennisi bo’yicha ham nufuzli xalqaro musobaqalarda o’z o’rnini topadi. Tadbir davomida sport sohasida ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritgan sportchi-ayollar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |