Stomatologik asbob va ashyolar


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

19. DAVOLOVCHI TAGLIKLAR
Zamonaviy stomatologiyaning asosiy qoidalaridan biri tish to ‘qimalarini 
ehtiyotkorlik bilan charxlash tamoyilidir. Chuqur kariyesni davolashda qan- 
chalik ehtiyotkorlik bilan ishlashimizga qaramasdan, odontoblast o ‘simtalari 
mexanik, fizik va kimyoviy ta’sirlarga uchraydi, bu esa pulpa to ‘qimasida 
salbiy o ‘zgarishlar yuz berishiga olib keladi.Bunda pulpani qoplab turuvchi 
dentin qatlamida pH ko‘rsatkichining pasayishi, mikroorganizmlar hayot 
faoliyati natijasida ajraluvchi toksinlaming ta’sirini inkor etib b o ‘lmaydi. 
Bu hollarda pulpaga farm akologik - s o g ‘lom lashtiruvchi ta ’sir qilish, 
to'qimalar reparativ faolligini stimulyatsiya qilish kerak boMadi va bu masala- 
lar davolovchi tagliklardan foydalanish orqali echiladi. Davolovchi tag- 
liklar terapevtik va ximoya funksiyalarini bajaradi, o ‘z tarkibida bir necha 
yo'nalishda ta’sir etuvchi faol moddalarni saqlaydi.
Davolovchi tagliklar uchun ishlatiladigan ashyolar quyidagi:
- tish pulpasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik;
- odontotrop, antimikrob va yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarga ega bo‘lishi;
- yopqich dentinning germetik yepilishini ta’minlay olish xususiyatlariga 
ega bo‘lishi zarur.
Chuqur kariyesni davolashda odatda uzoq ta ’sir etuvchi odontotrop va 
antiseptik xususiyatlarga ega b o lg an taglik q o ‘yish bilan chegaralaniladi.
Pulpada yallig‘lanishning oldini olish, ikkilamchi dentinning mineral- 
lashuvini va hosil bo‘lishini stimulyatsiyalash uchun tarkibida Ca(OH)2 tutuvchi 
davolovchi tagliklardan foydalaniladi (“Kalsogen Plus”, Dentsply; “Leder- 
mix”, Lederle; “Zinoment”, Voco; “Pulpomixine”, “Calcipulpe”, Septodont; 
“Dycal”, Dentsply; “Life”, Voco; “Reocap”, Vivadent). (4-jadval).


4-jadval
Hozirgi vaqtda ko‘p ishlatiladigan tarkibida Ca(OH)2 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling