Stol tennis


Download 1.23 Mb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1479247
1   2   3
Bog'liq
Стол тенниси техникаси ва тактикасини таснифи

Uzatish. Stol tennisi ham o‘yin to‘p uzatish, ya’ni to‘pni o‘yinga kiritish bilan boshlanadi. Uzatuvchi stolning orqa chizig‘idan tashqarida turishi va uning tanasi hamda raketkasi stol ustida bo‘lmasligi zarur. To‘pni ochiq kaftdan yuqorida tashlanib, so‘ngra raketka bilan uriladi.Uzatilgan to‘p stolning uzatuvchi tomonidan sakrab chiqishi va to‘r ustidan unga tegmasdan o‘tishi hamda stolning raqibga qarashli tomoniga tushishi kerak.
Quyidagi hollarda to‘p noto‘g‘ri uzatilgan hisoblanadi va uzatuvchi ochko yutqazadi:
to‘p stol ustida uzatilsa;
to‘p yuqoriga tashlanmasa yoki noto‘g‘ri tashlansa;
uzatayotgan o‘yinchi uzatish uchun tashlagan to‘pni qaytib ushlab olsa yoki urmoqchi bo‘lib ura olmay qolsa;
uzatilgan to‘p raqib tomonga tushmasa;
o‘yinchi to‘pni yurib borayotib uzatsa.
Agar to‘g‘ri uzatilgan to‘p raqib tomonga tushayotib, to‘rga yoki uning ustunchasiga tegib ketsa, to‘p yana qaytadan uzatiladi. SHuningdek, uzatilgan va to‘rga tegib o‘tgan to‘p uchib kelayotgan paytda qaytarilsa ham to‘p qaytadan uzatiladi.
Ochko o‘ynash. Ochko o‘ynash to‘p uzatilgan paytdan boshlab tomonlardan biri ochko yutgunga qadar davom etadi. O‘yinchi yo‘l qo‘ygan har bir xato uning raqibiga bir ochko keltiradi. O‘yinchi raqibi urib o‘tkazgan to‘pni o‘z tomonidagi stoldan birinchi sakrab chiqqandan keyin raketka bilan urib qaytarishi lozim. Qaytarilgan to‘p raqib tomondagi stolga tegishi kerak.
Raqib tomonida stolga tekkan to‘p uchib o‘tayotganda to‘rga (uning qaeriga bo‘lmasin) yoki ustunchaga urilgan, shuningdek, ustunchaning tashqi tomonidan uchib o‘tgan bo‘lsa ham to‘g‘ri qaytarilgan hisoblanadi.
Quyidagi hollarda o‘yinchi ochko yutqizadi:
to‘pni noto‘g‘ri uzatsa;
to‘pni stolga tegmasdan avval uchib kelayotganda ursa;
u qaytargan to‘p raqib tomonida stolga tushmasdan boshqa tomonga uchib ketsa;
to‘pni qaytarayotganda, uni bir martadan ortiq ursa yoki to‘pni raketka bilan ilib, keyin irg‘itsa;
raqib to‘g‘ri qaytargan to‘pni o‘z tomonidagi stoldan birinchi marta sakrab chiqqandan keyin qaytarishga ulgurmasa;
ochko o‘ynalayotgan paytda raketka ushlamagan qo‘li bilan stol yuzasiga tegsa.
Stol tennisi 21 ochkolik hisobdan 11 ochkoli hisobga davom etishi to‘g‘risidagi qaror 2001 yilda kiritilgan.
Stol tennisi o’yini texnikasi va taktikasi asosi



Stol tennisi o’yini texnikasi haqida tushuncha. Yuqori sport natijalariga erishish uchun texnik tayyorgarlikning ahamiyati. Stol tennisini asosiy texnik usullari: turish, siljish, raketkani ushlash, sharchani o’yinga kiritish, uzatish, hujum zarbasi, himoyada o’ynash, sharchani aylantirish. O’yin taktikasi haqida tushuncha. Himoyada, hujumda harakatlanish, harakat qilish.


Amaliy mashg’ulot. Stol tennisi o’yini texnikasini o’rgatish. Turish holati. Stol tennisi o’yini uchun xos, har xil siljishlar, sharchani o’yinga kiritish bilan qabul qilish. Ikkinchi uzatishni bajarish uchun dastlabki holatni qabul qilish. O’ngga, chapga, oldinga, orqaga, yonlama qadam tashlab siljish. Sharchani uzatish. Sharchani o’ng tomondan uzatish. Sharchani uzatishda oyoq, qo’l, gavda holatini va harakatining bir-biriga mosligi. Turgan joyda va harakatda sharikni chap tomondan qabul qilish. Sharchani uzatish bilan bajariladigan estafetalar. Sharchani chapdan uzatish (tanishtirish), qo’l va oyoq, gavda holati. Raketka bilan bajariladigan tayyorgarlik mashqlari. Sharchani o’yinga kiritish.
Sharchani aylantirib o’yinga kiritish: to’g’ridan va o’ng tomondan. Sharchani yuqoridan to’g’ri o’yinga kiritish. Sharchani o’ngdan va chapdan qabul qilish.
Juft-juft bo’lib uchrashuvda o’yinchilarning texnikasini o’ziga xos xususiyatlari: turli-tuman texnik usullarni qo’llashni bilish juft-juft bo’lib uchrashuvda stol oldida harakatlanish. O’yinchilarni boshlang’ich joylashtirishning ahamiyati. Juftlik o’yinlarda taktik usullarni o’ziga xos xususiyatlari. Aralash juftlik o’yinlarda o’yinchilarning taktikasi. Juftlik o’yinlar uchun sherik tanlab olishning muhimligi.
Hujum zarbasini berish. Yugurib kelib va turgan joyidan tennis to’pini uloqtirish, yugurish, sakrash, qo’lni siltash va qo’shish.

Stol tennisi o’yinning taktikasini o’rgatish


Hujumda yakkama-yakka taktik harakat. Birorta harakatni bajarish uchun dastlabki holatni egallashni bilish, chap tomondan sharchani qaytarish usulini tanlash, sharikni raqib maydonchasining malum zonasiga yo’naltirish, sharchani pastdan va yuqoridan o’yinga kiritishni bilish.

Himoyada yakkama-yakka taktik harakat, sharchani uchish yo’nalishini imkoni boricha aniqlay bilish va o’z vaqtida sharchani qabul qilib olish uchun chiqish, o’yin sharoitiga mos ravishda sharchani yuqoridan va pastdan uzatishni qo’llash. Sharchani o’yinga kiritgandan keyin qabul qilish va uzatish.
Himoyada taktik harakatlanish
Zarba berayotgan o’yinchini muxofaza qilish. Noqulay sharoitda sharcha uzatishni bajarayotgan yoki raqibdan sharchani qabul qilib olayotgan o’yinchini muhofaza qilish.
Texnik va taktika bo’yicha o’tilgan materiallar asosida malum topshiriqlar bilan o’quv mashq o’yini.
Nazorat o’yini, musobaqani borib ko’rish. Nazorat o’yinlari oldidan o’yinchilarga ko’rsatma berish va o’tkazilgan o’yinni tahlil qilish. Bo’ladigan o’yinga topshiriq berish, jamoa o’yinining taktik rejasi va alohida o’yinchilarga vazifa berish. O’tkazilgan o’yinni va taktik rejaning bajarilishini tahlil qilish. O’yindan xulosa qilish.
Amaliy mashg’ulot. Boshqa maktab o’quvchilari hamda bolalar va o’smirlar sport maktabining dastlabki tayyorlov guruhlari bilan nazorat o’yinlarini o’tkazish. Tuman, shahar, viloyat birinchiligi musobaqalarini kuzatish.
Musobaqa qoidalari, ularni tashkil etish
Asosiy o’yin qoidalarini o’rganish va tahlil qilish, musobaqa turlari. Musobaqa qatnashuvchilarining huquqi va majburiyatlari. Musobaqa o’tkazishning turli tuman uslublari bilan tanishish: aylanma, chiqib ketish, aralash. Musobaqa nizomi. Hakamlar tarkibi. Alohida hakamlarning vazifasi va majburiyati. Natijalarni aniqlash va musobaqa hujjatlarini rasmiylashtirish.
Uchrashuvlar uch yoki besh partiyadan (bolalar yoki o’smirlar gruppalarida faqat uch partiyadan) iborat bo’ladi. Tomonlardan biri uch partiyadan ikkitasini yoki besh partiyadan uchtasini yutsa, uchrashuv tamom bo’lgan hisoblanadi.
Yakkama-yakka o’yinda har besh ochko o’ynalib bo’lgandan keyin koptok uzatgan o’yinchi qabul qiluvchi, koptok qabul qilgan o’yinchi esa uzatuvchi bo’lib qoladi. Hisob 20 tadan bo’lgandan keyin uzatish navbati har bir ochko sari almashinib turadi. Har bir partiyadan keyin o’yinchilar tomonlarini va uzatish navbatini almashtiradilar. Hal qiluvchi (uchinchi yoki beshinchi) partiyada raqiblardan biri 10 ochko yutgandan keyin o’yinchilar tomonlarini almashtiradilar.
Juftma-juft koptok avval uzatuvchilar stolining o’ng yarmiga yoki o’rta chizig’iga tegishi, keyin esa to’r ustidan diagonal bo’yicha uchib o’tib, qabul qiluvchilar stolining o’ng yarmiga yoki o’rta chizig’iga tegishi kerak. Aks holda uzatuvchi tomon ochko yutqizgan hisoblanadi.
Juftma-juft o’yinda sheriklar orasida o’rnatilgan qabul qilish va uzatish tartiblariga jiddiy rioya qilinishi zarur. Uzatilgandan keyin qabul qiluvchi tomonidan qaytarilgan koptokni uzatuvchining sherigi, keyin esa qabul qiluvchining sherigi va nihoyat, uzatuvchining o’zi qaytaradi. Bundan keyin koptokni har qaysi o’yinchi shu ko’rsatilgan tartibda navbat bilan qaytaveradi. Koptokni navbatsiz qaytargan tomon ochko yutqizgan hisoblanadi.
Partiyani boshlaydigan juft sheriklardan qay biri koptokni avval uzatishini, so’ngra esa qabul qiluvchi juft koptokni kim birinchi qabul qilishini kelishib oladi.
Juftma-juft o’yinda ham har besh ochko o’ynalgandan keyin koptok qabul qilgan o’yinchi koptok uzatadi, koptok uzatgan o’yinchining sherigi esa koptok qabul qiladi (koptok uzatgan o’yinchi bilan uning sherigi o’rinlarini almashtiradilar).
Hisob 20 tdan bo’lib qolgan hollarda uzatish navbati har bir ochko o’ynalgandan keyin bir tomondan ikkinchi tomonga o’tib turadi va mos ravishda uzatgan o’yinchi bilan uning sherigi o’rinlarini almashtirib turadilar.
Hal qiluvchi partiyada juftlardan biri 10 ochko olgandan keyin tomonlar almashtirilayotganda shu partiyada birinchi bo’lib koptok uzatgan o’yinchilar o’z xohishiga qarab, ular shu paytda koptok uzatishi yoki qabul qilishiga qaramasdan, o’zaro o’rinlarini almashtirishga yoki o’z raqiblaridan o’zaro o’rinlarini almashtirishlarini talab etishga haqli.
Koptok uzatishda yoki uzatilgan koptokni qabul qilishda navbatni buzgan tomon ochko yutqizadi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling