Stol tennis


Download 1.23 Mb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1479247
  1   2   3
Bog'liq
Стол тенниси техникаси ва тактикасини таснифи


Stol tennisi texnikasi va taktikasini tasnifi




Reja:
  1. Stol tennisi haqida tushuncha

  2. Stol tennisida o’yin qoidalari

  3. Stol tennisi texnikasini o’rgatish uslubiyoti.

  4. Stol tennisi taktikasini o’rgatish uslubiyoti.



STOL TENNIS


Faraz qilishlaricha stol tennis sport turi XIX asr ohirida inglizlar orqali Xindistondan Evropaga kirib kelgan. Xalqaro stol tennis federatsiyasi 1926 yilda tashkil topgan. Hozirda 130 dan ortiq millat federatsiyaga kiradi. Bazi adabiyotlarda stol tennis “ping-pong” deb ham atalgan.


Stol tennisi bo‘yicha birinchi rasmiy musobaqa 1900 yilda Angliyada o‘tkazilgan. Xindistonda esa 1901 yili o‘tkazilgan. Qadimgi ”ping-pong” o‘yin nomini “stol tennis” i 1936 yil Xalqaro tennis federatsiyasi (ITTF) qaroridan so‘ng stol tennisi nomini olgan.
Stol tennisi Olimpiada sport o‘yinlari dasturiga 1988 yilda kiritilgan. Respublikamizda stol tennis federatsiyasi 1993 yilda tashkil topdi. Stol tennis sporti bo‘yicha Manzura Inoyatova, Saida Burxonxo‘jaeva, Svetlana Geta, Nodira Burxonxo‘jaeva, Madina Ayupova kabi hamyurtlarimiz Jahon arenalarida katta shuxrat qozonganlar.
O‘YIN QOIDALARI
Bu o‘yin maxsus stolda o‘ynaladi. Stol tennisi stoli 2,74x1,525m. bo‘lib, balandligi 76 sm. ga teng bo‘ladi. Stol ustiga tortilgan to‘r balandligi esa 15,2 sm. ga teng bo‘ladi. SHarning og‘irligi 2,7 gr. bo‘lib, diametri 40 mm. ga teng.
Stol tennisi ma’lum o‘lchamli va ma’lum balandlikdagi to‘g‘ri burchakli stolda o‘ynaladi. Stol o‘rtasidan to‘r bilan teng ikkiga bo‘lingan bo‘lib, o‘yinchilar uning shu ikki tomonida o‘ynaydilar.
Stol tennisida ham bir vaqtda ikki kishi (yakkama-yakka) yoki to‘rt kishi (juftma-juft) o‘ynashi mumkin.
O‘yinchilardan bittasi seyuloiddan yasalgan to‘pni o‘yin qoidalariga amal qilgan holda raketka bilan urib, raqib tomonga o‘tkazadi. Qabul qiluvchi o‘yinchi esa to‘p stoldan birinchi sakrab chiqishi bilanoq uni urib, raqib tomonga qaytaradi. O‘yinchilar shu tarzda navbatma-navbat to‘pni o‘z tomonidan stoldan birinchi sakrab chiqqanidan keyin raketka bilan qaytarib o‘ynaydilar.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling